Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Sayt yaratishni nimadan boshlagaj maqul
Sayt yaratishni nimadan boshlash lozim? Kimga murojaaat qilish kerak? Bunday savollar ko'p uchrab turadi. Shulardan kelib chiqib, maqolada sayt yaratish usullarini ko'rsatib o'taman.

1. Professionallarga buyurtma berish. Eng oddiy usul. Bu usulda siz biror veb studiya yoki frilanserga murojaat qilasiz, saytga qo'yildigan talablarni to'liq aytib o'tasiz. Ular sizga talablaringizdan kelib chiqgan holda, narxini va qanchada tayyor bo'lishini aytishadi(arzon bo'lmasligi aniq). Agar rozi bo'lsangiz, pulini bir qismini(yoki hammasini) to'laysiz va aytilgan muddatni kutasiz, sizga tayyor sayt yaratib berishadi. Kelishuvga qarab hosting va domenni ham ular olib berishadi.

Avzalliklari(plyus):

— veb dasturlashga oid chuqur bilimlar shart emas;

— sayt professionallar tomonidan qilinganligi uchun, xatolar minimum va ishlashi bir tekisda bo'ladi;

— ancha vaqtingiz tejaladi.

Kamchiligi(minus):

— eng asosiy kamchiligi bu katta miqdordagi mablag'dan voz kechishingiz kerak bo'ladi(kimlardir bu katta mablag' emas albatta).

Shuning uchun bu usuldan hamma ham foydalanavermaydi.

2. Tayyor sayt sotib olish. Bu usul yuqoridagi usuldan biroz farq qiladi. Bunda siz ma'lum tarixga ega, tayyor ishlab turgan saytni sotib olasiz. Sayt tarixi(foydalanuvchilar soni, sayt mavzusi) asosida narx belgilanadi.

Avzalliklari(plyus):

— eng asosiysi, siz tayyor sayt sotib olasiz, saytning foydalanuvchilari ham mavjud bo'ladi, hattoki qidiruv tizimlaridan ham ro'yxatdan o'tgan va indekslangan bo'ladi. Balki ma'lum darajada foyda ham ko'rilayotgan bo'lishi mumkin;

Kamchiligi(minus):

— siz uchun kerakli tayyor saytni qidirishga vaqt ketib qolishi mumkin;

— saytni yuritish uchun ma'lum bir bilimlar kerak bo'ladi;

— saytni sotib olish uchun, pul kerak bo'ladi;

— aldanib qolish ehtimoli ham mavjud.

3. Bepul CMS(Content management system)lar orqali sayt yaratish. Bu usulda biror CMS(wordpress, joomla, drupal) tanlaysiz va o'zingiz sayt yaratasiz. Sayt yaratishga ketadigan vaqt unchalik ko'p bo'lmaydi, shunga yarasha sifat bo'ladi. Hozirgi kunda bu eng ommabobidir. Tayyor shablon orqali sayt yaratasiz, sayt yaratish davomida muammolar chiqib qolsa, internetda ularni yechimini topishingiz mumkin bo'ladi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 27 Nov 2018, 16:27
Muallif: @Besthacker (3)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 10 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 159 (0/159)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru