Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

Natija: 193 ta
Sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish yuqumli kasalliklardan himoyalanishning oddiy va ishonchli kafolatidir.
Salomatlik – tuman boylik. Tan salomati – jon rohati. Sog‘lik-salomatlik haqida gap borganda, xalqimizning bu kabi hikmatlarini yana ko‘plab keltirish mumkin. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar tizimida sog‘liqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish alohida o‘rin tutadi. Yurtimizda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Aholiga bepul shoshilinch va yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun eng yuksak talablarga javob beradigan ixtisoslashtirilgan shifoxona va bo‘limlar tarmog‘ining tashkil etilishi bu bosqichning samarali natijalaridan bo‘ldi. Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida, ayniqsa, qishloq joylarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi – zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti bunyod etildi. Yurtimizda yangi tashkil etilgan sog‘liqni saqlash tizimida eng yuksak zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va texnikasi bilan ta’minlangan ixtisoslashgan klinikalar muhim o‘rin tutadi. Shunisi e’tiborliki, bugun O‘zbekistonda chechak va ich terlama, o‘lat va vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham berildi. O‘tgan davr mobaynida aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi sezilarli ravishda ortganini alohida ta’kidlash darkor. Shu bilan birga, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, oddiy, ammo muhim bir haqiqatni – odamzotning sog‘lig‘i ko‘p jihatdan, avvalambor, uning o‘ziga bog‘liq ekanini unutmaslik lozim. Buning uchun inson o‘z hayotini oqilona yo‘lga qo‘yishi zarur. Zero, har qanday kasallikning oldini olish, avvalo, sog‘lom hayot tarzi va turmush madaniyatini talab qilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, davlat, hokimiyat idoralari, sog‘liqni saqlash muassasalari bu masalaga qanchalik e’tibor bermasin, har qaysi odamning bu masala bo‘yicha qarashini o‘zgartirmasdan turib, ijobiy natijalarga erishish mushkul. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga qaraganda, Osiyoning qator mamlakatlarida enterovirusli infeksiya tarqalishi qayd etilgan. Virusli infeksiyalar sayyoramizda eng keng tarqalgan kasallik turlaridan bo‘lib, boshqa barcha mikroorganizmlar singari o‘zi uchun qulay sharoitda, ya’ni inson immuniteti pasayib, himoya funksiyalari zaiflashganda, shaxsiy gigiyena qoidalari buzilganda kasallikni qo‘zg‘atuvchi faoliyatini boshlaydi. Enterovirusli infeksiya zararlangan oziq-ovqat, toza yuvilmagan qo‘l, turli tashqi muhit obyektlari orqali yuqadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, Osiyoning ayrim mamlakatlarida kuzatilayotgan xavfli enterovirusli infeksiya tufayli yuzaga kelgan birorta ham kasallik O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra ham mamlakatimizda barqaror epidemiologik vaziyat saqlanib turibdi. Albatta, bularning barchasi Yurtboshimiz tashabbusi bilan yurtimizda aholi salomatligini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan aniq maqsadli faoliyatning bir qismi hisoblangan profilaktika va sog‘lomlashtirish ishlarining yaqqol samarasidir. Turli ichak kasalliklarining tarqalishi avj olishi mumkin bo‘lgan yozning issiq kunlarida mamlakatimizda epidemiyaga qarshi ishlar yanada kuchaytirilgan. Bu boradagi ishlar mahalliy hokimiyat organlari, transport va sayyohlik kompaniyalari, korxonalar, tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Respublikamizda aholini turli xavfli infeksiyalardan to‘liq himoya qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan.
UZBEK-MASTER, siz kaefsient ni uylamang. Haqiqatga yaqin stavka qiling. Kf baland bulsa aytganizday pul kam tikiladi. Chunki uladayam limit bor
Avval yozganimdek, dcms-fiera cms haqida ozgina yozib o'tmoqchiman.
Bu cms dcms official sayti moderatori bo'lmish SHAMAN tarafidan yaratilgan bo'lib, asosi dcms 6.6.4 hisoblanadi.
SHAMANning CMS ni yaratishdan maqsadi qadirdon 664 versiyasini optimallashtirish va himoyalash edi va bunga erishdi ham. Rasmiy dcmsdan farqi o'laroq ko'rinishi va kodlarida ancha o'zgarish bor edi.

http://dcms-fiera.ru
official saytida yangiliklarning birida cms yaratuvchisi yangi reliz bo'lmasligini yozib o'tdi, sababi uning noutbookini poyezda o'g'irlashgani va u qaytadan barchasini 0 dan terib kelishiga kuchi yetmasligini aytib o'tgan. Shundan so'ng, u yangilik qilishini va bu proyektni sotishini aytib o'tganida ushbu proyektni SAINT taxallusidagi inson sotib oldi. Hozirda ham ushbu insonning qo'lida.
Hozirda ikki rasmiy domeni mavjud:

http://dcms-fiera.ru
va

http://fiera.su

Oxirgi relizi:

http://fiera.su/download/130/FIERA-3.6.1.zip

Mening fikrim:
Men ushbu cmsda oz-moz ishlab ko'rdim, haqiqatdan ham himoya dasturi yaxshi, chunish ancha mushkul ammo chunib olsangiz u ham dcms 6.6.4 kabi ko'p ish qilsa bo'ladi.
Tilli, deyarli 10 tacha til mavjud edi. O'zbek tili ham. :-)
BAXABEK, o'zbek tilida yozamiz. Agar haqiqat bo'lsa, sal o'zingni bosib olib, ogolantirish ber. Agar ogohlantirishga ham e'tibor bermasa eng kami 5 soatga BAN :-)
Assalomu alaykum hurmatli do'stlar, sizlar bilan kelishgan holda bu o'yinni boshlashga kelishib olgan edik, endi o'yinni to'liq tushuntirib o'tsam.
O'yin boshlanishi:
O'yin forum yangiliklarida e'lon qilinib boriladi. O'yin bo'lishidan 24 soat oldin ishtirokchilar o'z arizalarini shaxsiy xabar orqali tqdim etgan bo'lishi lozim va forumdagi mavzuda ishtirokchilar taxallusi ketma-ketlikda yozib boriladi. Ishtirokchilarning raqobatchilarini esa o'yin boshlanishidan 1 soat oldin e'lon qilinadi. O'yin ma'lum bir vaqtgacha davom etadi ya'ni savollar soniga qarab, har bir savol uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. O'yin davomida savollarning mualliflari kimligi yozilmaydi va oxirida e'lon qilinadi. Javobi berilmagan savollarga agar savol muallifi javobini bilsa javob yozadi.
Shartlar:
1. O'yinda ishtirok etish uchun forumdagi faolik vaqti eng kamida 15 soat bo'lgan ishtirokchilarning arizalari qabul qilinadi.
2. O'yin davomida, savollarga chatda, forumda, shaxsiy xabar orqali va shunga o'xshash joylardan (Boshqa saytlardan ham!) javob olish qat'iyan man etiladi.
3. "Menda internet sekin ishlab qoldi", "Forum qotib qoldi", "Ulgurmadim" so'zlari inobatga olinmaydi.
4. Agar javoblar 75% o'xshash berilsa 2-javob bergan ishtirokchining javobi inobatga olinmaydi.
Agar shu holatlar vujudga kelsa, o'yindan cheklashtiriladi yoki javobi inobatga olinmaydi.
Savol berish qoidasi:
Savollar shaxsiy xabar orqali menga jo'natiladi.
Savol beruvchi forumdoshning forumdagi faollik vaqti kamida 1 kun bo'lishi va forumdagi postlari soni kamida 250 tadan oshgan bo'lishi lozim.
Savollar saralab olinadi va o'yin davomida savollar beriladi. Bir forumdoshdan maximal 2 ta savol qabul qilinadi.
Agar o'yin va shartlar tushunarli bo'lsa o'yinni boshlasak, taklif va fikrlaringizni kutib qolaman
Diqqat: Agar o'yin haqiqatdan o'ynalsa ma'muriyat a'zosi BAXABEK tomonidan 1-o'yin uchun 50 wmr pul yutug'i qo'yilgan.
Haqiqat egiladi, bukiladi hatto sinishi ham mumkin ekan faqat MADE IN CHINA bo`lsa
Bu saytda adminlar e'tiborsizmi deyman. Kecha ROYS Degan bolani firibgar deb dalil keltirgandim, uni hanuz banlamabdilar. U saytga kirib chiqib navbatdagi o'ljani izlab yuribdi. Adminla haqiqat bolsa uni banlab yuborilar.
uzmasters.ru Onlayn 382 (1/381)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru