Bloglar | Taom retseplari | Kartoshkadan 4 xil ajoyib salat
Hamma uchun qadrdon bo‘lgan kartoshka dasturxoningizdagi o‘ziga xos sovuq gazaklar uchun ajoyib asos bo‘lishi mumkin.
Piyoz bilan kartoshkali salat
Besh dona yangi kartoshkani po‘sti bilan qaynating, arching, kubik shaklida to‘g‘rang. Ikki dona qaynatilgan tuxumni ham xuddi shunday to‘g‘raymiz, bir bog‘ ko‘k piyozni mayda qilib to‘g‘raymiz. Bir osh qoshiq limon sharbati va ikki osh qoshiq o‘simlik yog‘i qo‘shamiz. Ta’bga ko‘ra tuz sepamiz.
Bodring bilan kartoshkali salat
Uch dona kartoshkani po‘sti bilan duxovkada pishiramiz. Tozalaymiz, somon shaklida to‘g‘raymiz. Somon shaklida to‘g‘ralgan ikki dona tuzlangan bodringni va mayda halqa qilib to‘g‘ralgan bir bosh piyozni qo‘shamiz. Yirik qirg‘ichda qirilgan bitta katta olmani ham qo‘shamiz, bir osh qoshiq bodring yog‘i va ikki osh qoshiq o‘simlik yog‘ini aralashtiramiz.
Olma bilan kartoshkali salat
10 dona yangi kartoshkani po‘sti bilan qaynatamiz, sovitamiz, bo‘lak-bo‘lak qilib kesamiz. Ikki dona ivitilgan olmalarni yupqa qilib kesamiz, uch osh qoshiq konservalangan yashil no‘xat donalarini qo‘shamiz. Shivitni va ikki dasta kashnichni mayda qilib to‘g‘raymiz, aralashtiramiz, qaymoq qo‘shamiz.
Lavlagi bilan kartoshkali salat
Duxovkada yoki mikroto‘lqinli pechda 5 dona kartoshkani va 3 dona o‘rtacha kattalikdagi lavlagini po‘sti bilan pishiramiz. Sovitamiz, tozalaymiz, mayda kubikcha shaklida to‘g‘raymiz. Yarim piyola qaynatilgan oq loviya qo‘shamiz. Yarimta shirin bulg‘or qalampirini mayda to‘g‘raymiz va kartoshkaga solamiz, ikkinchi yarmini halqa qilib to‘g‘raymiz. 1 ch.q. o‘simlik yog‘i, 1 ch.q. sirka va1 ch.q. xantallarni o‘zaro aralashtirib salatga qo‘shamiz. Ustini shirin bulg‘or qalampiri halqalari bilan bezatamiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 6 Oct 2018, 11:50
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 6 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 208 (0/208)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru