Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

Natija: 19822 ta
ExcLusive, 1oydan kiyin keladi deyishganlariga Qishga Shapka va Sharf zakaz qigandim:lol:
*125*raqam# tekin sms :D
*355*1*1# keyn bonus beradi *355*4# tekshirish
100 pul korish
102 vaqt korish
108 trafikni kor
666 kunlik trafik sotib ol
111 2 7 vaqt sotib ol
11:11 big sale Degan katta shou bor bularni yani
11oyni 11-kunida Katta sotuv ishi boladi bu degani chegirmalar hatto 50% ga ham oshadi bu degani 200$ lik narsa 11noyabr kuni kimgadir 100$ ga nasib qilishi mumkin shoshilinglar oz qoldi
Xm hammaga salom... sessiyalarga tushunadigon master bormi? Menda bir savol bor edi... Hammamiz bilamiz saytdan chiqish tugmasini bosganda saytdagi sessiya tugatiladi... (exit.php ga session_destroy(); ko`di yozilgani bois sessiya tozalandi) endi savol quyidagicha shu session_destroy(); kodi ishga tushganda serverdagi mod-tmp papkasida joylashgan sess_01mk9mhpblv001295v369h0207 kabi sessiya fayli ham o`chib ketadimi?
Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo‘ldi va bo‘lmoqda. Ba’zilar bu terminni noto‘g‘ri tushunishi yoki noto‘g‘ri joyda ishlatilishini siz ham sezgan bo‘lsangiz kerak. Balki siz bu tushunchani bilarsiz, shunday bo‘lsa ham maqolani erinmay o‘qib chiqing balki, qandaydir yengilik olarsiz. Maqolada, Wi-Fi tushunchasini asosini yaxshilab tushuntirib yozaman, chuqurroq keyingi maqolalarda berib boraman.
Bu tushuncha internet tushunchasi bilan sinonim bo‘la olmaydi. Bu bir texnologiya, ya’ni simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib, internet, tarmoq qurish uchun vosita hisoblanadi.
WiFi(vayfay deb o‘qiladi) dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o‘rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo‘lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib,IEE802.11standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to‘g‘ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo‘lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo‘lishi kerak, bu tashuvchichastotadeb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo‘lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o‘rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.
Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo‘ladi. Bular o‘rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo‘ladi, ya’ni bu chastotada boshqa qurilamalr ham ishlaydi(bluetooth), demak bir biriga biroz halaqit berishi mumkin.
Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchunTP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL… . Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo‘ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo‘ladi, yoki bo‘lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo‘ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo‘lmaydi, ya’ni Wi-Fi router orqali jo‘natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.
Umumiy oladigan bo‘lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.
Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo‘lgandan so‘ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba’zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o‘yinlar ham o‘ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.
IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:
IEE802.11a;
IEE802.11b;
IEE802.11g;
IEE802.11n.
Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha tezlik katta bo‘lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma.
Ko‘p kafe, restoran, katta binolar, do‘konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini ko‘rishingiz mumkin.
Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud deganidir, ya’ni qabul qilguvchi router mavjud, qabul qilgich bo‘lsa bas. Shuni ham hisobga olish lozimki, Wi-Fi routerga ulanish parollangan bo‘lishi ham mumkin, bu degani sizning qabul qiluvchi qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulanaolmaydi(agar parolni bilmasangiz).
Maqolada, Wi-Fi haqida umumiy tushuncha berishga harakat qildim, keyingi maqolalarda bu texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o‘tishga harakat qilaman.
uzmasters.ru Onlayn 123 (0/123)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru