Bloglar | Taom retseplari | Zar qog`ozdagi kartoshka
Zarur masalliqlar: (6 kishilik) 10 ta o`rtacha kattalikdagi kartoshka, 12 bo`lak mol go`shti (yupqa qilib to`g`ralgan), 4 bo`lak sarimsoq piyoz, yarim stakan zaytun yog`i, tuz, maydalangan qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Sarimsoq piyozni qirg`ichning mayda tomonidan chiqarib, ozgina tuz bilan birga zaytun yog`iga qo`shing.
2. Kartoshkalarni yaxshilab yuvib, po`stini artmasdan 1 sm. qalinlikda aylana shaklda to`g`rang. Ustidan zaytun yog`li sousni soling.
3. Zar qog`oz (folga)ga kartoshkalarni terib chiqib, o`rtasiga tuz va murch sepilgan go`sht bo`laklarini joylashtiring. Keyin zar qog`ozni mahkam o`rab, patnisga yarim stakan suv soling-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga yarim soatga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 7 Oct 2018, 05:41
Muallif: @Nodirali (46)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 218 (0/218)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru