Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Barvaqt turish sirlari
Uyqular 2 xil bo'ladi: Kechqurun kelmaydigan va ertalab ketmaydigan. Ayniqsa hozirgi sovuq boshlangan kunlarda to'shakdan ko'tarilgisi kelmaydi kishining. Agar siz ham ertalablari muammosiz uyg'onib, ishhonaga vaqtida yetib borib, boshliqning dakkilaridan qutilishni va kunni ajoyib o'tkazishni istasangiz, quyida berilgan maslahatlarimizni o'qib ko'ring va bu maslahatlarga amal qiling.
1. Har kuni tushdan keyin biroz vaqt ajratib, ko'chalarni sayr qiling. Ko'proq vaqt ajratsangiz, yanada yahshi. Zero, ochiq havodagi bunday sayr tananing tetik bo'lishida muhimdir.
2. Kechki vaqtlarda esa, fitnes mashg'ulotlariga borishni kanda qilmang. Ko'pchilik, ertalablari yugurishni afzal biladi, lekin tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, qishda yugurish foydasiz, tonggi yugurishlarni bahorga qoldiringu, kechasi fitnes-zallariga boring.
3. Soat 20:00 dan keyin televizor ko'rishni yig'ishtiring. ekrandan taraladigan elektron nurlar tananing melatonina ishlab chiqarishini kamaytiradi va uhlashga qiynalasiz.
4. Qorong'u tushgach, yotoqxonangizda elektr lampalar o'rniga sham yoki moyli chiroqlardan foydalaning. Lekin uhlashdan oldin bu yoritqichlarni o'chirishni unutib qo'ymang.
5. Uhlashdan oldin ovqatlanmang va ertalab nonushtaga biron shirin taom qilishni niyat qilgan holda uyquga keting. Bu ertalab yahshi ishtaha bilan uyg'onishga imkon beradi.
6. Uyquni his qila boshlaganingiz zahoti uyquga keting. Garchi bu odatdagi vaqtdan ancha erta bo'lsa ham. Kechki qo'shimcha uyqu ertalabki qo'shimcha uyqudan yahshiroq ahir.
7. Tashqarida qor va izg'irin bo'lmagan kunlarda derazani yarim ochiq holda uhlash foydalidir.
8. Budil'nikni divandan uzoqroqqa o'rnating. Boshingiz yonida chinqirgan budil'nikni o'chirib qo'yib, yana uyquga ketish ehtimoli yuqori bo'ladi. Uzoqroqdagi uyg'otuvchi moslama oldiga borguningizgacha esa uyqungiz ancha ochilishi tabiiy.
9. Budil'nik uchun yumshoq ohangdagi musiqalarni tanlang. Baland va yomon shovqinlar asab tolalariga zarar keltirishi bilan birgalikda, kun davomidagi kayfiyatingizga ta'sir qiladi.
10. Agar, ertalab ishga barvaqt etib bormasangiz, rejadagi ishlaringiz kechikib ketishi mumkinligini yodda tutgan holda uyquga keting. Diqqatli bo'lish yahshi samara beradi.
11. Uyg'onib qolganingizda yotgan joyingizda sakrab krovatingizni qattiq-qattiq silkiting, o'tirib olib, chuqur-chuqur nafas oling va boshqa engil mashqlarni bajaring.
12. Uyg'onganda xonadagi svetni tezroq yoqing. Elektr nurlari yuqorida aytganimizdek, uyquga moyillik qo'zg'aydigan melantonina moddasi ishlab chiqarilishini to'htatadi.
13. Uyg'onib ham oldingizmi? Nonushtadan oldin 1 stakan suv ichib olish ishtahani yahshilaydi.
14. Shuningdek, derazalarni ochib tashlab, xona havosini almashtiring. Tashqarida qanchalik sovuq havo bo'lsa ham bundan qo'rqmang, bu ish sog'likka ziyon emas, foyda keltiradi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 20 Aug 2018, 08:29
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 13 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 152 (0/152)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru