Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Youtube haqida faktlar
*.YouTube domeni 2005 yil 14 fevralda ro'yhatdan o'tgan. Bu degani bayram qilish uchun yana bir sabab bor.
*.Bu proyekt a'zolari Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karimlar hisoblanishadi. YouTube saytini yaratishdan oldin bu insonlar Paypalda ish yuritishgan.
*.Dastlab YouTube sayti video tanishuvni amalga oshirish uchun yaratilgan edi. Sevishganlar real vaqtda bir birlarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishar edi, keyinchalik bu sayt video xosting bo'ldi.
*.Ro'yhatdan o'tgan YouTube foydalanuvchilar ining70% AQSh fuqarolaridir, 50%foydalanuvch ilarining yoshi 20 yoshdan kichik. Bunisiga nima deysiz?
*.YouTube ga joylashtirilgan videolarning barchasini ko'rish uchun 1000 yildan ko'p vaqt kerak bo'lar ekan.
*.Saytning musiqa kategoriyasi eng taniqli kategoriya hisoblanadi. Barcha videolarning 20% shu kategoriyaga tegishli ekan.
*.Amerikaliklar saytga eng ko'p video fayllarni joylashtiradiganlar ekan, ulardan so'ng Buyuk Britaniya joy olgan. Eng ko'p videolarni tomosha qiladigan davlat ham AQSh ekan, 2 chi o'rinda Yaponiya davlati.
*.YouTube ga dastlabki videoni sayt yaratuvchilaridan biri Djaved Karim kiritgan. Video "Men hayvonat bog'idaman" deb nomlangan edi. Bu video18 sekundlik ekan.
*.Bir kunda 2 milliardan ko'p insonlar bu saytda video tomosha qilishar ekan.
*.Google kompaniyasi YouTube ni 2006 yilda sotib olgan. Sayt narxi 1.65 milliard dollarni tashkil qilgan.
*.2010 yil noyabr statistikasini oladigan bo'lsak, 1 minutda YouTube ga 35 soatlik video joylashtirilar ekan, bir kunda esa bu ko'rsatkich 50400 soatni tashkil qilar ekan.
*.YouTube da bu video fayl o'chirilgan degan xabar chiqsa, video fizik jihatdan o'chmagan bo'lar ekan, bu videoni maxsus dasturlar orqali ko'rish mumkin bo'lar ekan(misol uchun Deleted YouTube Video Viewer).
*.Har yili 1 aprel- hazil kuniga sayt biror qiziq ishlarni amalga oshiradi. Misol uchun 2009 yilda saytdagi barcha videolar teskari ko'rsatadigan qilib qo'yilgan, 2010 yilda esa videolar o'rnini matn lar egallagan edi, ho'sh bu yil nima bo'lar ekan.
*.Agar bu saytni biror kinokompaniya deb olsak, bu kompaniya haftasiga 60 ming kino chiqara olar ekan.
*.Sayt to'liq Python dasturlash tilida yozilgan.
*.14 noyabr 2007 yilda saytning rus tilidagi versiyasi ishga tushdi, bu versiyaga dastlabki joylashtirilgan video fayl Pyotr Nalichning "Gitar" nomli klipidir.
*.Sayt foydalanuvchilar i.mpeg,.avi formatidagi video fayllarni joylashtirishlari mumkin. Sayt esa bu videolarni FlashVideo(.mp4) ga o'zgartirib beradi.
*.Moldytoaster Media nomli YouTube foydalanuvchisi 2011 yil 14 dekabrda eng uzun videoni saytga joylagan(596 soat 31 minut va 21 sekund). Birozdan so'ng uning videosi o'chirilgan.
*.2008 yil Pokiston, 2009 yil Xitoy davlatlari bu saytni o'z fuqarolari uchun bloklab qo'yishgan.
*.Hozirgi kunda sayt 30 ga yaqin tillarga tarjima qilingan.
*."Universal Tube and Rollform Equipment" nomli firmaning sayti utube.com edi va bu sayt ham YouTube sayti kabi o'qilar edi. Shu sababli firma YouTube ni sudga beradi, lekin bundan naf chiqmaydi. Keyinchalik firma sayti youtubeonline.com ga o'zgartirildi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 10 Oct 2018, 20:24
Muallif: @РЕЗИДЕНТ (13)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 7 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 98 (0/98)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru