Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

So'zni kiriting
Natija: 1068 ta
Vidya rolini ijro etgan Divyanka Tripathi haqida.
Divyanka 1984-yil 14-dekabrda Hindistonning Bhopal, Madhya Pradesh shaxrida tug'ilgan.
Kasbi:aktrisa.
Shu paytgacha 15 dan ortiq film va seriallarda rol ijro etgan.
Kelin serialining o'zida 2007-2008-yillari 4 ta mukofotga sazovar bo'lgan.
Keyingi mukofotlari esa Ye Hai Mohabbatein filmidagi roli uchun 2014-2015-yillari 6 ta yo'nalish bo'yicha mukofotga sazovar bo'ldi. Hozirda uning partnyori Vivek Dahiya hisoblanadi (2016-***)

Sagar Pratap Singh rolini ijro etgan Sharad Malhotra haqida.
Ushbu aktyorning qachon tug'ilgani haqida hech qanday ma'lumotga ega emasmiz.
U Kelin seriali orqali anchagina mashxurlikka erishdi.
2007-2008-yillari ushbu serial orqali Yilning eng yaxshi erkak debyuti bo'yicha mukofotga ega bo'ldi.
Yilning eng yaxshi erkak aktyori mukofoti ham Sharadga nasib etdi.
Kasbi:aktyor.
Sharad Hindistonning Mumbay shaxida tug'ilgan.
Kasbi bo'yicha ijodiy yillari 2004-yildan hozirgacha va u shu yo'nalish bo'yicha hamon ijodini davom ettirmoqda.

Sindura (Sindoora) rolini ijro etayotgan Kamya Panjabi haqida.
Kamya 1979-yil 13-avgustda Hindistonning Mumbay shaxrida tug'ilgan.
Kasbi aktrisa. Millati Panjob. 1996-yildan beri aktrisalik sohasida ijod qiladi.
Kamya 2007-2008-yillarda "Banoo Main Teri Dulhann" ya'ni "Kelin" serialidagi Sindura Pratap Singh roli uchun "Eng salbiy qaxramon" nominatsiyasi bo'yicha mukofotni qo'lga kiritdi.
Undan tashqari "Maryada: Lekin Kab Tak?" filmi hamda "Big Boss 7" filmlaridagi rollari uchun ham bir nechta mukofotga ega bo'ldi.

.
Manba : UzSmart.Ru
Jamolarning 11 turdan keyingi o'rni va to'plagan ochkosi
.

1. Ливерпуль---26
2. Челси---25
3. Манчестер Сити ---24
4. Арсенал---24
5. Тоттенхэм---21
6. Манчестер Юн---18
7. Эвертон---18
8. Уотфорд---15
9. Бернли ---14
10. Саутгемптон---13
11. Вест Бромвич---13
12. Сток Сити---13
13. Борнмут---12
14. Лестер ---12
15. Мидлсбро ---11
16. Кристалл П ---11
17. Вест Хэм---11
18. Халл Сити---10
19. Суонси ---5
20. Сандерленд---5
.
Baxslar davon etadi
Voy Lester 14dami ex.
200 mb 14 ming dedimi shunaqa eng arzoni
Janubiy Koreya - O'zbekiston: Noxush an'ana buziladimi?
.
15 noyabr kuni JCh-2018 saralashida qatnashayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining joriy yildagi eng muhim o'yinini o'tkazadi. Samvel Babayan shogirdlari guruhda bizdan keyin uchinchi o'rinda borayotgan Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi. Jamoalar o'zaro qanday o'ynashgan, o'yinlarda qanday natijalar qayd etilgan, nima sababdan 1994 yildan buyon koreyslarni mag'lub etolmayapmiz? Quyida mana shu haqida mulohaza yuritamiz.
.O'zbekiston hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalari o'zaro 13 ta o'yinda maydonga tushgan. Ulardan 9 tasida koreyslar g'alaba qozongan, 1 marta O'zbekistonning qo'li baland kelgan, yana 3 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 27-12 raqiblar foydasiga.
.
EH, XIROSIMA…
.
O'zbekiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari ilk marta biz uchun ajoyib xotiralarni yodga soladigan 1994 yilda to'qnashgan. Xirosimadagi Osiyo o'yinlarining futbol musobaqalarida O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozonganidan xabaringiz bor. U vaqtlar musobaqaning futbol bahslarida yosh doirasi chegaralanmagan va milliy terma jamoalar qatnashardi. Rustam Akromov hamda Birodar Abduraimov shogirdlari yarim finalda Osiyoning eng kuchli jamoalaridan bo'lgan Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi. Ko'pchilik "Osiyo yo'lbarslari"ning g'alabasini kutgan, lekin Azamat Abduraimovning Messilar ham havas qiladigan zarbasi bizga g'alaba keltirgandi. Bu koreyslarga qarshi birinchi va hozircha oxirgi g'alabamiz bo'lib turibdi. 1998 yilgi JCh saralashida koreyslar bilan bir guruhdan o'rin oldik. Avvaliga mehmonda 0:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz, Toshkentda esa raqiblar 5:1 hisobida g'alaba qozonishgan.
.
.GEYNRIXNING FANTASTIK GOLI
.
Germaniya-2016 saralashida ham yo'llarimiz azaliy raqibimiz bilan to'qnashdi. Koreyadagi o'yinda terma jamoamiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi, lekin ko'pchilik kerak bo'lsa butun Osiyo o'sha uchrashuvni koreyslarning g'alabasi bilan emas, Geynrixning raqib himoyachilarini yosh boladek aldab urgan golini eslaydi. Toshkentdagi javob o'yini esa juda keskin o'tgandi. Avvaliga Maksim Shatskix hisobni ochgan, biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Pak Ji Sun gol urib, bizni g'alabadan mahrum qilgandi. 2007 yili terma jamoamiz Osiyo Kubogidan oldin Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazgandik. Biz 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan bahsda Server Jeparov gol urgan. 2008 yilda ham jamoalar xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro maydonga tushishib, koreyslar 3:0 hisobida g'alaba qozongan.
.
.
SAShA HAMON GOL URMOQDA
.
"Osiyo yo'lbarslari"ga qarshi yana bir esda qolarli o'yin 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogida bo'lib o'tgan. Qit'aning uchinchi jamoasi nomi aynan O'zbekiston – Janubiy Koreya o'yinida aniqlangandi. Avstraliyadan qaqshatqich zarba qabul qilgan vakillarimiz o'yinni biroz tushkun kayfiyatda boshlab, dastlabki yarim soat ichida uchta gol o'tkazib yuborishdi. Biroq Vadim Abramov tanaffusda shogirdlarini ruhlantira oldi. Ikkinchi bo'limning 10 daqiqasi ortda qolganda hisob 2:3 edi. Aleksandr Geynrix avval penaltidan, keyin o'yindan gol urib, hisobni qisqartirdi. 2012 yil 25 fevralda yana bir o'rtoqlik o'yini o'tkazildi va unda koreyslarning qo'li baland keldi. 4:2 hisobida yakunlangan o'yinda vakillarimizdan Ibrohim Rahimov va Stanislav Andreevlar gol urishgan.
.
.
OZGINA QOLGANDI
.
JCh-2014 saralashida ham qur'a azaliy raqiblarga bir guruhdan joy berdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari Toshkentdagi bahsda raqibdan yaxshiroq o'ynashdi, lekin o'yin 2:2 hisobida yakunlangan. Mehmondagi o'yinni esa yaxshi eslaysiz. Akmal Shorahmedovning avtogoli koreyslarga g'alaba keltirgan. Avstraliyada bo'lib o'tgan oxirgi Osiyo Kubogining chorak finalida O'zbekiston va Janubiy Koreya yana bir bor to'qnash keldi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Unda vakillarimiz g'alaba qozonish uchun juda ko'p vaziyatlarga ega bo'lishdi. Lutfulla To'raev bosh bilan bo'sh darvozaga gol urolmagandi. Qo'shimcha bo'limlarda esa Son Xin Min ikki marta gol urib, jamoasini yarim finalga olib chiqqandi. Koreyaga qarshi so'nggi o'yinimiz o'tgan yil 27 martda bo'lib o'tdi. O'rtoqlik o'yinida 1:1 hisobida durang natija qayd etildi. Terma jamoamizning goliga Zohir Qo'ziboev mualliflik qilgandi.
Table './db1470011911/
cms_mail' is marked as
crashed and last
(automatic?) repair failed,
.
.
bu nimadan mail jo'natib bo'lmayapti
uzmasters.ru Onlayn 240 (0/240)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru