Bloglar | Taom retseplari | Pishiriq, salat va taom tayyorlash
1. Biskvit tayyorlash uchun tuxum oqini ko`pirtirishdan oldin bir chimdim tuz qo`shib yuboring. Shunda tuxum osonroq ko`piradi.
2. Pishiriq uchun bize tayyorlash kerak bo`lsa, tuxumlarni 30 daqiqa sovuq suvga solib qo`ying. Bu tariqa tuxum oqini sarig`idan ajratish osonroq bo`ladi.
3. Suyuq taom pishirayotganingizda tuzni ko`p qo`shib yubordingiz. Xo`sh, endi nima qilasiz? Suv qo`shib, ta`mini buzmang, yaxshisi, bir siqim guruch soling. Guruch ortiqcha tuzni o`ziga singdirib oladi.
4. Taomni aralashtirish ham bir san`at! Ishonmaysizmi? Ovqat pishirayotganda taomni soat aylanasi bo`ylab, aralashtirishga odatlaning. Shunda barcha masalliqlar bir maromda «o`girilib» mazasi yaxshilanadi.
5. Ovqatga dafna bargini solsangiz, uzoq muddatga qoldirmang. Ayniqsa, qovurma taomlarda juda ziyrak bo`lish kerak. Chunki dafna bargi taom ta`mini tahirroq qilib qo`yadi.
6. Quritilgan sarimsoqli ziravorni taom pishishiga yaqin qo`shish kerak. Yo`qsa, ziravor ta`mi sezilmay qoladi.
7. Qaynatilagan kartoshka pishishiga yaqin 1 osh qoshiq limon sharbatini qo`shib yuboring. Ta`mi juda xushxo`r va mayin bo`ladi.
8. Nonushtaga quymoq tayyorlayotgan bo`lsangiz, xamiriga ozroq xamirturushdan qo`shing. Quymoqlar engilgina ko`tarilib pishadi.
9. Krab tayoqchalaridan tayyorlanadigan salatga tuz qo`shish shart emas. Dengiz mahsulotining tuzi me`yorida bo`lib, salatga ham etarlicha ta`m beradi.
10. Dudlangan go`sht yoki kolbasadan tayyorlanadigan salatlarga bodring yoki salat bargi qo`shilgani ma`qul. Shunda tuzlilik darajasi to`g`ri taqsimlanadi.
11. Mevali salatga pishloq qo`shib ko`rganmisiz?! Albatta, sinab ko`ring. Mevalarning shirin ta`mi va pishloqdagi sho`rtanlik bir-biri bilan mos keladi. Iste`mol qilinganida antiqa mazani his etasiz.
12. Pishloq va brinzani to`g`rashga qiynalayotgan bo`lsangiz, pichoqni suvda namlab, so`ng ishlating. Shunda pishloq ham, brinza ham oson va kerakli shaklda kesiladi.
13. Salat uchun go`sht qaynatgandingiz. Mo`ljalga salgina adashdingiz chog`i, yarmi ortib qoldi. Bir-ikki kun sifatini yo`qotmay saqlanishi uchun go`shtni zar qog`ozga o`rab, so`ng yahxonaga qo`ying. Foydalanishdan 1 soat oldin xona haroratida asliga qaytadi.
14. Harid qilingan tvorogning ta`mi ertasigayoq o`zgarib qolgan bo`lsa, tashlab yuborishga shoshilmang. Yaxshisi mayiz, ikki dona tuxum, yarim stakan shakar, xamiryumshatgich va un qo`shing-da, pechene pishiring.
15. Mehmonjonlar quruq qo`l bilan kelmay deb, muzqaymoq olib kelishdiyu, yaxxona shirinlik bilan to`ldi. Shuu-u-unchasini eb tugatolmaysizku?! Yaxshisi, muzqaymoqlarni eritib, kokteyl tayyorlang. Yoki mevalar bilan aralashtirib, salat qiling.
16. Lavash xamiri sellofanidan olinganidan so`ng ishlatilmasa, qotib qolishini bilasiz. Shunday bo`lmasligi uchun kerakligini oling-da, qolganini zichlab sellofanga solib qo`ying.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Oct 2018, 11:42
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 223 (0/223)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru