Bloglar | Sayt yaratish bo'yicha | Google qidiruv tizimi sirlari

Menimcha hozir Google qidiruv tizimidan deyarli hamma foydalanadi. Ammo biz Google da ma'lumot izlashni qay darajada bilar ekanmiz. Bunday deyishimga sabab oralaringizda hali Google ning qo'shimcha funksialaridan foydalanishni bilmaydiganlar ham bor. Endi ular bilan birma - bir tanishib chiqsak!

› filetype:
Bu teg orqali siz fayllarni turiga qarab izlashingiz mumkin. Masalan siz internetda musiqa qidiryapsiz unda qidir maydoniga "musiqa nomi filetype:mp3"ni terasiz.

› inurl:
Bu teg orqali siz ma'lumotni butun internet tarmog'i bo'yicha emas aynan belgilangan katalog yoki saytlar ichidan qidirishingiz mumkin. Masalan siz mail.ru ro'yhatdan o'tgan o'rtog'ingizni topa olmadingiz. Uni tez topib olish uchun qidiruv maydoniga "familya ism inurl:mail.ru"ni terasiz.

› intitle:
Bu teg orqali siz saytlarni mavzusi(<title></title>) bo'yicha qidirasiz. Masalan siz o'yinlar mavzusidagi sahifani topmoqchisiz. Buning uchun "intitle:o'yinlar" deb yozsangiz kifoya!

› site:
Bu teg orqali saytlar nomiga qarab izlash mumkin. Masalan siz o'zingizga kerakli bir narsani faqat uz domenidagi saytlardan qidirmoqchisiz unda "site:uz"ni terasiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 23 Oct 2018, 14:15
Muallif: @Black_Xaker (11)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 15 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 117 (0/117)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru