Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Internetda pul topish new version beta new 2
Davomi Shuningdek, ota-onalar ro‘yxatga o‘zlari ma’qul topgan, bolalar uchun qiziqarli saytlarni kiritish bo‘yicha taklif ham berishlari mumkin.
Endi esa nafaqat yoshlarni, balki kattalarni ham qiziqtirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan, tayyor daromad manbai sanalgan ayrim internet resurslari yo‘nalishlariga e’tiboringizni tortamiz.
Onlayn so‘rovlar
Hozirda internet makonida ko‘p uchraydigan “onlayn so‘rovlar” talabalar bo‘sh vaqtida pul ishlashlari uchun kundan-kunga tanilib borayotgan usul hisoblanadi. Turli tadqiqotlarni o‘tkazayotgan kompaniyalar har doim har xil so‘rovlarga javob berish va yangidan-yangi mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish uchun yangi a’zolarni qabul qilib boradi.
Internetda pullik qidiruv
Internetda bajarayotgan ishingiz uchun oldindan pul olishdan manfaatdormisiz? “ Qmee.com” innovatsion g‘oyasi sizni “Google”, “Bing” yoki “Yahoo” qidirish resurslaridan foydalanganingiz uchun mukofotlaydi. Siz shunchaki o‘z brauzeringizga oddiy qo‘shimcha qurilmani o‘rnatasiz va qidiruvni amalga oshirayotganingizda oddiy qidiruv qatorida bir nechta homiylik qilinadigan natijalar ham bo‘lishi mumkin. “Qmee”dagi har bir natija pullik mukofotga ega, agar u sizni qiziqtirib qolgan bo‘lsa, tugmani bosing va mukofotingizni qo‘lga kiriting.
O‘z saytingizni oching va undan foyda oling
Ushbu variant sizdan dastlabki qo‘yilmalarni talab etadi, biroq ko‘p o‘tmay o‘zini oqlay boshlaydi. Sayt ishi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa undan har oyda 10 ming dollar miqdorida foyda olish mumkin. Asosiy foydani reklama (kontekstli, bannerli, tizerli) olib keladi, bunda sherikli dasturlarda ishtirok etish yoki havolalarni sotish mumkin bo‘ladi. Agar siz yanada ildamlab ketmoqchi, nafaqat saytni rivojlantirish, balki o‘z infobiznesingizni qurmoqchi bo‘lsangiz, u holda foyda yanayam ko‘p bo‘ladi. Bu eng foydali variant, shunday ekan “Internetda pul ishlab topish haqiqatmi?” deb so‘ramang, chunki saytlar egalarining baralla javobi “Ha” bo‘lib turibdi.
Xo‘sh, axborot sayti va infobiznes orasida qanday farq bor? Dastlab foydali axboroti bo‘lgan kontentli sayt ham axborot evaziga pul ishlaydigandek tuyuladi. Biroq birinchi holatda pul tashqaridan (reklama, sherikli dasturlar) kirib keladi, infobiznesda esa siz muayyan bir axborot mahsulotini sotasiz va uning uchun mijozlaringizdan pul olasiz. Quyidagilar axborot mahsulotlari bo‘lishi mumkin:
*.Vebinarlar;
*.Treninglar;
*.Onlayn o‘quv kurslari;
*.Elektron kitoblar.
Ushbu pul ishlash usulining xususiyati shundaki, siz mahsulotni bir marta yaratasiz, undan foydani esa doimiy ravishda olib turasiz. Shunchaki passiv daromad turi. Shu bilan birga, parallel ravishda yangidan-yangi mahsulotlar yaratish, yangi yo‘nalishlarda rivojlanib, kattadan-katta daromadlar topish mumkin bo‘ladi. Bunday holatda daromad bir necha martaga ko‘payadi.
Veb-saytlar va veb-ilovalarni naqd pul evaziga ko‘rib chiqish
Agar siz veb-brauzeringizdan mohirona foydalana olsangiz, unda veb-saytlarni ko‘rib chiqish vaqtingizni to‘lovli va qiziqarli ishga aylantirish vaqti keldi. “ UserTesting.com” kabi yangi platformalar xohlovchilarga barcha turdagi veb-saytlarni ko‘rib chiqishlari uchun pul to‘laydi. Har bir ko‘rib chiqish uchun 20 daqiqa vaqt sarflanadi va $10 pul to‘lanadi. Ro‘yxatdan o‘tib, ko‘rib chiqish testini to‘ldiring va “kirish” papkangizda ko‘rib yana davomi bor noqulayliklar uchun uzur adminlar diqqatiga bufer obemen copu joyi tolgani uchun bolib yozayapman
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 28 Jul 2018, 20:07
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 18 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 176 (0/176)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru