Bloglar | Foydali ma'lumotlar | TIL PANELINI QAYTARAMIZ
Shaxsiy kompyuterni ishlatish davomida turli muammolar yuzaga keladi. Dasturga oidmi yoki texnik nosozlik tufaylimi, qanday bo‘lmasin, ular asabni buzadi.



Ayniqsa boshlang‘ich foydalanuvchilarga arzimagan muammolar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ular dasturlar va tarkibiy qismlar ishlashini hali to‘liq bilmaganliklari uchun har qanday xatoni og‘ir qabul qiladilar.

Qizig‘i shundaki, kompyuter ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi ustalarning aytishlaricha, ularga qilinadigan murojaatlarning asosiy qismi arzimagan muammolar yuzasidan bo‘ladi. Aslida bu xatolarni maxsus bilimga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar ham sanoqli sekundlarda to‘g‘rilay oladilar, deyishadi mutaxassislar.

Yuqoridagi holat ba’zida achinarli holatga olib keladi – buyurtma asosida uyga kelib ishlovchi ba’zi shovvozlar foydalanuvchilarning bu soddaliklaridan «unumli» foydalanadilar. Masalan, yaqinda kompyuter sotib olgan foydalanuvchi o‘zi bilmagan holda qandaydir xatoga yo‘l qo‘yadi va, uning tasavvurida, «kompyuter buzilib qoladi». Shunda u darrov birinchi uchragan mutaxassisga murojaat qiladi.

Ba’zi «usta»lar kelib kompyuterni yoqadilar, bir oz o‘ychan tikilib turadilar va... buyog‘iga artistlik boshlanadi. Foydalanuvchi qanchalik sodda bo‘lsa-yu, haligi «usta» yuzaga kelgan muammoni qanchalik tushunarsiz «izohlab» bersa, ish haqi shunchalik yuqori bo‘ladi. Pul-ku, egasini topib ketdi, lekin aslida hech qanday muammo bo‘lmagandi!

Bo‘lganda ham, agar foydalanuvchi sal uquvliroq bo‘lganda, yechimni topishga o‘zi harakat qilganida, osongina hal bo‘lardi. Keling, shu o‘rinda tanishlarimizning boshidan o‘tgan bir kichkinagina muammoni birgalikda hal qilaylik.

...Davlat idoralaridan birida ishlaydigan opamiz qo‘ng‘iroq qilib qoldilar. Hayajonlanganlaridan salom-aliksiz darhol maqsadga ko‘chib qo‘ya qoldilar: «Alisher, lotinchaga o‘ta olmayapman!» Oldin gap nimadaligini tushunmadim. Keyin aniqlasak, ekran pastki qismidagi Instrumentlar panelidagi Til paneli yo‘qolib qolibdi va ular kirillitsadan lotin yozuviga o‘ta olmayotgan ekanlar. Mening vazifam ana shu Til panelini topib berishdan iborat ekan.

Til panelining «yo‘qolib» qolishi tez-tez bo‘lmasa ham, uchrab turadi. Buning sababi shunchaki sichqoncha bilan bexosdan bosib yuborishdan tortib, viruslar «qilmishlari»gacha bo‘lishi mumkin.

Til panelini joyiga qaytarishning eng sodda usuli quyidagicha:

1. Sichqoncha ko‘rsatkichini Ish stolidagi Instrumentlar paneliga olib kelamiz va o‘ng tugmasini bosamiz.

2. Paydo bo‘lgan menyudan «Панели инструментов (Instrumentlar paneli)» (yoki «Панели (Panellar)») punktini tanlaymiz va «Языковая панель (Til paneli)» qatoriga bosamiz.

3. Natijani tomosho qilamiz – uchta harakatda Til paneli joyiga qaytdi!
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 10 Oct 2018, 20:46
Muallif: @РЕЗИДЕНТ (13)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 7 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 213 (0/213)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru