Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Qovoq yeng kasal bo'lmaysiz
*.Qovoq tarkibidagi A vitamini ko`rish qobiliyatini yaxshilaydi. Agar sizda ko`z nurining xiralashishi, uzoqni yaxshi ko`ra olmaslik kabi muammolar paydo bo`lsa, qovoqni kanda qilmang.
*.Ortiqcha tana vazni bilan kurashayotganlar taomnomalariga qovoqdan tayyorlangan taom va eguliklarni kiritishlari darkor. Chunki ushbu poliz ekini hazm faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
*.Antioksidantlar hisobiga zararli xolesterinni haydab, ichaklardan tiqinlarni tozalaydi. Demakki, teri ko`rinishi bilan muammo bo`lmaydi.
*.Gipertoniya bilan og`rigan bemorlar uchun ham qovoq foydali sanaladi. Foydali xususiyatiga ko`ra arterial qon bosimini me`yorda ushlashda asqotadi.
*.Buyrak yallig`lanishi, xususan pielonefrit aniqlanganida qovoq iste`mol qilish tavsiya etiladi. Tarkibidagi birikmalar yallig`lanish o`choqlariga ijobiy ta`sir ko`rsatib, og`riqlarni engillashtiradi.
*.Temir va T vitaminiga mo`lligi bilan qovoq poliz ekinlari orasida chempion. Bolalardagi kamqonlik, kattalardagi qonning quyuqlashishida aynan qovoqdan tayyorlangan taomlar asqotadi.
*.Keksalik alomatlariga chap berishni istaysizmi? Qovoq bilan do`stlashing. Muntazam iste`mol qilinganida organizmdagi regenirasiya jarayoni yaxshilanib, suyaklar mustahkamlanadi. Uyqu tartibga keladi.
*.Yuzingizga tez-tez husnbuzar toshayotgan bo`lsa, nonushta qovoqdan tayyorlangan bo`tqa iste`mol qilishga odatlaning. Qovoqdagi foydali moddalar terini mayinlashtiradi, yog` bezlari faoliyatini normallashtiradi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 16 Aug 2018, 16:34
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 193 (0/193)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru