Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Telefon nega qotadi?
E'tibor bergan bo'lsangiz, Android smartfon yangi xarid qilingan vaqtida juda tez va chaqqon ishlaydi. Biroq bir muddat o'tgandan keyin smartfon dasturining ishlashi sekinlashadi, samaradorligi kamayadi. Xo'sh, bunga sabab nima? Gap shundaki, qo'lingizda telefonning tezkor xotirasi hajmi o'rtacha segmentdagi kompyuterlarning tezkor xotirasi bilan barobar yoki undan ham ko'p. Tasavvur qiling, qo'lingizda shunchaki telefon emas, balki kompyuter joylashgan. Shu bois uning dasturida juda ham ko'p prosesslar bajariladi. Ko'pincha telefonning qotishiga mos bo'lmagan zararli ilovalar, dasturning eskirishi yoki noto'g'ri foydalanish sabab bo'lishi mumkin.
Keling, endi, smartfonning har doim chaqqon ishlashini ta'minlash uchun yordam beradigan profilaktika usullari bilan tanishsak.
Dastur fonidagi prosesslar. Smartfonga juda ko'p ilovalarni yuklash uning ishini sekinlashtiradi. Ilovani yopganingiz bilan u baribir fonda ishlab, xotirani band qilib turaveradi. Ayniqsa, agar haddan tashqari ko'p ilovalar o'rnatilgan bo'lsa, bu telefon samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bunday keraksiz ilovalarga jonli oboylar va vidjetlarni kiritish mumkin. Buning oldini olish uchun zaruriy bo'lmagan ilovalarni telefondan o'chirib yuborish lozim. Telefonni ishlab chiqaruvchi parametrlariga (Factory dаtа Reset) qaytarish bu muammoda juda katta yordam beradi.
Dasturiy ta'minotni yangilash. Juda ko'p foydalanuvchilar telefon dasturiy ta'minotini yangilab turmaydilar. Yuqorida aytilganday, smartfonning dasturi katta hajmli va doim profilaktika talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar zaruratga qarab dastur yangilanishlarini chiqarib turishadi. Ayniqsa, so'nggi paytda Google va Samsung har oyda dastur yangilanishlarini taqdim qilishmoqda. Xavotir olmang, dasturiy ta'minotni yangilash uchun Malikaga borish yoki birovdan iltimos qilish shart emas. Buni shunchaki internetga ulangan holda telefon sozlamalarida amalga oshirsa bo'ladi. Yangilanishlar dasturning himoyasini oshiradi, versiyasini yangilaydi, qo'shimcha imkoniyat va funksiyalarni taqdim etadi. Dasturni yangilash usullari haqida hali alohida maqola chop etamiz.
Doimiy xotiraning to'lishi. Odatda, telefonning doimiy xotirasi to'lig'icha band bo'lganda, uning ishlashi sustlashadi. Shu sabab telefondagi fayllarni tekshiring, zarur bo'lmaganlarini o'chirib tashlang yoki SD-kartaga o'tkazing. Telefon sozlamalarida kesh-fayllarni o'chirishni unutmang.
Yuqoridagi birlamchi profilaktika usullariga amal qilsangiz, telefoningiz qotmasdan, elib-yugurib xizmatingizni bajaraveradi. Unutmang, smartfon bu shunchaki telefon emas, u katta imkoniyatlarga ega bo'lgan gadjet. Shu bois uning tez va yaxshi ishlashi, ko'pincha, o'zingizga bog'liq.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 16 Aug 2018, 04:47
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 6 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 111 (0/111)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru