Bloglar | Taom retseplari | Olchali shirinlik kayfiyatingizni ko`taradi!
Zarur masalliqlar: korj uchun: 1,5 stakan un, 180 gr. shakar, 50 gr. sariyog`, 5 dona tuxum, 3 dona banan, 2 choy qoshiq vanilin, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; krem uchun: 300 gr. olcha mevasi, 250 ml. qaymoq, 100 gr. oq shokolad, 3 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq vanilinli shakar.
Tayyorlanishi: 1. Tuxumni shakar bilan ko`pirtiring. Vanilin, xamiryumshatgich, xona haroratida yumshatilgan sariyog` va tuzni qo`shing.
2. Bananni yaxshilab ezib, tuxumli aralashmaga soling.
3. Endi un qo`shib, smetana quyuqligida xamir tayyorlaymiz. Xamirni yog`langan gaz patnisiga soling. Qalinligi 1 sm.dan ortiq bo`lmasin. So`ngra 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo`ying.
4. Olcha mevasiga vanilin va shakar solib, qaynatib oling. Murabbo sovigach, ko`pirtirilgan qaymoq bilan aralashtirib, maydalangan oq shokoladni qo`shing.
5. Pishgan korjni o`zingiz istagan kattalikda to`rburburkchak shakllarga bo`lib, o`rtasiga kremdan surting-da, 3 qavat qilib yopishtiring. Yuzi va atroflariga ham kremdan surtib, 2 soatga muzlatkigcha qo`ying.
2 soat
6 kishilik
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Oct 2018, 11:34
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 192 (0/192)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru