Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Google haqida siz bilmagan 19 ta ma'lumot.
Google kompaniyasiga asos solinganiga 19 yil bo‘ldi. Texnologiyalar olamida bu anchagina keksa yosh hisoblanadi. Shu munosabat bilan Recode.net portali jahonning eng asosiy qidiruv tizimiga doir 19 ta qiziqarli ma'lumotni to‘pladi.
1. Larri Peyj va Sergey Brin 1998 yilda Google firmasiga asos solishdi. Kompaniya o‘sha yili 4 sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ammo 2006 yildan e'tiboran 27 sentabrda tashkil etilgan kunini nishonlaydi.
2. Ilk dudl Larri Peyj va Sergey Brin tomonidan 1998 yilgi Burning Man festivalida yaratilgan. Bu ularning server ishlamay qolsa, ish joyida emasliklarini anglatuvchi o‘ziga xos xabar edi.
3. Bugungi kunda Google kompaniyasida 72 mingdan ortiq kishi ishlaydi.
4. Google raqamli va mobil reklama bozorida yetakchilik qiladi. Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, 2017 yili mobil reklamadan tushadigan daromad 50 mlrd dollardan ortadi. Bu Google kompaniyasining raqamli reklamadan ko‘radigan daromadining 67 foizidir.
5. Google klaviaturada harflarning ko‘p bosilib ketilishidan hosil bo‘ladigan domenlarga ega: Gooogle.com, Gogle.com, Googlr.com va boshqalarga ega. Google korporatsiyasiga shuningdek, 466453.com ham tegishlidir. Bu raqamlar telefon klaviaturasida g o o g l e harflaridir.
6. Statistikaga ko‘ra, 2016 yil oktabrda Google’ning jahon qidiruv tizimidagi ulushi 90,3 foizga yetgan. 2017 yil iyulda bu raqam 86,8 foizga tushdi.
7. Google tarkibida hamon oq tanli va osiyoliklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Recode ma'lumotlariga ko‘ra, Google’ning oq tanli xodimlari soni bu yil 59 foizdan 56 foizga tushgan. Osiyolik ishchilar soni 32 foizdan 35 foizga oshgan.
8. Google soni «gugol» so‘zidan olingan bo‘lib, 100 nolli raqamni anglatadi.
9. Avvalroq, Google mahalliy yangiliklarni avtomatlashtirish loyihasini moliyalashtirishi xabar qilingan edi.
10. Google.com 1998 yili 2 dekabrda mana shunday ko‘rinishda edi
11. Har yilgi may oyida bo‘lib o‘tadigan Google I/O ishlab chiqaruvchilar konferensiyasida kompaniyaning e'lon qilishicha, 2 mlrd sahifa uning AMP formatiga murojaat qilmoqda. U kontentni yaxshiroq keshlash imkonini beradi. Bu bilan mobil sahifalarni yuklash tezligi oshadi. Ayni vaqtda shu formatda 900 ming domen bor.
12. Google ma'lumotlariga binoan, Google Search indeksidaa 100 mlrdlab veb-sahifalar bor. Ularning hajmi 100 ming Gbdan ortiqdir.
13. «Asosiysi — foydalanuvchiga diqqat qaratish, qolgani moslashadi» —bu Google kompaniyasining bosh falsafasidir.
14. 2000 yil 1 aprel kuni Google foydalanuvchilari bilan hazillashib, hazil kunini nishonlay boshladi. Uning dastlabki hazili «foydalanuvchilar fikrini o‘qiy olishi» aytilgan MentalPlex dasturidir.
15. Yaqinginada Google tenghuquqlilik bo‘yicha yangi vitse-prezidentni ishga qabul qilishini e'lon qildi.
16. Google Syuzan Vojitski garajida ishga tushirilgan, endilikda u YouTube bosh direktori lavozimini egallagan.
17. Google AQShdagi eng yaxshi 10 ta mobil ilovadan 5 tasiga egalik qiladi: YouTube, Google Play, Google Maps, Gmail va Google Search
18. Google 2006 yili o‘sha vaqtdagi yirik mablag‘ 1,65 mlrd dollar evaziga YouTube saytini xarid qildi.
19. Google sun'iy aql ishlanmalari bo‘limi boshlig‘ining fikricha, insoniyat robotlar Yerni egallab olishidan xavotirlanishi kerak.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 21 Nov 2018, 13:35
Muallif: @Hosting (14)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 13 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 176 (0/176)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru