Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Farzand tarbiyasi borasida 7 maslahat
Quyida bolani shaxs sifatida tarbiyalashda har bir ota-ona bilishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar quyidagicha. 1. O‘z qiziqishlaringiz va xobbingizni bir chetga butunlay yig‘ishtirib, butun vaqtingizni farzandingizga baxsh etish sizga ham bolaga ham foyda keltirmaydi. Aksincha, orzu-niyatlaringizga erishish yo‘lidagi mehnatingiz bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir qilishini unutmang. 2. Har kech bolangiz bilan dars qilasiz. Ammo bugundan boshlab boshqa yo‘lni qo‘llab ko‘ring. Uy vazifalarining bajarilishiga o‘quvchining o‘zi mas’ul, degan haqiqatni qabul qiling. Faqat o‘zi yordam so‘ragandagina ko‘mak bering, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiring. 3. Ko‘pchilik ota-onalar o‘z aybini yuvish uchun bolaga sovg‘alar harid qiladi. Bu noto‘g‘ri usul! Bolaga kichik chiqimlari uchun pul berib turing. Bola pulni o‘zi to‘g‘ri taqsimlashi va ortig‘ini o‘yinchoq olishga yig‘ishni o‘rganishi kerak. Sizga esa bu jarayonni kuzatib, bolaga o‘rgatib turish yuklanadi xolos. 4. Ko‘pincha ota-onalar bolaning yomon axloqi sababiga qiziqmaydilar. Uni tezroq tinchitib qo‘ya qoladilar. Zukko ota-onalar esa bunday axloqning tagiga yetib, muammoni birga hal qiladilar. 5. Siz birinchi o‘rinda farzandingiz omadli va o‘qimishli bo‘lishini istaysiz. Buning o‘rniga bola bilan iliq va samimiy aloqalarda bo‘lishni istang shundagina barcha istaklaringiz ijobatini ko‘rasiz. 6. Farzandingizni hadeb turli hil muammolardan himoya qilavermang. Mumkin bo‘lgan holatlarda bolaga xato qilishiga qo‘yib bering. Undan so‘ng esa bolaga bu xatodan dars olishga ko‘maklashing. 7. Deyarli barcha ota-onalar bola yig‘lamasligi va janjal qilmasligi uchun, unga ko‘p narsalarga ruxsat beradilar. Bolalar esa bundan foydalanadilar. Bolani boshingizga chiqarmang. Shunda nafaqat o‘ziningizning shaxsiy hududingizni, balki bolaning shaxsiy hududini ham hurmat qilgan bo‘lasiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 31 Aug 2018, 11:24
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 7 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 139 (0/139)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru