Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Elektron pochta haqida
Elektron pochta– kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Elektron pochtaning afzalliklari:
Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun: uzdasturchi@gmail.com); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.
Elektron pochtaning kamchiliklari:
Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
*.http://mail.google.com
*.http://mail.yahoo.com
*.http://www.mail.ru
*.http://mail.yandex.ru
*.http://mail.rambler.ru
Ushbu maqolada Rossiyadagi eng yirik bepul elektron pochta xizmati bo‘lmish mail.ruportalida elektron pochta xizmatidan foydalanish asoslari bilan tanishamiz.
1.

Brauzeringizdahttp://www.mail.ruveb
sahifasiga o‘ting.
2. Pochta qutisi ochish uchun oynaning chap tarafida joylashgan «Регистрация в почте» (Pochtada ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini bosamiz.
3. «Регистрация нового почтового ящика» (Yangi pochta qutisini ochish) sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi ochilayotgan qutining egasi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Имя – Ismingiz
Фамилия – Familiyangiz
День рождения – tug‘ilgan kun, oy va yilingiz
Город – siz yashaydigan shahar (to‘ldirish shart emas). Shahar nomining dastlabki harflarini kiritishingiz bilan mayl.ru xizmati bazasiga kiritilgan shaharni va davlatlarning to‘liq nomi taklif qilib turiladi. Taklif qilingan shaharni tanlasangiz, matn bloki avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
Пол – jinsingiz (Erkak yoki Ayol)
Почтовый ящик – elektron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni yoki eslab qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z kiritish tavsiya etiladi. Misol uchun, ismingizIbrohimbo‘lsa, i ibrohimjon@mail.ruyoki ibrohim82@bk.rukabi manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan, tushunarli, ma’no-mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi kerak.
Пароль – elektron pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol imkon qadar esingizdan chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va raqamlar to‘plami bo‘lishi kerak.
Повторите пароль – parolni takroran yozing (aniqlik uchun).
Мобильный телефон – qo‘l telefoningizning raqami. Bu narsa parol esingizdan chiqib qolsa, uni SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni oshkor qilgingiz kelmasa, «У меня нет мобильного телефона» (menda qo‘l telefoni yo‘q) degan linkni bosishingiz mumkin.
Barcha ma’lumotlar to‘ldirilgach, «Зарегистрироваться» (Ro‘yxatdan o‘tilsin) tugmasi bosiladi.
Agar telefon raqamingizni kiritgan bo‘lsangiz, «Зарегистрироваться» tugmasi bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi. SMS-xabarda kelgan tasdiqlash kodini endi ochilgan v (SMS-xabardagi kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» (Tayyor) tugmasi bosiladi.
SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan pochta qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh sahifasida «Входящие» («Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mayl.Ru pochta xizmatidan kelgan « Maylr.ru’ga xush kelibsiz» hamda « Mayl.ru’ning mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi. Ularni o‘qib, Mayl.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 13 Aug 2018, 17:13
Muallif: @Arey (44)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 192 (0/192)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru