Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Nokia telefonlarni proshifka qilish
Buning uchun bizga PC, Phoenix dasturi, USB kabel, Nokia telefoni va albatta uning proshivkasi kerak bo'ladi. Ishni boshlashdan oldin PC dan Antivirus va PC Suite ni vaqtinchalik o'chirib qo'yamiz va telni zaryadini to'ldirib olamiz. Proshivkamizni va Phoenix ni kompga ustanovka qilamiz hamda teldan sim karta, Flesh kartani chiqarib, kompga USB kabel orqali ulaymiz! (tel yoniq bo'lishi kerak). Phoenixga kiramiz va USB connection ni tanlaymiz! Tel ulanganligi haqida Phoenix ogohlantiradi! (dasturning pastki qismida indikator paydo bo'ladi) Agar tel ulanmasa, mana bunday qiling: Settings=>Driver=>Add=>USB Telni ulab bo'lganimizdan so'ng File=>Scan Product ga bosamiz Keyin dastur proshivkangiz qidiradi (Skanirovat), va topadi (agar telizni proshivkasini ish boshlamasdan oldin ustanovka qilgan bo'lsangiz). Keyin dastur oynasining pastki qismida o'sha proshivka haqida to'liq ma'lumot chiqadi. Agar sizda ham shunday indikator xosil bo'lsa, davom etishingiz mumkin. Agar chiqmasa, demak proshivkani ustanovka qilmagan bo'lasiz!
Keyin Flashing=>Firmware Update ga kiramiz. Xosil bo'lgan oynada telimizning eski proshivkasi haqida ma'lumot chiqadi va Product cod avtomaticheskiy to'ladi. Biz yangi proshivkamizni tanlashimiz kerak. Buning uchun kvadrat oynacha (osiluvchi oyna) dan RUSSIA RUS ni yoki Cyrulic ni tanlaymiz. Keyin Refurbish ni bosamiz.
Qarabsizki, telimiz proshivka olishni boshladi. Ekranda proshivka ketayotgani foizlarda ko'rsatiladi!
Proshivka vaqtida telimiz avtomat ravishda o'chib qoladi. Bundan xavotir olmang, bu tabiiy xol! Proshivka ketayotgan vaqt kabel chiqib ketmasligi va tel qimirlamasligini maslaxat beraman. Bo'lmasa, ishni yana boshidan boshlashga to'g'ri keladi. 10 daqiqa o'tar-o'tmas telimiz proshivka olishni yakunlaydi.
Normal Mode ni Dead Mode dan afzallik jihati shuki, telni bemalol ulaysiz. Chunki tel yoniq bo'ladi. A Dead Mode da esa tel o'chiq bo'ladi, ulash uchun ayrim drayverlar kerak bo'ladi. Lekin Dead Mode da proshivka tez yakunlanadi..!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 16 Aug 2018, 04:16
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 8 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 127 (0/127)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru