Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Google qidiruv tizimini ishlatishning 10 ta usuli
Biz yashayotgan axborot asri va internet tezligida istalgan ma`lumotni topish mumkin. Bir necha daqiqalar ichida shirin va mazali pirogning resepti bilan tanishish yoki ilmiy ma`lumotlardan boxabar bo`lish mumkin.Biroq aksariyat hollarda kerakli ma`lumotni aynan o`zini emas, boshqa muqobillarini topib,bizga keraklisini esa undan belgilaymiz. Bunga esa uzoqroq vaqt ketadi.Quyida kerakli ma`lumotlarni bir necha soniyada topish imkonini beruvchi usullarni sanab o`tamiz. 1. Bu yoki boshqasi Ba`zan kimdandir eshitgan ism- sharifni yoki ma`lumotni to`g`ri eslab qololmaymiz. Muammo yo`q! Shunchaki bir necha variantlarni inglizcha “ or” yoki «|» belgisi bilan kiriting. 2. Sinonimlar bo`yicha qidiruv Qidiruv tizimining bu imkoniyati ham vaqtingizni ancha tejaydi. Bir mavzuga doir ma`lumotlar va shu mavzuga doir boshqa saytlarni tezda topishni istasangiz «~» belgisidan foydalaning.Masalan, sog`lom~ovqatlanish, deb qidiruv tugmasini bossangiz, u bilan birga sog`lom ovqatlanishga doir tavsiyalar, foydali reseptlar ham chiqadi. 3. Sayt ichida qidiruv Ba`zan biron saytda qiziq ma`lumot yoki maqola o`qiymiz, bir muddat o`tganidan so`nguni do`stlarimiz bilan bo`lishishni istaymiz.Shunday paytda sayt ichida qidiruv sizga yordamga keladi. Buning uchun esa dastlab saytmanzili va so`ng bizga aynan kerak bo`lgan ibora yoki so`zlarni kiritamiz. 4. “Yulduzcha” kuchi Xotiramiz bizga pand berib, sevimli iboramizdagi biror so`z yoki raqam yodimizdanko`tarilganida «*» belgisi yordam beradi. Shunchaki, so`z birikmasidagi esingizdan chiqibqolgan so`z o`rniga uni qo`ying va kerakli natijaga ega bo`ling. 5. Iboraning yarmi esdan chiqqanda Agar iboradagi birorta so`z emas, uning yarmi esingizdan chiqan bo`lsachi? Buning ham imkoni bor! Birinchi va oxirgi so`zni yozing ularning o`rtasiga AROUND(tushib qolgan so`zlarning taxminiy soni) Misol uchun, “Men sizni AROUND(7) emas..” 6. Tarixiy ma`lumotlarni bilish Ba`zan bizga ma`lum tarixiy muddat oralig`idaro`y bergan hodisalar haqidagi ma`lumotlar kerak bo`lib qoladi. Mazkur ma`lumotlarni topish uchun asosiy iboraga taxminiy yillarni orasiga 3 nuqta bilan yozib chiqing. Masalan, 1900-2000 yillar oralig`ida qanday ilmiy kashfiyotlar qilinganini bilish uchun ularning orasiga 3 nuqta qo`yib qidiruv tugmasini bosishkerak. 7. Nom va manba bo`yicha qidiruv Maqola sarlavhasidagi asosiy so`zni tezda topish uchun — «intitle:» so`zini kiriting. Manbadagi biror so`zni topish uchun esa — «inurl:» so`zini kiriting. 8. O`xshash saytlar Agar biror sayt sizga yoqqan bo`lsa, xuddi shu saytga o`xshash muqobillarini ham topishingiz mumkin. Buning uchun sayt manzilidan avval «related:» so`zini kiriting. 9. Bir butun ibora Sizga kerakli iborani istaganingizdek topishning eng qulay usuli. Buning uchun sizga kerakli so`zbirikmasi yoki iborani qo`shtirnoqqa olib yozing. Bunda qidiruv tizimi siz kiritgan iborani xuddi shunday ketma-ketlikda topib beradi. 10. Keraksiz terminlar Bizga kerakli ma`lumotlardagi keraksiz terminlardan xalos bo`lishning ham yo`li bor! Shunchakki ulardan oldin minus ya`ni chiziqchaqo`ying. Masalan sizga qiziqarli kitoblar ro`yxati kerak, biroq siz ularni sotib olmoqchi emassiz. Sotib olish so`zidan avval minus belgisini qo`ying.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 9 Oct 2018, 15:30
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 11 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 192 (0/192)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru