Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Umrni uzaytiruvchi mahsulotni bilasizmi?
Baliq va tarkibida yarim to‘yingan omega-3 yog‘ kislotalari bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish umrni uzaytiradi, deb ma’lum qildi xitoylik olimlar.
Tadqiqotchilar 16 yil davomida parhezda bo‘lgan 240 ming erkak va 180 mingdan ortiq ayolni kuzatib borishdi, deb yozadi Journal of Internal Medicine. Tadqiqot qatnashchilari har kuni oz miqdorda baliq iste’mol qilishgan.
Qayd etilishicha, muntazam ravishda baliq iste’mol qiladigan erkaklarda tomir kasalliklari o‘n foizga va jigar kasalliklari 37 foizga kamroq uchraydi. Bundan tashqari, har kuni baliq iste’mol qilgan ayollarda Alsgeymer kasalligiga chalinish xavfi 38 foizga kamayadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, muntazam ravishda baliq yeyish onkologik va nafas yo‘llari kasalliklaridan vafot etish ehtimolini kamaytiradi.
Mutaxassislarning qayd etishlaricha, baliq qovurilganida o‘zining aksariyat foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.
Shuningdek, zig‘ir urug‘i, ismaloq, kartoshka va dengiz mahsulotlari ham yarim to‘yingan omega-3 yog‘ kislotalari manbai hisoblanadi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 31 Aug 2018, 18:42
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 245 (0/245)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru