Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Piyozning siz bilmagan foydali...
Eʼtiboringizga havola etmoqchi boʻlganimiz oddiy piyoz. Ammo piyozdan eramizdan avvalgi beshinchi ming yillikda foydalana boshlashgan.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, piyozda magniy, kaliy, folat, kunda isteʼmol qilinadigan V6 vitaminining 10 foizi, S vitaminining 20 foizi, shamollashga qarshi kversetin kabilar mavjud ekan.
Olimlar piyoz mavzusida shveysariyalik hamda italiyaliklar ishtirokida tadqiqotlar olib borishdi. Tadqiqotlarda ishtirok etganlar qancha piyozni koʻproq, tezroq isteʼmol qilishsa, shuncha kam xastalangani aniqlandi. Piyoz nafaqat xastaliklardan himoya qilarkan, balki suyaklarimizning mustahkamligini taʼminlarkan. Piyoz ovqat hazm qilishda tengsiz, ich qotishlarga qarshi faol kurashadi, qondagi qand miqdorini meʼyorda saqlaydi. Ishtahani ochadi, ortiqcha vazndan xalos boʻlishda yordam beradi.
Qonda xolesterin miqdori koʻp boʻlsa, 8 hafta davomida piyoz parhezi ushlanadi. Koʻribsizki, xolesterin meʼyoriga keladi. Pomidor bilan birga qaynatilgan piyoz saraton, yurak xastaliklarining oldini oladi. Piyoz tarkibidagi antioksidantlar koʻz, suyaklar va miya uchun koni foydadir.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 1 Sep 2018, 13:54
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 202 (0/202)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru