Bloglar | Foydali ma'lumotlar | “Ko`p suv ichish foydasi”
Sog`lom odam kuniga o`rta hisobda 2 litr suv ichishi durust. Bu shifokorlarning tavsiyasi. Miya hujayralaridan tortib vujudimizdagi barcha a`zolar suv ila hayot. Ko`p suv ichsak, tanamizning suv yo`qotishini (degidrasiya) oldini olgan bo`lamiz.
Kofeinsiz (sharbatlar, choy) hamda tuzga boy bo`lmagan ichimliklar suv o`rnini bosishi mumkin.
Kofeinli ichimliklar (achchiq qora choy, qahva) tanada suv yo`qotilishiga sabab bo`lgani uchun, ortidan suv ichib yuborilgani ma`qul.
Suvning vujudimizga foydalari:
*.Vujuddagi haroratni mo`tadillashtiradi.
*.Jigar va buyraklardagi zaharli moddalarni yuvib ketadi.
*.Vujudni jarohatlardan asraydi.
*.Hujayra va to`qimalarning bir-biriga yaqinlashishini ta`minlaydi.
*.Teri hujayralarining sog`lom ko`rinishiga yordam beradi.
Voyaga etgan insonning tanasida 40-50 litr suv bo`ladi. Qonning 83%, to`qimalarning 75%, miyaning 74%, suyaklar tarkibining 22%i suvdan iborat. Tanadagi suvning 20%i yo`qotilsa, inson o`ladi.
Yetarli miqdorda suv ichilmasa:
- Miya sekinlashib, odam dangasalashadi.
- Qon quyuladi.
- Qabziyat yuz beradi.
- Peshob sarg`ayib ketadi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 15 Aug 2018, 14:29
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 11 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 242 (0/242)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru