Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Grippni "eng xavfli turi"ni aniqlandi
Jon Hopkins universiteti olimlari yangi aniqlangan «CladeX» gripp virusi shtammi global epidemiyaga sababchi bo‘lishidan xavotirda. Ular aniqlagan 400 nafarga yaqin bemorning 50 nafari olamdan o‘tgan. Bu grippning ilk o‘choqlari Germaniya va Venesuelada aniqlandi, deb yozmoqda«Xabar» nashri.
Bemorlar yo‘tal va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilayotganiga asoslanib, olimlar bu virusni «respirator»lar oilasiga kiritishdi, ya’ni u havo orqali yuqadi. Kasallikning ilk alomatlari shamollash yoki qizamiqnikiga o‘xshaydi. Xavotirli jihati, virus yuqishi va o‘lim orasidagi masofa juda qisqa — atigi bir necha hafta.
Yangi toifa virusni yuqtirganlar davolanish olmasa ensefalit (bosh miyaning yallig‘lanishi) kasalligini orttirib olishi va koma holatiga tushishi mumkin.
Ammo eng qo‘rqinchlisi bu emas. Agarda o‘z vaqtida vaksina ishlab chiqilmasa, virus xuddi oddiy gripp kabi odamdan odamga ko‘chib o‘ta boshlaydi. Buning oqibatida sayyoramizdagi qariyb 900 million nafar insonni «CladeX» virusi zaharlashi ehtimoli bor.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 20 Aug 2018, 00:05
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 3 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 10 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 171 (0/171)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru