Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Youtube orqali qanday pul ishlash mumkin?
Juda ham ko`plab odamlar mendan so`rashadi, Youtube’da qanday qilib pul ishlasam bo`ladi? Yoki bo`lmasam YouTube’dan qancha pul ishlading? Senga nima foydasi bor deb. O`zim ham VLOGger bo`lganim uchun shunday savollar ko`p savollar kelib turadi. Endi siz uchun asosiy savollarga yuzlansam.

Juda ham ko`plab odamlar mendan so`rashadi, Youtube’da qanday qilib pul ishlasam bo`ladi? Yoki bo`lmasam YouTube’dan qancha pul ishlading? Senga nima foydasi bor deb. Endi siz uchun asosiy savollarga yuzlansam.

[B]YouTube’da qanday pul ishlamoqchisiz?
Qo`lingizdan qanday ish keladi?
Kanalingiz bormi?
Qanday mavzuda videolar tayyorlamoqchisiz?[b]

Agarda hozir yuqorida bergan savollarimga Ha deb javob qaytargan bo`lsangiz unda quyidagi talablar sizga qo`yiladi. Ya`ni: Youtube‘da kanalingiz aktiv bo`lishi kerak. Kanal’dagi barcha videolar o`zingizga tegishli bo`lishi kerak. Kanalingiz aktiv hamda 10 000 dan oshiq (umumiy videolar) ko`rilgan bo`lishi hamda 100 dan oshiq obunachilaringiz bo`lishi kerak. Hamda eng asosiysi siz 18 yoshdan o`tgan bo`lishingiz kerak. Agarda yuqoridagi qo`yilgan talablar sizda mavjud bo`lsa unda hech qanday shubhasiz siz youtube‘da pul ishlashni boshlashingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Unday bo`lsa davomi o`qing. YouTube’da pul ishlash uchun qo`yiladigan ilk qadam Google Adsense‘dan boshlanadi. Agarda sizni obunachilaringiz soni hamda ko`rilgan videolar soni normadan o`tganidan keyin google adsense‘ga bemalol ulanishingiz mumkin. Unda ham ulanganingizdan so`ng to`liq pul ishlashni boshlamaysiz. Birinchi qadam AdSense‘ga ulanish bo`lsa, keyingi qadam bu google‘dan xat kutish. Google Adsense‘ga qanday qilib ulanish haqida bosh qotirayotgan bo’lsangiz quyidagi link orqali o’tib rasmlarda ko’rsatilgan ketma ketliklarni bajaring Endi esa Google adsense‘ning pul to`lashi haqida qisqacha ma`lumot bersam. Google adsense naqd pul to`laydi albatta. Minimal summa bu 100$. Ya`ni siz 100$ ishlab topganingizdan so`ng 100$ naqd pul yechib olishingiz mumkin. Faqatgina juda ham ko`p vaqt ketishi mumkin. Sababi tasdiqlash xatlari bo`ladi. Hali o`zim ishlab ko`rmagan bo`lsam ham Azamat Xodjakov’ning shaxsiy blogida o`qiganlarim bo`yicha o`z fikrlarimni sizlarga ham aytib bermoqchiman. Adsense‘dan boshqa tizimda ham pul ishlasa bo`ladimi deyishingiz mumkin. Ahir undan pul yechib olishimiz qiyin ekanku! deb o`ylayabsizmi? Unday bo`lsa boshqa yo`ldan foydalanamiz. Ya`ni siz birinchi bo`lib google adsense‘ni kanalingizga ulashingiz hamda google’dan xat kelishini kutushingiz kerak. So`ngra alohida hamkorlar(partnyorlar)ga ulanishingiz mumkin. Hozirgi kunda eng ommalashgan hamkorlardan biri bular Yoola.com hamda Air.io saytlaridir. Albatta bularning ham o`z normalari ya`ni qo`yiladigan talablari mavjud. Ushbu qo`yilgan talablar sizning kanalingizda bo`lsa bemalol siz ulana olasiz. AIR‘ga ulanish to`g`risida kichik ma`lumot bermoqchiman, ya`ni orada o`zim ham ulanishga harakat qilganim uchun. Sizdan talab qilinadigan narsalar juda ham oddiy, ism va familiyangizni, telefon raqamingiz hamda elektron pochta manzillaringizni kiritishingiz kerak bo`ladi. Agarda SKYPE’ingiz bo`lsa uni ham kiritasiz. Shundan keyin sizning kiritgan pochtangizga rus tilida xabar keladi. Unda qanday qilib AIR‘ga ulanish haqida ma`lumotlar hamda qancha kutishiniz haqidagi ma`lumotlar keltirilgan bo`ladi. Sizning ulanish uchun bergan buyurtmangizni ko`rib chiqish uchun maksimal vaqt 15 minut’dan 3 kungacha cho`zilishi mumkin. Unda ham kichik hamda asosiy qoidalar mavjud. Ya`ni obunachilaringiz 100 dan o`tgan bo`lishi hamda ma`lum miqdorda videolaringiz ko`rilgan bo`lishi kerak. Hamda eng asosiysi kanalingizdagi videolarning barchasi o`zingizga tegishli bo`lishi kerak, ya`ni mualliflik huquqini buzmagan bo`lishingiz shart. Yoola‘ga keladigan bo`lsak unda qo`yiladigan talablar biroz katta ammo lekin yaxshi. Shu bilan birga ularning yana bir narsasini aytib o`tsam hamda maqolani yakunlasam. Qo`shimcha hamkorlar (ya`ni partnyorlar) elektron hamyonga pul to`lagani sababli siz ishlab topgan pulning 15%~20% miqdorida o`ziga olib qoladi. Ya`ni 1000RUB ishlab topadigan bo`lsangiz ularga 150~200RUB (usluga) olib qoladi. Aynan ushbu mavzuga keyinchalik yana qaytaman. Qachon deydigan bo`lsangiz 18 yoshdan o`tganimdan so`ng biror bir hamkor’ga ulanganimda albatta. Shundan keyin qanday qilib yaxshi (ko`proq) pul ishlash haqida maqola yozaman.Ushbu maqola sizlarga yoqdi degan umiddaman. Albatta orada xatolari hamda kamchiliklari bo`lishi mumkin. Sababi bu mening ilk maqolam (ya`ni BLOGim).
Biriktirilgan fayllar
891541945759.jpg
O'lchami: 2.11KB
Formati: .jpg
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 11 Nov 2018, 19:05
Muallif: @Hosting (14)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 12 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 221 (0/221)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru