Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Lark.ruda CSS da ishlash!
Lark.ru da CSS orqali ishlash! Agar siz lark.ru konstruktorida sayt ochgan bo’lsangiz demak birinchi qadamni tashlabsiz. Endi sizni eng qiyin ishlar kutib turibdi. Saytni dizayn qilish bu g’irt bosh og’rug’i desa ham bo’ladi. Ha do’stlar gapimga ishonavering. Men bu narsani tushunish uchun ancha ter to’kkandim. Albatta u vaqtda menga tushuntiradigan odamning o’zi bo’lmagan. Shuning uchun ham sizga buni iloji boricha siz tushunadigan tilda yozib chiqarishga harakat qildim. CSS – bu saytni dizayn ishlarini boshqaradigan dastur desa ham buladi. U orqali siz saytingizni alohida hech kamnikiga o’xshamagan qilib dizaynlashtirishingiz mumkin. Saytingiz uchun tayyor shablonni osongina o’rnatib qo’yishingiz ham mumkin lekin bu sizni mehnatingizga tayyorlangan dizaynga baribir yetmaydi. CSS ni redaktor qilish uchun redaktorga kirsangiz usha yerda “css” degan papka bor. Uni ichida style.css deb nomlangan fayl bor. Sayt ochganizda lark.ru adminstratorlari tomonidan avtamatik tarzda qo’shib beriladi. Uni ichiga kirish uchun eng yuqorida turgan “redaktrirovat” degan ssilka orqali kiring. Kirganizda boshida “telo stranitsi” degan yozuv bo’ladi. Uni ma’nosi saytizni foni degani. Masalan mana meni ya’ni antakiya.lark.ru saytining foni e’tibor bergan bo’lsangiz ko’k gulsimon rasm qo’yilgan. Keyin masalan siz saytizni fonini masalan qizil qilmoqchi bo’lsangiz “telo stranitsi”ga kirasiz. Undan so’ng ichida 3ta qator paydo bo’ladi. 1. “Granitsa”. Bunga tegmaganiz ma’qulroq chunki u saytni chiroyini buzib qo’yishi mumkin. 2. “Fon i fonovaya kartinka”. Bunga kiring! Uni ichida 1- qatorda turganga rang qanaqa bo’lishi kerak ekani yoziladi. Buni ingliz tilida yoki ruschada yozish mumkin. Men sizga ingliz tilini tavsiya etaman. Chunki u ancha qulayroq. Xullas usha qatorga “red” deb yozasiz. Keyin eng tagida “soxranit” tugmasi bor, ushani bosasiz. 3. “Tsvet shrifta” bu yozuvni rangini, o’tkir yoki hiraligini va katta kichikligini belgilaydigan bo’lim. Buni to’ldirish ham huddi 2- qatordagiga o’xshab ketadi. Hammasini to’ldirib bo’lgandan so’ng “soxranit” qilib chiqing. Shundan so’ng foningiz rangi qizil bo’ladi. Men ba’zi terminlarni ruscha yozib o’tirmadim buni sizga qulay bo’lsin deb qildim. Aybga buyurmaysiz. CSS orqali siz “Mexmonxona”ni, “Chat”ni, “Sayt yangiliklari”ni “Qayta aloqa” kabi servislarni ham o’zingiz hohlagan dizaynda o’rnatishingiz mumkin. Bu haqda keyingi maslahatlarimda yozaman. Saytimizga kirib turing! Bu yerda siz uchun ajoyib “Maslahatlar” bor! Do’stlaringizni ham ayting. Hammaga omad tilayman!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 3 Sep 2018, 15:10
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 13 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 165 (0/165)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru