Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Dasturchi bo'lishni xoxlaysizmi?
Sizni quyidagi savollar o’ylantirayotgan bo’lsa kerak:
1) Dasturlash bilan shug’ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?
2) Qaysi dasturlash tilini o’rgansam ekan?
3) Faqat Universitetda o’qigan talabalar dasturchi bo'lishadimi?
4) va boshqa savollar…
Keling bu savollarga qo’ldan kelganicha javob izlaylik.
1) Dasturlash bilan shug’ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?
Dasturlash bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan inson matematika va mantiq (logika) fanlaridan ma’lum bir ilmga ega bolishi kerak. Chunki biror sonning foizini hisoblay olmagan, yoki chiziqli tenglamani yechishni bilmagan, kasrga maxraj tenglashni bilmagan odamdan dasturchi chiqmaydi.
Bu masalaga “Siz dasturchi bo'la olasizmi?” maqolasida yana to’xtalamiz.
Bundan tashqari kompyuter bilimlariga ega bo’lishi kerak. Windows, MS Office dasturlarini bilishi kerak. Chunki kompyuterda yaxshi ishlashni bilmagan inson qanday qilib kompyuter foydalanuvchilari uchun kerakli dastur tuzishi mumkin?
2) Qaysi dasturlash tilini o’rgansam ekan?
Bu savolga aniq bir javob berish qiyin. Chunki talab va taklif, maqsad va imkoniyatdan kelib chiqqan holda u yoki bu dasturlash tilini tanlash mumkin. Zamonaviy dasturlash tillarining o’ziga yarasha afzallik va kamchiliklari mavjud.
Agar Siz biror qurilmaga driver yozmoqchi bo’lsangiz, yoki qurilmalar bilan ishlaydigan dastur tuzmoqchi bo’lsangiz C dasturlash tilini tanlashlik tavsiya qilinadi.
Web saytlar ishlab chiqish uchun PHP & MySql tavsiya etiladi.
Bank tizimi kabi katta xajmdagi va yuqori hafsizlikni talab qilinadigan tizimlarda Java va Oracle tavsiya etiladi. Mobil telefonlarga dastur tuzishda ham Java yetakchilik qiladi.
.NET texnologiyasi uchun dastur tuzishlikda C# tavsiya etiladi. Chunki bu dasturlash tili aynan .NET uchun ishlab chiqilgan.
Agar Windows amaliyot tizimi uchun dastur tuzmoqchi bo’lsangiz, visual dasturlash tillaridan birini tanlashingiz kerak bo’ladi.
Hozirgi kundagi eng mashhur visual dasturlash tillariga quyidagilarni kiritish mumkin: Microsoft C#, Visual C++, Visual Basic, Borland C++ Builder, Delphi
Agar buyurtmachi biror dasturlash tilida dastur tuzishlikni talab qilmasa, Siz o’zingiz xohlagan dasturlash tilida dastur tuzishingiz mumkin. Chunki ba’zi hollarda buyurtmachini faqat natija qiziqtiradi. Siz qaysi dasturlash tilida dastur tuzishingizni buyurtmachiga umuman qizig’i yo’q.
Qaysi dasturlash tilini tanlasangiz ham, shu tilni professional darajada o’rganing. Keyin boshqa dasturlash tillarini o’rganishingiz oson bo’ladi. Bir dasturlash tilini mukammal darajada (yetarlicha) o’rganmasdan turib boshqasiga o’tish bu adashishdir. O’rgangan tilingiz bo’yicha kamida bitta tayyor dastur tuzing. Tuzgan dasturingiz qaysidir bir sohaning muammosini hal qilsin. Hayotda kimlardir u dasturdan foydalansin. Shundagina Siz qaysidir dasturlash tilini o’rgandim, yoki bilaman deyishingiz mumkin. Keyin boshqa dasturlash tiliga o’tsangiz bo’ladi.
Bir dasturlash tilini mukammal bilgan dasturchiga, boshqa bir dasturlash tilini o’rganish qiyin bo’lmaydi.
Siz yashab turgan muhitda, Siz mukammal darajada o’rganishingiz mumkin bo’lgan dasturlash tilini o’rganishingiz, Siz uchun eng to’g’ri yo’l
3) Faqat Universitetda o’qigan talabalar dasturchi bo'lishadimi?
Yo’q. Dasturchi bo’lish uchun albatta Universitetda o’qish shart emas. “Nahotki?” deb xayron bo’layotgan bo’lsangiz kerak. Xayron bo’lmang. Siz kollej talabasi yoki Universitetda dasturlash yo'nalishida emas, boshqa yo'nalishda o'qiyotgan bo'lishingiz mumkin. Lekin mustaqil ravishda dasturlashni o'rganishingiz mumkin. Maqolani o'qishda davom etsangiz, qanday qilib dasturlashni mustaqil ravishda professional darajada o'rganishni bilib olasiz.
Universitetda dasturlash yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalardan 100 tasidan ko’pi bilan 20 - 25 ta yaxshi dasturchi chiqadi. (Maqolada faqat o’zbek guruhlari haqida gap ketadi)
Buning bir necha sabablari bor. Ba'zi talabalar dasturchi bo'lishni xohlashmaydi. Diplom olish uchun o'qishayotganini aytishadi.
Ba’zi talabalar universitetda o’rgatilayotgan fan va mavzular bilan chegaralanib qolishadi. Laboratoriya va mustaqil ishlarni bajarishadi. Xatto qizil diplom ham olishadi. Lekin ertaga hayotda ular o’rgangan bilimlar juda kamlik qiladi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 19 Aug 2018, 21:36
Muallif: @Arey (44)
Raxmat aytishgan: 4 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 19 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 219 (0/219)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru