Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Javada for loop
Takrorlanuvchi sikl operatorlari
O’z nomi bilan ma’lum bo’lib turibdi takrorlanuvchi ya’ni qandaydir jarayonni qayta va qayta takrorlanishidir. Yerning quyosh atrofida aylanishi yil fasllarning almashinishi va h.k.larni misol qilib keltirish mumkin. Takrorlanuvchi ish harakatlar qandaydir shartlar asosida bajariladi. Ularning boshlang’ich, oxirgi nuqtalari va bajarilish davriyligi mavjud bo’ladi. Misol uchun, yerning quyosh atrofida aylanishini olsak, boshlang’ich nuqta 1-kun ya’ni 1-yanvar oxirgi nuqta 365-kun bu esa 31-dekabr takrorlanishi 1 kunga teng. Atrofimizda bunga o’xshash takrorlanvchi ish harakatlar shunchalik ko’pki ularni sanab tugata olmaymiz. Misol tariqasida kundalik hayotimizda doimiy sodir bo’ladigan bir jarayoni tahlil qilib, uning java da dasturiy ko’rinishi qanday bo’lishini ko’rib chiqsak.
Misol: Tasavvur qiling ovqat tayyorlash uchun 10 ta kartoshkani tozalashga oldik. Qo’limizda 10 ta kartoshka bor ularni tozalash uchun birinchi kartoshkadan boshlab 10-kartoshkagacha tozalamaguncha xar bir kartoshkani birma-bir tozalab chiqamiz. O’z-o’zidan ko’rinib turibdi kartoshka tozalash jarayoni ketma-ket sodir bo’lyapti(bu jarayon siklga misol bo’la oladi)
*.Tozalangan kartoshkalar o’sib borish qiymati 1 ga teng (chunki ikki yoki undan oshiq kartoshkani bir vaqtda tozalab bo’lmaydi odatda)
*.Boshlang’ich qiymati ham 1 ga teng
*.Agar kartoshkani tozalash jarayonida kartoshkani iste’molga yaroqsiz joylari bo’lsa, kesib tashlanadi ya’ni inson miyasida shu shartlar tekshiriladi.
*.Bu jarayonni tozalangan kartoshkalar soni 10 ga teng bo’lguncha amalga oshiramiz.
Keling endi bu jarayonlarni java da dasturini tuzib chiqaylik.
Source code
1.
publicclass Tozalash {
2.

3.
publicstaticvoid main( String[] args){
4.

5.
Scanner in =new Scanner( System.in);
6.
int aynigan =1;// shartli ravishda shart tekshirish uchun shu qiymatlar kiritildi
7.
int buzulgan =2;// shartli ravishda shart tekshirish uchun shu qiymatlar kiritildi
8.
for(int i =1; i <=10; i ){
9.
System.out.println(i "-kartoshkani Holatini kiriting \\\\n yaxshi bo'lsa 0 ni \\\\n aynigan bo'lsa 1 mi \\\\n buzulgan bo'lsa 2 ni ");
10.
int kartoshkaHolati = in.nextInt();//kartoshkani holatini ko'rsatuvchi qiymatlar
11.
if(kartoshkaHolati == aynigan || kartoshkaHolati == buzulgan){
12.

13.
System.out.println("Buzulgan joyi kesib tashlansin ");
14.
}
15.
System.out.println(i "-kartoshka tozalandi \\\\n");
16.
}
17.
System.out.println("10 ta kartoshka tozalandi");
18.
}
19.

20.
}
Ekranda :
1-kartoshkani Holatini kiriting
yaxshi bo’lsa, 0 ni
aynigan bo’lsa, 1 ni
chirigan joyi bo’lsa, 2 ni
1 // kiruvchi qiymat
Chirigan joyini kesib tashlansin
1-kartoshka tozalandi
Bu jarayon 10 ta kartoshka tozalanib bo’lmaguncha davom etadi. Tushunarliroq bo’lishi uchun blok sxema orqali ko’rib chiqamiz
Sikl boshlangandan sikl sharti false(yolg’on) qiymat bo’lmaguncha davom etadi. Sikl sharti false bo’lgan sikl tugatiladi.
Misol: 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni ekranda chiqarish
Source code
1.
publicclass ForExample {
2.

3.
publicstatic void main( String[] args){
4.

5.
for(int i=1;i<=10;i ){
6.

7.
out.print(i “, ”);
8.

9.
}
10.

11.
}
12.

13.
}
Ekaranda :1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
Siklning boshlang’ich qiymati 1 ga teng takrorlanishi ham 1 ga teng i ning qiymati o’sib borib qiymat 10 ga teng bo’lmaguncha davom etadi. Yanada tushunarliroq bo’lishi uchun boshqa bir misolni ham ko’rib chiqsak. Berilgan sondan shu songacha bo’lgan raqamlar orasida 3 va 5 ga bo’linadigan raqamlar sonini topish.
Source code
1.
publicclass BulinuvchilarSoni{
2.

3.
publicstaticvoid main( String[] args){
4.

5.
int k =0;
6.
for(int i =1; i <50; i ){
7.
if(i % 3 == 0 || i % 5 == 0){
8.
k ;
9.
}
10.
}
11.
System.out.println(k);
12.
}
13.

14.
}
Natija :22
Javada For-each Loop
For-each loop dan massivlar yokiy to’plamlarni yurguzishda foydalaniladi. For-each loop dan foydalanish qulay va oson chunkiy bunda sikilning boshlang’icha va oxirgi qiymatlari ko’rsatilmaydi. Bunda elementlar birma bir qaytarib uning qiymatlari ko’rsatiladi .
1.for(Type var:array) {
2.//code to be executed
3.}
Source code
1.
publicclass ForEachExample {
2.

3.
publicstatic void main( String[] args){
4.

5.
int arr[]={12,23,44,56,78};
6.

7.
for(int i:arr){
8.

9.
System.out.print(i ”, ”);
10.

11.
}
12.

13.
}
14.

15.
}
Ekranda :
12, 23, 44, 56, 78
Yana biz breakyokicontinuedan ham foydalanamiz
«Break» operatori.
Bu operator bilan, «switch» haqidagi maqolada biroz tanishgan edik. U yerda bu operator, operatorlar ketma-ketligini tugatish uchun ishlatilgan edi. «Break» operatori dasturda, sikldan chiqish va «shartsiz o‘tish» operatori kabi vazifalarni ham bajaradi. Keling ikkala holni ham ko‘rib chiqaylik, dastlab bu operator orqali qanday qilib sikldan chiqish mumkinligini ko‘rsatamiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 13 Aug 2018, 18:00
Muallif: @Arey (44)
Raxmat aytishgan: 3 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 11 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 186 (0/186)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru