Bloglar | Taom retseplari | Tuxumsiz tayyorlanadi
Yarim soat ichida nonushta yoki yengil tamaddi uchun yumshoq, yengil, parhezli mevali kekslar tayyorlash mumkin.
Tuxumsiz tayyorlanadigan kekslar retsepti
Masalliqlar:
200 g un;
120 g shakar;
10 g vanilli shakar;
50 g shakar upasi;
3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i;
10 g yumshatuvchi (razrixlitel);
100 g klyukva;
1 ch. qoshiq limon qobig‘i;
bir chimdim tuz;
150 ml suv.
Tayyorlanishi:
Quruq masalliqlarni idishga solib aralashtiring: elangan un, tuz, shakar, vanilli shakar, yumshatuvchi va limon qobig‘i.
Qo‘shayotgan mevalar shirinligiga qarab shakar miqdorini to‘g‘rilang.
Isiq suvga o‘simlik yog‘ini qo‘shing, chayqating, idishga quying va xamirni yumaloqchalari tarqalguncha yaxshilab qorishtiring.
Xamirga klyukvani qo‘shing va mevalarni ezib yubormaslik uchun ehtiyotkorlik bilan aralashtiring. Agar siz mayiz qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi uni oldindan 20 daqiqa ivitib qo‘ying.
Kekslar uchun formalarni o‘simlik yog‘i bilan moylang, ular balandligining 3/4 qismini xamir bilan to‘ldiring, chunki pishish jarayonida kekslar ko‘tariladi. Kekslarni 200 darajagacha qizdirilgan duxovkaga 20 daqiqaga qo‘ying. Kekslar tayyor bo‘lganini yog‘och cho‘p yordamida tekshirish mumkin: agar u quruq bo‘lsa — kekslar tayyor.
Kekslarni biroz soviting, ularni formalardan chiqaring, shakar upasi seping va mevalar bilan bezating.
Yoqimli ishtaha!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Oct 2018, 11:45
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 166 (0/166)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru