Bloglar | Geografik xabarlar | Alyaska haqida 2 davomi..
Nega ruslar faqat Alyaskani mustamlakaga aylantirishgan?
Rus mustamlakachilarining Tinch okeani sohillari istilosi juda sekin borayotgan, bunga asosiy sabablardan biri yerli aholi bilan murakkab munosabatlar edi. Agar Aleut orollari aholisi — aleutlar, kadyakliklar va eskimoslarni mustamlakachilar o'z biznesiga jalb qilib, o'rgatib olishgan bo'lishsa, Shimoliy Amerika sohillarida yashab kelayotgan tlinkitlar qabilalari ruslarga nisbatan aslo do'stona munosabatda emasdi.
1802- yilda ular ruslarning Sitka manzilgohini butunlay kulini ko'kka sovrishadi. Faqat oradan ikki yil o'tib, Sankt-Peterburgdan mustamlakachilarga "Neva" harbiy kemasi yordamga kelgachgina hudud ustidan nazorat qaytarib olinadi.
Shundan so'ng tlinkitlarning ayrim qabilalari bilan sulh shartnomasi tuziladi. Biroq yarashuv bir qadar mo'rt edi, bunga sabab — shimoliy-g'arbiy sohillarda RAKning raqobatchilari — britaniyalik va amerikaliklar ham o'rnashib olgan edi. "Shubhasiz, aynan ular besaranjom tlinkit qabilalari o'rtasida fitna urug'ini sochish bilan shug'ullanishgan", — deydi Irkutsk davlat universiteti professori Vadim Shaxerov. Tlinkitlar ulardan miltiq, porox va hatto to'plarini olishgan.
E`tiborlisi, o'sha urushdan so'ng 200 yil o'tibgina — 2004 yilda sulh shartnomasi tuzilgan, kiksadi qabilasi avlodlari Rossiya bilan rasman sulh tuzilgani borasida marosim o'tkazib berishdi.
Nima bo'lganda ham, XIX asr boshlarida sohil bo'ylab janubga — Kaliforniya taraflarga yurish imkoniyati qo'ldan boy berilgan.
Alyaskani sotish haqidagi ilk gap-so'zlar: "Bu fikrni o'ylab ko'rmoq kerak"
Dengiz sug'urlarini ayovsiz qirib tashlash ularning deyarli yo'q bo'lib ketishiga olib keldi, o'z-o'zidan RAK faoliyatidan tushadigan daromadlar ham pasaya boshladi. Bir vaqtning o'zida Rossiya Uzoq Sharqda ulkan Primore va Amurbo'yi hududlarini qo'shib oldi. Endi Peterburgda aynan ularning taraqqiyotiga katta e`tibor bilan qaray boshlaydi.
Shimoliy Amerikadagi yerlarni sotish g'oyasini ilk bora 1857-yilning martida buyuk knyaz Vladimir aytadi. Bunga sabab qilib 1853-1856-yillardagi Qrim urushidan so'ng mamlakatning sillasi qurigani, dengiz vazirligi byudjyetining qisqarganligi tufayli rus floti qiyinchilikka uchrayotganini ko'rsatadi.
"Sotib yuborish ayni muddao bo'lar edi, chunki Qo'shma Shtatlar o'z yerlarini kengaytirish va Shimoliy Amerikada butunlay hukmronlik qilishni istayotgani, bu yerlarni o'ylab o'tirmasdan xarid qilishi, ularni to'xtata olmasligimizni ko'ra-bila turib o'zimizni o'zimiz aldamasligimiz kerak. Bu yerlar bizga kam foyda keltirmoqda, ularning yo'qotilishi juda sezilarli daraja bo'lmaydi", — deb yozgan knyaz.
Konstantinning xatini imperator Aleksandr II ga yetkazishadi va u o'z qo'llari bilan unga "Bu fikrni o'ylab ko'rmoq kerak", deb yozib qo'yadi. AQSh bilan bu borada norasmiy muzokaralar boshlanadi, lekin fuqarolar urushi uni vaqtincha to'xtatib qo'yadi.
"Ruslar va amerikaliklar o'rtasida hech qachon yovqarash bo'lmagan"
Fuqarolar urushida Shimolning g'alaba qozongani ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlagan, chunki Rossiya bu mojaro mobaynida federal hukumatni qo'llab turgan yagona yirik davlat bo'lgan.
"Bu paytda Yer yuzasidagi barcha davlatlar ichida Rossiya uchun eng mashhuri Amerika Qo'shma Shtatlari edi, ruslar va amerikaliklar o'rtasida hech qachon ziddiyat yuzaga kelmagan, manfaatlar to'qnashuvi ham yuz bermagan edi, AQSh ham faqat Rossiyadan xush yoquvchi va do'stona so'zlarni eshitar edi", — deb yozgan publitsist Mixail Katkov 1866-yilning yanvarida o'sha vaqtda Rossiyada amerikaparast kayfiyat hukmron bo'lganini tasdiqlab.
Ikki mamlakatning yaqinlashishiga sabab, o'sha vaqtda Rossiya va Amerikaning umumiy dushmani va geosiyosiy raqibi bitta edi — Buyuk Britaniya.
Shimoliy Amerika mustamlakalaridagi qiyinchiliklar
Peterburg va Moskvadagi kayfiyatga Alyaskadagi vaziyat ham ta`sir qilgan. RAK endi aksiyadorlarga avvalgi daromadlarni keltirmayotgan edi. Boz ustiga, ularning mavjudligi davlat tomonidan katta subsidiyalar ajratilishga olib kelayotgan edi. 1866-yilda Aleksandr II RAKning davlat g'aznasi oldidagi 725 ming rubl qarzini kechib yuboradi "davlat xazinasidan har yili 200 ming rubl ajratish" haqida qaror chiqaradi.
Bu o'sha vaqtlar uchun juda yirik mablag' edi, boz ustiga, davlat byudjyetida kamomad bo'lib turgan vaqtlar. O'sha kunlari moliya vaziri Mixail Reytern Aleksandr II ga Rossiyaning moliyaviy holati haqida xat yozadi "Barcha qisqartirishlar amalga oshirilgan taqdirda ham daromadlarimiz xarajatlarimizni qoplamaydi, aksincha, uch yil ichida 45 million rubl ekstraordinar resurslar (chet el qarzi) dan foydalanish zaruriyati bor".DAVOMI BOR
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 15 Aug 2018, 14:03
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 3 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 8 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 196 (0/196)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru