Bloglar | Avtomobillar | GM UzB Captiva o'rniga nima ishlab chiqadi?
Kuni kecha GM Uzbekistan Captiva modelini ishlab chiqarish to'xtatilishi haqidagi xabarlarni rasman tarqatdi. Haqiqatdan ham 11 yil oldin bozorga chiqarilgan ushbu avtomobilning "pensiyaga" chiqish vaqti ham kelgandir. Bugun hech qandan avtomobil konveyerda buncha uzoq "yashamaydi". Xo'sh, biz ushbu avtomobil haqida yana nimalarni bilamiz?
Chevrolet Captiva O'zbekiston bozorida rasman sotilgan birinchi krossover bo'ldi, deb yozmoqda Sputnik nashri.
*Krossover so'zi – asli musiqa sohasiga tegishli so'z bo'lib, turli janrdagi musiqalarning aralashmasini anglatadi. Avtomobillar sohasida esa bu o'ziga xos o'xshatish bo'lib, yo'ltanlamas avtomobillarning ma'lum xususiyatlarini hamda u engil avtomobilning qulayligini o'zida mujassam qilgan avtomobil ma'nosida ishlatiladi.
2000 yillar boshlarida dastlab AQShda so'ngra Evropa mamlakatlarida krossoverlar bozori ildam o'sib bordi. Ko'pchillik odatiy sedan yoki xetchbeklar o'rniga ulardan ko'ra klirensi balandroq, lekin shaharda foydalanishga qo'ylay bo'lgan, universal avtomobillarni xush ko'ra boshladi.
Kaptiva ham GM kompaniyasi tomonidan aynan ana shunday avtomobil – zamon va bozor talablariga javob beradigan krosover sifatida yaratilgan edi.
*Captiva - bu AQShning Florida shtatida joylashgan bir orolning nomidir. Kaptivada bir necha plyaj va dam olish maskanlari joylashgan. Quyida Kaptiva orolidan bir necha fotosuratlar tomosha qilishingiz mumkin.
Chevrolet kompaniyasi uchun o'z avtomobillarini Amerika qit'asida joylashgan turli joylarining nomlari bilan atash - bu o'ziga xos bir odatga aylangan. Masalan Tahoe, Malibu, Colorado, El Camino, Orlando va boshqalar.
Chevrolet Captiva – avtomobilsozlik tarixida muhim ahamiyatga ega bo'lgan avtomobil. Nega deganda ushbu avtomobil GM kontsernining ma'lum bir bozor uchun emas, balkim butun dunyoda sotish uchun mo'ljallangan birinchi global modeli bo'ldi.
Chevrolet Captiva dunyoning turli burchaklarida Opel Antara, Vauxhall Antara, Daewoo Winstorm, Holden Captivani nomlari bilan sotuvga chiqarilgan. Hamma joyda ham ushbu avtomobil muvaffaqiyatli sotilgan deya olmaymiz.
O'zbekistonda xaridorlar Kaptiva uchun oylab navbatda turgan, millionlab “shapka” to'lagan vaqtlarda AQShda Captiva umuman muvaffaqiyat qozona olmagan va aksincha bir necha bor “eng kam sotilgan krossover” yoki “eng muvaffaqiyatsiz model” degan nomlarni olgan. Avstraliyada Holden Captiva hatto eng sharmandali import avtomobillari ro'yxatiga ham tushib qolgan.
2007 yilda O'zbekistonda Captiva krossoverlar bozoriga kirib kelgan eng birnchi avtomobillardan biri edi. Boshqa krossoverlarga nisbatan Kaptiva kattaroq bo'lib u 3 qator joylashgan o'rindiqlar bilan ham jihozlanishi mumkin edi.
Shuningdek uning klassik uslubdagi “vazmin” dizayni turli toifadagi yosh va qari hamda ayol va erkak mizojlar didiga mos edi. 2009 yilda kaptiva yangilanib yanada xaridorgir bo'ldi. Shu sababli Captiva O'zbekiston bozorida o'n minglab xaridorlarini topdi.
Ko'pchillik kaptivaning tejamkor emasligidan afsuslanadi. Avtomobil 100 km masofaga 14-18 litr yonilg'i yoqadi. Zamonaviy krossoverlarda ushbu ko'rsatgich 9 – 9,5 litrni tashkil qilmoqda.
Avtomobil eksperti va avtojurnalist Aleksandr Dobin fikriga ko'ra, Captiva bir necha yil oldin narx/sifat xususiyati bo'yicha yaxshi avtomobil bo'lgan. Lekin bugungi kunda ushbu avtomobil krossoverlar bozoridagi raqobatga dosh bera olmaydi.
Chunki ayni damda krossoverlar bozorda eng katta raqobat mavjud desak xato bo'lmaydi. Bugun har bir brend 2 tadan 5 tagacha turli o'lchamlardagi krossoverlarni bozorga chiqargan. Undan tashqari ushbu avtombillarning tejamkorligi xavfsizligi ham ancha oshgan. Albatta, avtomobillar dizayn ham bir joyda turmaydi. Shuning uchun ham Kaptiva uchun bozorni tark etish vaqti kelgan.


Xo'sh Kaptiva o'rniga nima keladi?


GM kompaniyasi Kaptiva o'rniga qanday avtomobil ishlab chiqarilishi hozircha ma'lum qilgani yo'q. Ko'pchillikda, yaqinda Jizzax forumida ommaga namoyish qilingan Chevrolet Tracker Kaptivaning o'rniga keladi degan fikrga borishi mumkin, lekin bu noto'g'ri. Chunki Tracker Kaptivadan ancha kichik bo'lib u kompakt krossoverlar sinfiga kiradi.
Amerika bozorida Chevrolet kompaniyasi Kaptiva o'rnida Equinox modelini savdoga chiqargan. Ayni damda Equinox Kanadaning Ontario shahrida ishlab chiqariladi. Kompaniyaning global bozorlardagi modellari amerika bozorida sotilayotgan modellarga yil sayin ko'proq uxshab borayotganligini hisobga olganda aynan Chevrolet Equinoxni Koreya yoki O'zbekistonda ishlab chiqarish yo'lga qo'yilishi mumkin, Chevrolet Malibu kabi.
Nima bo'lganda ham Janubiy Koreyada Captiva o'rniga aynan Chevrolet Equinox sotilmoqda. Ushbu fakt bizning ishonchimizga yanada ko'proq ishonch qo'shdi. Quyida Equinox'ning fotosuratini keltiramiz.
Biriktirilgan fayllar
7671536789162.jpg
O'lchami: 3.96KB
Formati: .jpg
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 13 Sep 2018, 02:51
Muallif: @RM_FANAT (28)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 1 ta
Ko'rilgan: 12 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 146 (0/146)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru