Bloglar | Foydali ma'lumotlar | O'zbDa qaysi noutbuklarni oson topish mumkin?
O'zbekistonda qaysi noutbuklarni oson topish mumkin?
04.11.2018 7
Admin
Sizda noutbuk bormi?
Xo‘sh, modeli qanday?
— HP
— Acer
— Asus
— Lenovo
— Samsung
— Dell
— Macbook
— yoki boshqa birorta model.
O‘zbekiston bozorlarida eng ko‘p tarqagan noutbuk modellari bu
— Acer
— Asus
— Lenovo hisoblanadi.
Ular narx jihatdan ham arzon, sifat jihatdan ham yaxshi. Ularni parametrik ko‘rsatkichlari (hdd, ram, core) deyarli bir xil. Shunday ekan sizda savol tug‘ilishi mumkin, qaysi noutbuk yaxshi, qaysi birining esa sifati past?
O‘z shaxsiy kuzatuvlarimizdan shuni aytishimiz mumkin-ki, yuqori ro‘yxatdan sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha eng quyi pog‘onani Lenovo noutbuklari egallaydi.
Ba'zilarda «nega» degan savol tug‘ilishi mumkin.
Aslini olganda Lenovo savdo belgisi ostidagi noutbuklar narx jihatdan ko‘p noutbuklardan arzon, parametrik jihatdan esa bir xil narxdagi Acer va Asus noutbuklaridan ustun ko‘rinadi. Lekin shunga qaramay, bu noutbuklarda texnik muammolar yetarlicha ko‘p yuzaga keladi, yoki noutbuk hech qachon 100% ishlamaydi.
Bu noutbuklarning asosiy kamchiligi ham ularning yuqori parametrik ko‘rsatkichlaridadir, ya'ni, bu noutbuklar bir biriga uncha mos kelmagan qism (intel protsessori va AMD videokartasi, AMD protsessori va intel video kartasi, 2 GB RAM va 1TB doimiy xotira va h.k.) lar bilan ta'minlangan.
ASUS noutbuklari foydalanuvchilari bu noutbuklarning biror bir ustunligini aytisha olmasada, noutbuklarining batareykalari boshqa noutbuklarning batareykalariga qaraganda uzoq vaqt xizmat qilishini ta'kidlashgan.
ACER noutbuklari yetarlicha obro'li noutbuklardan hisoblanadi, bu noutbuklardagi qismlar (HHD, RAM, videokarta va b.) bir biriga mos tarzda qo‘shiladi.
HP esa ochig‘ini aytganda Acer dan-da obro‘li va yetarlicha qimmat ham. Bu brend ostidagi noutbuklar o‘zlarining uzoq muddatli batareykalari, sifatli ishlashi va korpusining yorqin rangi bilan ajralib turadi
MACBOOK — Apple korporatsiyasi mahsuloti bo‘lib, xorijda yuksak baholanadi. Tabiiyki narxi ham o‘ziga yarasha (o‘rtacha 1000 $).
Bu noutbuklar virus yuqtirmasligi bilan mashhur va o‘ylashimcha ko‘pchilik shunday noutbukga ega bo‘lishni istaydi.
Iphoni bor odamga Macbook yarashadi
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 7 Nov 2018, 23:19
Muallif: @Нарзулло (63)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 9 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 207 (0/207)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru