Bloglar | Taom retseplari | 3 qavatli rulet
Zarur masalliqlar: qiyma uchun: 800 gr. mol go`shti qiymasi, yarim bosh piyoz, 1 dona tuxum, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq non tolqoni, tuz, murch; ichiga solishga: 200 gr. tuzlangan qo`ziqorin, yarim bosh piyoz, 1–2 bo`lak brokkoli, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq non tolqoni, o`simlik yog`i, tuz, murch; quymoq uchun: 3 dona tuxum, o`simlik yog`i, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Avvalo go`sht qiymasiga maydalangan piyoz va sarimsoqpiyoz, tuxum, non tolqoni, tuz va murchni qo`shib, yaxshilab aralashtiring.
2. Tuxumga tuz qo`shib, engil ko`pirtiring-da, ozgina o`simlik yog`i solib qizdirilgan kattaroq tovada pishirib oling.
3. Tuzlangan qo`ziqorin va piyozni maydalab to`g`rab, o`simlik yog`ida qovuring. Brokkoli gullarini 3 daqiqa tuzli suvda qaynatib olib, so`ngra maydalab to`g`rang-da, qo`ziqoringa qo`shing. Tuxum, tuz va non tolqonini qo`shishni µam unutmang.
4. Zar qog`ozni gaz patnisi ustiga joylang-da, go`shtli qiymanisoling. 2 sm. qalinlikda yoyib, yarim oy shaklida bo`lingan quymoqlarni bir tomoniga qo`ying.
5. Ustidan qo`ziqorinli qiymani solib, rulet shaklida o`raysiz. Zar qog`ozning ikki tomonini yaxshilab yoping. Ruletimiz 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqada pishadi. Ammo belgilangan vaqt o`tgach zar qog`ozni ochib, rulet ustiga ziravorlardan sepib, yana 10 daqiqa gaz pechida qoldirishingiz mumkin.
6 kishilik
1 soatu 40 daqiqa
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 4 Oct 2018, 07:46
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 157 (0/157)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru