Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Yog‘li oziq-ovqatlarni yeb ozish mumkinmi?
«Yog‘larni yeng va ozing» (Eat Fat, Get Thin) kitobining muallifi doktor Mark Xayman ozish uchun albatta yog‘li oziq-ovqat iste’mol qilish kerakligiga ishonchi komil. Uning fikricha, to‘g‘ri ovqatlanishning 5 ta asosiy qoidalari mavjud bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi aynan tarkibida yetarli miqdorda yog‘lar bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishga asoslangan.
Sabzavotlar — ovqatning asosi
Xayman parhezida ovqatning 70—80 foizi sabzavotlar, donlar, dukkaklilar va mevalardan iborat bo‘lishi lozimligi ko‘zda tutilgan.
O‘zingiz bilan yong‘oq va pista olib yuring
Muallifning aytishicha, sayohatlar vaqtida boshqa zararli mahsulotlarni yeb qo‘ymaslik uchun doimo o‘zi bilan paketchada yong‘oq olib yurar ekan. «Yog‘ va oqsil — mening tamaddim», — deydi u.
Saryog‘ va margarin o‘rniga — zaytun yog‘i
Zaytun yog‘i yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuningdek, ba’zi tekshirishlar xolesterinning umumiy miqdorini ham kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Zaytun yog‘i boshqa o‘simlik yog‘lari singari yetarlicha kaloriyali bo‘lgani uchun uni bemalol saryog‘ va margarinning o‘rniga ishlatish mumkin.
Steyk o‘rnida — yog‘li baliqlar
Lososь, makrelь va forelь kabi yog‘li baliqlar — Omyega-3 yog‘ kislotasiga juda boy. Omega-3ni organizmning o‘zi ishlab chiqarmaydi va u iste’mol qilingan oziq-ovqatlardan olinadi. Inson organizmi uchun uning ahamiyati juda muhim bo‘lib, hatto yurak xastaligi va insulьtning oldini ham oladi.
Oq non va guruchni kamroq iste’mol qiling
Tozalangan uglevodlar yuqori bo‘lgan va butun donlar past bo‘lgan parhez sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 2 Oct 2018, 15:38
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 149 (0/149)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru