Bloglar | Sayt yaratish bo'yicha | HTML nima? (Boshlang'ich kurs)
HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til. Web-sahifalar HTML tilida yoziladi. HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassisTim Bernars Litomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari "<" va ">" belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb ataladi. Masalan, <html> yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi.
Demak, HTML - oddiy matn muharririda deskriptorlardan foydalanib yoziladigan til. HTML-hujjat deskriptorlar qo`llanilgan HTML matnli fayl bo`lib, u web-sahifani tashkil etadi. HTML-hujjat fayli nomining kengaytmasi "html" bo`ladi, ayrim hollarda "htm" ko`rinishida ham saqlanishi mumkin. HTML-hujjatni web-brouzerlar yordamida hotiraga yuklansa, u ekranga web-sahifa ko`rinishida chiqadi.
HTML tili (muntazam) muttasil rivojlanib bormoqda. O`z navbatida web-brouzerlar ham yangilanib turilibdi. Hozirgi kunda web-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML.4 tilidan foydalaniladi. Uning ba`zi buyruqlarini eski web-brouzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli web-brouzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli web-brouzerlarda bir oz farq bilan aks etishi mumkin.HTML da sayt yaratishda asosiy qoidalarga albatta e'tibor berish lozim. Sahifalar 2 qismga bo'linadi. Bosh qismi (HEAD) va tana qismi (BODY).
HEAD qismida siz ishlayotgan sahifaning SARLAVHAsi, uning METAsi, STILlari ga oid teglar saqlanadi.
BODY qismida esa asosiy ma'lumotlar, ya'ni siz sayt orqali ko'rsatib bermoqchi bo'lgan ma'lumotlar, rasmlar, musiqiy fayllar va shu kabi fayllarni brauzer ekranida namoyish etish uchun beriladigan buyruq teglari joylashadi.
HTML teglarining yozilishini asosiy qoidasi bor ular albatta < va > belgilari orasiga olib yoziladi.
Misol tariqasida < head > Ma'lumotlar < /head > ko'rinishida yozish mumkin. E'tibor bersangiz TEG larni yozishda biz tegni ochdik < head > va ma'lumotlarni kiritib < /head > tegi bilan yopdik. Demak teglar ochiladi va odatda / belgisi bilan yopiladi. Aynan ana shu buyruqlar berilmay qolsa ham siz kutgan natija chiqmasligi mumkin.
Umuman < D > ko'rinishdagi deskriptor uchun < /D > deskriptori mavjud bo'lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi. Shuningdek, bir qancha teglar mavjudki, ular boshlangan joyida tugaydi. Masalan, qator tashlash uchun ishlatiladigan teg - <br />, rasm qo'yish uchun ishlatiladigan - <img src="" alt=""/>
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 10 May 2018, 08:51
Muallif: @Ashurov (54)
Raxmat aytishgan: 7 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 21 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 209 (0/209)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru