Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

Natija: 1 ta
4-DARS
Qanday qilib matnni rangi, shrifti va hajmini o’zgartirish mumkin ?
Biz yozadigan matnning shrifti va rangi va hajmini o’zgartirish uchun <font> tegidan foydalanamiz.Matnni rang bilan bezatish uchun color degan atribut ishlatiladi. <font> tegi ichiga color="rang_nomi" degan atribut yoziladi.Keling, bitta namuna ko’rsatsam:Marhamat qilib bloknotni oching va mana bu kodlarni yozing: <html><head><title>Bosh sahifa</title></head><body><font color="red">Salom bu qizil matn</font></body></html>Bloknotni Web sahifa ko’rinishda saqlaymiz. 1-darsda aytilgandek Bloknot oynasidagi File (Файл)=> Save as (Сохранить как) ni bosamizFaylga nom qo’y?amiz va .(nuqta) html deb nomlaymiz. Masalan faylnomi.html Keyin kerakli joyga saqlash uchun Save (Сохранить как) ni bosamiz. Saqlangan faylni ochamiz.Mana u bunday ko’rinadi (rasm)Matnni qanday ranglar bilan yozish mumkin ?. istalgan rangda yozish mumkinBuning uchun color= dan so’ng rang nomini yoki kodini kiritish kifoyaHar bir rangning o’z nomi va kodi mavjud. Biz yuqorida yozgan qizil rang nomi red deb ataladi. Uning codi esa #FF0000 deb qabul qilinganIstasangiz rangni nomi bilan yozing, istasangiz kod bilan belgilangMasalan sizga qizil rangini kod bilan belgilashni ko’rsataman:<font color="#FF0000" >Salom bu qizil matn</font>Bunda ham avvalgidek qizil rangli matn ko’rinadi.Ranglar nomi va kodiO’zbakcha nominomi kodiKo’kblue#0000FFQizilred#FF0000Yashilgreen #008000Kulranggray#808080Oqwhite#FFFFFFSariqyellow#FFFF00Yaltiroqsilver#C0C0C0Qorablack#000000Akvaaqua#00FFFFTo’q yashil #00CC00Olov rang #FF6600To’q qizil #990000Binafsha #3300FFTo’q ko’k #000099Jigarrang #660000Va boshqalarSizga maslahatim ranglarni kodi bilan yozish afzal.Sizga yana bitta namuna ko’rsatamanWeb sahifangiz sarlavhasini yashil rang bilan yozamizBloknotni oching mana bu kodi yozing, keyin bloknotni fayl_nomi.html deb saqlang<html><head><title>Bosh sahifa</title></head><body><h1><font color="#00CC00"> Mening Shaxsiy Sahifam </font></h1><font color="#990000">Xush kelibsiz sahifamga </font></body></html>Endi saqlangan faylni ochingBu menda mana bunday ko’rindi (rasm)Matn hajmi kattaligiYozuvnu hajmini belgilash uchun <font> tegiga size degan buyruqni (ya’ni atributni) qo’shamizVa = belgisidan keyin kerakli sonni yozamizSizga mana tayyor namuna:<font size="1"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="2"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="3"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="4"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="5"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="6"> Matn kattaligi mana bunday </font><font size="7"> Matn kattaligi mana bunday </font>Matn shrifti qanday o’zgartiriladi ?Agarda siz shriftni tanlamasangiz web saytingizdagi yozuvlaringiz Times New roman shriftida yoziladi. Bu shriftni o’zgartirish uchun <font> tegi ichiga face degan atributni qo’shamiz va shrift nomini yozamizMasalan:<font face="arial"> Bu matn arial shriftida yozildi </font>Agar Verdana shriftida yozsak mana bunday<font face="Verdana"> Bu matn verdana shriftida yozildi </font>Mana bu matn esa Comic sans shriftida yozildi…<font face="Comic Sans MS"> Bu matn Comic sans shriftida yozildi </font>Biror matn yozib uning shriftini va hajmini va rangini o’zgartirsak bo’ladi. Masalan Biror matn yozib uning shriftini arial, hajmini 5 va rangini qizil qilib belgilaymiz.Mana bu quyidagicha bo’ladi:<font face="Arial" size="5" color="#CC0000"> Bu yerga matn yozamiz </font>
uzmasters.ru Onlayn 367 (0/367)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru