Bloglar | Sayt yaratish bo'yicha | Hosting nima...
Har qanday sayt qaysidir serverda joylashgan bo’ladi. Sayt va unga bog’liq fayllar (rasm, video, boshqa yuklab olinadigan fayllar) uchun ma’lum hajmda joy olish kerak. Masalan, 100 MB dan bir necha GB gacha bo’lishi ham mumkin. Sizni saytingiz uchun joy ajrtaib beruvchi xizmat turiga “hosting” deb ataladi. Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo’ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan olish ham mumkin, yoki ularni boshqa-boshqa kompaniyalardan ham olish mumkin.Saytlar uchun hosting beruvchi kompaniyalarda katta hajmdagi maxsus serverlar mavjud. Ular tinimsiz ishlab turish orqali saytlarning ishlashini ta’minlaydi. Hosting beruvchi kompaniyalar bir vaqtning o’zida yuzdan ortiq saytlarni o’zida saqlagan bo’lishi mumkin.Siz internetga ulanib biror saytni ochish uchun kerakli manzilni terganingizda, dastlab, DNS (Domain Name Server) bilan bog’lanasiz. Keyin esa, DNS server tomonidan domen (sayt nomi) haqida malumot tekshiriladi. Masalan www.qalam.uz nomli manzilni ochganingizda, dastlab DNS server orqali qalam.uz nomi haqiqatan mavjudligi va qaysi hostingda joylashgani haqida malumot olinadi, keyin ana shu hosting bilan bog’lanadi va saytga oid fayllar sizgako’rsatiladi. Albatta, bular barchasi avtomatik tarzda bir necha soniyada amalga oshadi.Quyidagi rasmlarda saytga kirish uchun sodir bo’ladigan jarayonlar tasvirlangan.Bunda,user– foydalanuvchi;browser– saytni ochish dasturi (opera, mozilla, chrome);webserver– sayt va uning fayllarini saqlovchi hosting.DNS– domain name server (domenlar haqida malumotni saqlovchi server)Yuqoridagi rasmdan ko’rinib turibdiki, internetdagi biror saytga kirish uchun saytnomi yozilganda, brouzer (Opera, Mozilla, Chrome,....) dasturi dastlab DNS serverga murojaat qiladi va undan shu manzilning IP manzilini so’raydi. Boshqacha qilib aytganda, shu sayt qaysi hostingda joylashganini so’raydi. DNS o’zining bazasini tekshiradi va so’ralgan sayt nomini izlaydi, Agar topsa uning IP manzilini brauzerga yuboradi (ya’ni internetga kirgan odamning komputeriga saytning qayerdaligini bildiradi) Keyin esa shu vaqtning o’zida brouzer berilgan manzilga (ya’ni hosting) bilan bog’lanib undan saytning kerakli sahifasini so’raydi. Shunday qilib hosing tomonidan sayt ko’rinishlari sizning brouzeringizga yetib keladi.Hosting xizmati uchun mo’ljallangan serverlarning ba’zi ko’rinishlari quyida tasvirlangan (rasm)Rasm - Veb server xonalariXulosa qilib aytganda, Hosting – bu sayt uchun ajratilgan joy bo’lib, saytdagi malumotlarni (matn, rasm, fayllar va hokazo) o’zida saqlaydi. Uning hajmi bir necha MB (megabayt) yoki GB (gigabayt) bo’lishi mumkin. Domen yoki hosting olishuchun internet provayderiga murojaat qilish mumkin. Domen uchun yillik to’lov to’lanadi. Hosting uchun esa har bir provayderning tarif narxlariga ko’ra bir necha oylik yoki yillik to’lov to’lash mumkin.O’zbekistonda domen yoki hosting beruvchi kompaniyalar (provayder yoki registrator) hozirda ko’plab shaharlarda faoliyat yuritmaqda. Masalan: BCC ( www.bcc.uz) , Arsenal-D ( www.webname.uz) , Active ( www.active.uz) , Uzinfocom ( www.uzinfocom.uz) va boshqalar
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 21 Nov 2018, 21:16
Muallif: @Black_Xaker (11)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 13 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 206 (0/206)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru