Bloglar | Psixologiya | Hayotingizni osonlashtiruvchi psixologik usullar
1. Bir guruh odamlar kulganida, har kim beixtiyor o‘ziga yoqqan yoki yaqin olishni istagan kishisiga qaraydi. 2. Agar asabiylashib turganingizda muhim vazifa topshirib qolishsa, saqich chaynang. Chunki inson miyasi taom tanovul qilish chog‘ida tinchlanadi. 3. Boshliq sizga baqirganida indamay turing. Bu bilan balki biror yutuqqa erisha olmassiz. Ammo bir muddat o‘tgach u qilgan ishi uchun o‘zini ayblay boshlaydi. 4. Suhbatdoshingizning javobi sizni qoniqtirmayaptimi? Unda savolingizni qayta-qayta so‘rashga shoshilmang. Yaxshisi uning ko‘ziga qarab, jim turavering. Shunda u suhbatni davom ettirishga majbur bo‘ladi. 5. Agar kun bo‘yi turli mijozlar bilan ishlashingizga to‘g‘ri kelsa, stulingiz orqasiga ko‘zgu qo‘yib oling. Ishonavering, ko‘pgina mijozlaringiz bundan ancha muloyim tortib qolishadi. Axir hech kim o‘zining badjahl va asabiy aksini ko‘rishni istamaydida. 6. Agar majlisda sizni tanqid qilishlarini kutayotgan bo‘lsangiz, imkon qadar tanqidchingizning yaqiniga o‘tirishga harakat qiling. Shunda u biroz «yumshab», engilroq munosabatda bo‘ladi. 7. Muhim uchrashuvdan avval suhbatdoshingizni o‘zingizga qadrdon kishidek, yuz yillik tanishingizdek tasavvur qilib ko‘ring. Shunda uchrashuvda ancha erkin bo‘lib, kamroq hayajonga berilasiz. 8. Og‘zaki nutqda «menimcha», «nazarimda» degan so‘zlardan imkon qadar kamroq foydalanishga harakat qiling. Aks holda, suhbatdoshingizda o‘ziga ishonmayotgan kishidek taassurot uyg‘otasiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Sep 2018, 20:32
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 9 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 227 (0/227)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru