Bloglar | Sayt yaratish bo'yicha | O'zimiz sayt yaratamiz!
O`z saytimizni o`zimiz yaratamiz! O`zimiz deganda har birimizni nazarda tutmoqdaman. Mayli u qandaydir "no`noq" bo`lsin, lekin u faqat sizniki bo`ladi! Nima uchun siz boshqa sayt sahifalarini ko`chirishingiz kerak? Axir sizda qobiliyat borku, ozgina dizayn va matn o`ylab topish nima bo`libdi?! Begona saytlardan ko`chirmaslik uchun o`zingiz bilgan narsa haqida sayt yarating. (Oldingi maqolada aytilganidek, mas. shahringiz haqida). Sahifadan nusxa olish eng oson ish, lekin siz shunday qilingki siz emas, balki sizdan ko`chirishsin.
  Har xil holatlar bo`lishi mumkin, balki siz o`zingiz bunday sahifa yaratolmayotgadirsiz va shuning uchun ko`chirib olayotgandirsiz, shu holda ham mualliflik huquqini unutmang va uni hurmat qiling. Ko`chirilgan sahifada albatta ma`lumot olingan sayt manzilini keltiring, shunda sayt administratsiyasi bilan muammolar yuzaga kelmaydi. Bu holat balki sizga erish tuyular, yoki qasddan muallif haqida ma`lumotni yashirarsiz, ammo o`zingizni bir zumga muallif o`rnida tasavvur qilib ko`ring, shunda uning holatini tushunishingiz mumkin.
  O`ylaymanki, bu maqolani o`qigan WAP ustalari nusxa ko`chirishni odat qilmay, o`z bilim va fantaziyalariga tayangan holda sayt yaratadilar. Mayli sayt kichik va kam foydalanuvchili bo`lsin, ammo endi siz g`urur bilan «BU SAYTNI MEN YARATDIM» deya olasiz.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 19 Nov 2018, 19:44
Muallif: @Black_Xaker (11)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 29 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 171 (0/171)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru