Bloglar | Sayt yaratish bo'yicha | Xosting va Konstruktorni farqi
Ko'pchilik boshlovchi masterlar konstruktor bilan xostingni farqini bilishmaydi. Ular uchun atalgan ushbu alohida mavzu ularga bag'ishlanadi. Konstruktor - bu huddi bankovskiy domga o'xshaydi. Xamma narsasi tayyor faqat o'zingiz hohlagandek qilib bezata olasiz xolos. Xosting esa xuddi dala hovliga o'xshaydi pulingizga qarab hajmi kattalashaveradi. Ya'ni uni o'zingiz hohlagandek qilib ham qura olasiz ham yasata olasiz. Umuman aytganda xosting bu saytingiz uchun uy desa ham bo'ladi. Konstruktorlarni ba'zi bir cheklovlari mavjud. Masalan konstruktorlarda mysql, php, .htaccess degan narsalarni umuman qo'llamaydi. Xosting bo'lsa bularni hammasini qo'llaydi shuning uchun xostinglar bepul bo'lmaydi. Bepul bo'lsaham uni ham ba'zi cheklovlari bo'ladi Masalan: Biz.uz da phpdagi serverga katta nagruzka beradigan lekin eng muhim funksiyalar o'chirib qo'yilgan. Bularga misol qilib mail() va copy() funksiyasi o'chirilgan. cURL ham ba'zida ishlamaydi. endi konstruktorlarga to'xtalsak. Konstruktor bu tayyor sayt siz faqat uni boshqarasiz. Unga o'zingiz hohlagandek qilib bezata olmaysiz. Albatta o'zingizga yoqgan sayt stilini qo'yarsiz lekin kunlar o'tib kutubxona o'rnatmoqchi bo'lsangiz, uni htmlda tuzib yozib keyin saytga yuklaysiz. Xostingda bo'lsa tayyor skriptni olib saytga o'rnatasiz. Umuman olganda har bir boshlovchi master albatta konstruktorlardan boshlashi kerak. Axir zinani 5-6 tasini bittada sakrab o'tib ketmaysizku. Sayt ochishni endi boshlaganlar uchun wen.ru konstruktorini maslahat beraman, i har doim ishonchni oqlagan. Menincha eng zo'r wap konstruktor. Interfeysi ham tushunarsiz emas. Faqat wen.ru ni ham ba'zi bir cheklovlari bor, wen.ru da ochilgan saytga domen ulab bo'lmaydi. chunki uni dns lari yo'q. Domen va DNS to'g'risida: Domen - 1. Tarmoq ichida umumiy qoidalar va tartibotlar asosida yaxlit shaklda idora etiluvchi kompyuterlar va qurilmalar guruhi. Internet tarmog`ida domen IP manzil bilan belgilanadi.2. Ikki nuqta orasidagi domen manzili qismi. Chekka o`ng tomondagi domen yuqori pog`ona domeni bo`ladi. Masalan, www.mves.gov.uz - 3-pog`ona domeni; mves.gov.uz - 2- pog`ona domeni; gov.uz - 1- pog`ona domeni; uz - 0- pog`ona domeni. Shunday qilib, yuqori pog`ona domenlari shajarasi tashkil bo`ladi: yuqori pog`ona uz (O`zbekiston) domeni, o`z ichiga olgan gov (hukumat) domeni, uni o`z ichiga olgan mves (Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi) va uni o`z ichiga olgan www (www serveri). Nolinchi pog`ona domenlari har doim tarmoq nomlarini bildiradi. Nol pog`ona domenlari – xalqaro shartnomalar predmeti. 1chi va undan yuqori pog`ona domenlarini taqsimlash vakolatli tashkilotlar va provayderlar tomonidan amalga oshiriladi.3. Ma’lumotlar bazalari texnologiyalarida domen atributning mumkin bo`lgan qiymatlari tavsifidir. DNS bo'lsa bu domen nomi ya'ni Domain Name Service. Domen nomlar tizimiga binoan kompyuter tarmog`i bog`lamasiga berilgan noyob belgili nom. Internet tarmog`ida bu doimiy IP-manzilga ega bo`lgan qurilma nomidir. Odatda u bog`lamaning umumiy joylashishini belgilaydi. Har bir domen nomi tarmoqda ro`yxatdan o`tkazilib, alohida kompyuter yoki funksional guruh (domen)ga birlashtirilgan identifikator bo`lib xizmat qiladi. wen.ru bilan raqobatlashadigan yana bir konstruktor ham bor. Bu konstruktor kmx.ru konstruktoridir. Unda menimcha hech qanday cheklov yo'q. Faqat domenlar kam, faqat kmx.ru domeni. Lekin unda domen ulasa bo'ladi. Saytingiz uchun cheksiz hajmda joy. Shaxsiy 404 xatolik sahifasi. Hullas bu konstruktor ham chakkimas. WEB konstruktorlardan bo'lsa eng mashxuri bu UcoZ bo'lsa kerak. Judayam ko'p shablonlar asortimenti, hamma servizlari ichida. Agar kompingiz bo'lsa va siz php dan bilimga ega bo'lmasangiz shu bilan birga web sayt ochmoqchi bo'lsangiz bu aynan siz uchun.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 9 Oct 2018, 15:32
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 14 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 192 (0/192)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru