Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Sms yozing, qo`ng`iroq qilgandan ko`ra
O‘zingizni qiziqtirgan savolga aniqva haqqoniy javob olishni istaysizmi? Unda suhbatdoshingizga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilmay, SMS jo‘nating. Amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, insonlar og‘zaki suhbatdan ko‘ra, yozma muloqot paytida ko‘proq mulohaza qiladilar hamda matnli xabarlarda aniq va ma'niliroq ma'lumot beradilar. Telefonda aniq javob berishga nima to‘sqinlik qiladi? “Xatga tushding – o‘tga tushding” maqoli shu yerda juda o‘rinli bo‘ladi. SMS yozishda odamlar bu xabar saqlab qolinishini bilgan holda, muloqotga jiddiy yondashadilar. Og‘zaki so‘zlashuvda esa, bunday mas'uliyat ko‘rinmaydi. Shuning uchun og‘zaki so‘zlashuvda ko‘proq yolg‘on, bo‘rttirish, “aravani quruq olib qochish” uchraydi. “Aslida, ko‘pchilik SMSlarda aniq javob bermaydi, degan fikr mavjud edi. Chunki bu javobni ko‘pchilik ko‘rishi va yozganlaringizga javob berishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘ladi. Lekin, tadqiqotlar ko‘rsatishicha, aynan yozma javoblar to‘liqroq va aniqroq bo‘ladi”,- deyishadi Michigan ijtimoiy tadqiqotlar instituti (AQSh)olimlari. Ularga ko‘ra, matnli xabarlarda kishilar ma'lumotlarni umumiy suratda taqdim eta olmaydilar. Masalan, telefonda so‘zlashayotganda “o‘nlab institutlar” degan so‘z ishlatgan kishi xuddi shu xabarni SMS orqaliyozganda, aynan “32 ta institut” tarzida ma'lumot beradi. Buning sabablaridan biri – telefon orqali suhbatlashayotganda vaqtni qizg‘anishdir. SMS terish o‘ylashga majbur etadi Michiganlik olimlar tadqiqotida iPhone, Google, Amazon va boshqa kompaniyalarning 600 dan ziyod mijozlari qatnashdi. Olimlarning maqsadlari bir xil savolga turli holatlarda qanday javob berilishini o‘rganish bo‘ldi. Masalan savol matnli xabar ko‘rinishida berilganmi yoki og‘zaki suhbatdami, inson tomonidan berilganmi yoki kompyuter yordamidami, atrofda odamlar bo‘lganmi yoki biror ish bilan band paytidami – mana shunday holatlarning har birida inson berilgan savolga qanday munosabatda bo‘ladi. Shu narsa aniqlandiki, odamlar matnli xabar ko‘rinishida javob berganda aniqroq bo‘lganlar. Masalan, oxirgi oyda ko‘rilgan flmlar soni yoki iPhone dagi qo‘shiqlar nechtaligi so‘ralganda ular miqdorini aniq, yaxlitlamay yozdilar. Og‘zaki javobda esa, buning aksi kuzatildi. Shuningdek, tadqiqotda insonlar matnli xabarlar yordamida, har qanday gavjum va sershovqin joyda bo‘lsalar ham, ma'nili va to‘g‘ri javob berishga moyil ekanliklari aniqlandi. Xulosa: birovdan haqqoniy va aniqjavob olmoqchimisiz? Qo‘ng‘iroq qilmay, SMS yo‘llang.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 20 Aug 2018, 08:22
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 1 ta
Ko'rilgan: 23 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 227 (1/226)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru