Bloglar | Sayt yaratish bo'yicha | Sayt yaratishni nimadan boshlay?
  Demak, boshlang`ich WAP ustalarini qiynovchi savol: hammasini nimadan boshlash kerak? Ushbu maqolada bu savolga javob berishga harakat qilaman.
  Birinchidan, sayt mavzusini aniqlab olish kerak, ya`ni sayt nimaga yo`naltiriladi, balki bu siz yoqtirgan sport turi haqidami, yoki siz yashaydigan shahringiz haqidami, yoki hobbyingiz, musiqalar, o`yinlar haqidami, shaxsiy saytmi, xullas saytingiz uchun yo`nalish aniq bo`lishi kerak. (Aks holda turli ma`lumotlar aralash kelgan holda saytingizda doimiy foydalanuvchini olib qololmasligingiz mumkin)
  Ikkinchidan, yo`nalish tanlab olganingizdan so`ng, saytni qayerda joylashtirishni tanlashingiz kerak. Balki bu pullik xosting bo`lishi mumkin, lekin men boshlang`ich WAP ustalariga (hali sayt yaratishni o`rganayotganlari uchun) konstruktorlardan foydalanishni tavsiya etaman. Boshlanishi uchun bu aynan sizga kerakligi.
  Uchinchidan, men sizga sahifalarni katta qilib yubormaslikni va grafikadan kamroq foydalanishni tavsiya etaman. Bu WAP sayt bo`lgani uchun, yodda tuting, trafik uchun foydalanuvchi pul to`laydi va odatda mobil internet tezligi ham uncha katta bo`lmaydi. (Foydalanuvchi uchun juda chiroyli 1 ta 50 kb lik sahifani ochgandan ko`ra, tushunarli grafikaga ega 5 ta 10 kb lik sahifani ko`rgan foydaliroq.)
  Eslab qoling, agar rangli sayt yaratishni istasangiz HTML, xHTML sahifalardan foydalaning, oq-qora sahifa uchun WML dan foydalangan ma`qul.
  Konstruktorlar ichida eng yaxshilaridan biri debLARK.RU ni tavsiya qilishim mumkin. Sayt uchun odatda 2 GB joy beriladi (sayt kiruvchanligi katta bo`lganda yana kattalashtirish mumkin). Eng sodda va tushunarli fayl boshqaruv tizimiga ega. Saytni boshqarish uchun traffikni qisqartira oladigan maxsus JAVA midlet yaratilgan. ZIP va RAR arxivlarni tiklovchi arxivatorga, eng funksional hisoblagichga va boshqa bir qator ustunliklarga ega. Mutlaqo bepul, saytingiz kiruvchanligi katta ko`rsatkichlarga erishgandan so`ng har bir sahifa yuqori qismida reklama paydo bo`ladi. Kamchiligi sayt uchun taqdim etiladigan servislarga kirish muammo tug`diradi.
  WML.SU - wen.ru ga yetarlicha raqobatlasha oladigan konstruktor. Taqdim etaladigan sayt servislari tilini ma`lum miqdorda o`zgartirish mumkin. O`zbekiston WAP ustalari ichida .wml.uz domenini tarqatishi hisobiga ancha shuxrat qozongan. Kamchiligi fayl boshqaruv tizimi nisbatan murakkab tuzilgan.

Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 19 Nov 2018, 19:47
Muallif: @Black_Xaker (11)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 16 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 206 (0/206)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru