Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

So'zni kiriting
Natija: 1988 ta
Bugun sizlarga Nokia telefonlarini modem sifatida kompyuterga ulab, kompyuterdan internetga kirishni o'rgataman))

Webmoneyga passport skanerni faqat kompyuterdan jo'natsa bo'larkan, shunga timirsikilanib yurib oxiri topdim))

Hayron qolishiz mumkin: PC Suite bo'lsa yetarliku?

Ha do'stlar, o'zimizning klassik s40 java telefonlarimiz (Nokia 6300, 6303i, X2-02 va shu kabi) telefonlarni modem sifatida ishlatish uchun PC Suite dasturi yetarli.

Lekin 2013-yildan beri bu kabi telefonlar boshqa chiqarilmay qo'yildi va tizim yangilandi. Hozirgi Nokia Asha seriyalari (Nokia 206, 311, 515 va shu kabilar)ning ishlash tizimi 6303lardan farq qiladi.

Uzoqlashib ketdim.

Demak bizga eng asosiy kerakli dastur bu:
Nokia Connectivity Cable Driver.exe

Yuqoridagi kichkinagina dasturni ko'chirib olamiz, va kompyuterga o'rnatamiz. Endi Asha telefonlarimizni Kompyuterga ulaganimizda, avtomatik tarzda drayveri ustanovka bo'ladi.

Dasturni o'rnatib bo'lib, Nokia Asha telefonimizni USB kabeli orqali kompyuterga ulaymiz. 3ta rejim ochiladi: Modem Mode, Synch and Connect va Memory Card.

Modem Modeni tanlaymiz va 3-5 daqiqa kutib turamiz. Bu orada kompyuter kerakli drayverlarni o'rnatib oladi.

Keyin esa kompyuterni o'chirib, qaytadan yoqamiz, drayverlar ish boshlashi uchun.

Kompyuter yondi, yana Nokia Ashani ulab, Modem Modeni tanlaymiz. Shoshmang shoshmang, yana ozgina qoldi)

Endi qiladigan ishimiz Panel Upravleniyaga kiramiz. Сетевие подключение (to'g'ri yozgan bo'sam qarsak chalaslar)ga kiramiz. Yon tomondagi ro'yhatdan "dobavit noviy podklyucheniya"ni tanlaymiz. Yangi oyna ochiladi, aji-buji ruscha gaplar, o'qib o'tirmay далееni bosamiz))

Keyin ko'pgina variantlar berilgan forma ochiladi. "Podklyuchit v internet"ni tanlab далееni bosamiz yana))

Keyingi bosqichda esa "Ustanovit podklyucheniya vruchnuyu"ni tanlaymiz. Keyingi bosqich: "cherez obichniy modem", yana далее))

Keyingi bosqichida Podklyucheniyani nomlash chiqadi. Hohlagan nomizni yozib qo'ying. (masalan Uzmasters deb)

Telefon nomer yoziladigan joyiga esa *99# kodini yozib qo'ying. Login-parol teradigan joyi bo'sh qolaversa ham bo'ladi (agar faqat o'ziz foydalansez kompyuterdan).

Shu bilan Завершить qilamiz va tayyor! Haya, qayeridadir Ptichka qo'yiladigan joyi bor edi, esimdan chiqib qoldi qayerida ekani, shu joyda telefon modeli va drayver nomi turgan variantga ptichka qo'yiladi))

Endi Setevie Podklyucheniya panelidan Uzmasters deb nomlangan podklyucheniyani ochamiz, va "визов"ni bosamiz. Kompyuter telefon orqali internetga ulandi. E'tiboringiz uchun rahmat

(c) Harry Ali :)
Aly, 15.rubl
Sizga yana 1 pul ishlashni urgatamiz bu pul ishlash omad ga qaraydi 1chidan latariya uynap pul ishlaysiz qanaqa qilib desagiz zonlotto.com/?r=84358ga kiramiz va ruyxatdan utamiz keyin pusda latariya suzi bor shuni bosamiz keyin rasmim kodi chiqadi shun yozamiz va ustidan bosamiz va ruschalab uyin degan joyga bosamiz kutib turib wmr ishlaymiz qarabsizki lataryada qancha pul yutgangiz chiqadi balanisgizga men 1 hafada 153.6wmr ishladim siz ham ishlang diqat zonlotto.com/?r=84358 da 1soatda 1marta uyin uynasagiz mumkin webmoney kashologizga bemolol tashlasagiz buladi
Nomi: HO’L NORIN
Kerakli masaliqlar:
kungaboqar yog'i - 200-250 gr
un - 300 gr
tuxum - 1 dona
suv - 100 gr
tuz - 15 gr
qazi - 1 dona
ot go‘shti - 700 gr
Tayyorlash: Un, tuxum, suv va tuzni aralashtirib, yaxshilab xamir qoriladi va 20-30 daqiqa tindiriladi. So’ngra tindirilgan xamirni yupqa qilib yoyib, taxminan 15-20x20 sm hajmda to’rtburchak shaklida kesiladi.
Ozroq tuz va o’simlik yog’i qo’shib qaynatilgan suvga, qaynayotgan suv idishini hajmiga qarab, 2-3 tadan xamir bo’laklarini solib pishirib olinadi.
Pishib chiqqach xamirlarni chovlida suzib olib, bir‑biriga yopishib qolmasligi uchun xamirni imkon boricha tezroq yoyib qo’yish kerak. Xamirlarni yaxshi qurishi uchun matoning ustiga yoyib qo’yish maqsadga muvofiq. Xamir qo’lga yopishmaydigan tarzda qurigach, ularning boshqa tarafi qurishi uchun ag’darib chiqish lozim.
So’ngra qurigan xamir bo’laklarini har biriga o’simlik yog’i surtib, yassi idishga taxlanadi.
Yog’lab taxlangan xamir bo’laklarini eniga 4-5 smda tasma qilib kesiladi.
5-6 qavatli tasmani mayin qilib ugra kabi to’g’raladi.
Norinning chiroyi xamirning qanchalik mayin to’g’ralganiga bog’liq. Odatda yaxshi qurimasa yoki xamir qatlamlari orasini yaxshi yog’lanmasa, to’g’ralgan xamirlar bir‑biriga yopishib qolishi mumkin, shuning uchun qurish va yog’lashga alohida ahamiyat bering. Keraklicha tuzlangan ot go’shtini qazi bilan 1-1:30 soat mobaynida miltillatib qaynatib olinadi va go’sht bilan qazini suzib olib sovutishga olib qo’ying, sho’rvasini to’kib yuborishga shoshilmang u bizga kerak bo’ladi. Qaynatib olingan go’shtni ham mayda qilib to’g’raladi.
Endi to’g’ralgan xamir va go’sht va o’simlik yog’i qo’shib, ta’bga ko’ra zirani yanchib hammasini birgalikda aralashtiriladi. Dasturxonga tortiq qilishda kosaga tayyor bo’lgan norinni solinadi. So’ngra olib qo’yilgan go’sht va qazi qaynatib olingan sho’rvaning tuzi rostlanib, kosadagi norin ustiga quyiladi. Ustiga parrak qilib kesilgan bir yoki ikki dona qazi bilan dasturxonga tortiladi. Ta’bga ko’ra yupqa to’rg’algan piyozga qora murch sepib ho’l norin bilan tortiq ham qilish mumkin.
Nomi: Mastava
Kerakli masaliqlar:
mol go'shti - 300 gr
kartoshka - 1-2 dona
sabzi - 1-2 dona
piyoz - 1-2 dona
pomidor - 1-2 dona
kungaboqar yog'i - 100-150 gr
bulg'or qalampir - 1-2 dona
guruch - 100 gr
tuz - ta'bga ko'ra
ko'kat - ta'bga ko'ra
ziravor - ta'bga ko'ra
Go’sht va barcha sabzavotlarni mayda kubik shaklida to’g’raladi va qizib turgan yog’da aval go’shtni solib qovuriladi. Shu o’rinda go’sht haqida qisqacha to’xtalib o’tsak, kimdir “mastava faqat qo’y yog’ va qo’y go’shtidan tayyorlanishi kerak” deb e’tiroz bildirishi tabiy. Ishoning go’sht bu asosiysi emas to’g’ri kim uchundir qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan ko’proq yoqar, to’g’ri qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan yumshoqroq bo’lishi mumkin. Lekin biri bo’lmasa yoki yoqmasa ikkinchisidan foydalansa ham bo’laveradi.
Qozondagi go’shtni 3-4 daqiqa qovurib, ortidan piyoz va mastavaga rang berish uchun pomidor solib qovurishni davom ettiriladi, agar pomidor bo’lmasa o’rniga yarim osh qoshiq tomat pastasi qo’shib qovurish mumkin.
So’ngra navbat bilan sabzi, qartoshka, bulg’ori qalampiri va sarimsoq solib qovuriladi, ortidan tuz va murch qo’shib suv quyiladi.
Endi mastavaning eng muhim va nozik tomoniga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak bu albatta guruch xisoblanadi. Chunki ko’p xollarda mastavaga guruchni muddatidan oldin solib qo’yilgani yoki keragidan ortiq turib qolgani bois guruchlar bo’kib, ezilib ketgan bo’ladi. Bu esa mastavaning ta’miga va sifatiga ta’sir qilishi aniq. Shuning uchun gurunchni oxirgi bosqichda, taomni dasturxonga tortiq qilishdan tahminan 10-15 daqiqa oldin solinadi va shundagina mastavadagi guruchlar dona-dona bo’lib turadi.




Eslatma: buyurtmaga ham taom yozing shaxsiy xabarga qo'ldan kelgancha yozib qoldiramiz albatta bepul.
Nomi : Ukraincha Borsh
Kerakli masaliqlar:
kartoshka - 400 gr
sabzi - 200 gr
piyoz - 150 gr
kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
bulg'or qalampir - 100 gr
sarimsoqpiyoz - ta'bga ko'ra
lavlagi - 400 gr
tuz - ta'bga ko'ra
ukrop - 10 gr
dafna bargi - 2 dona
sirka - 1 osh qoshiq
tomat pastasi - 60 gr
kashnich (kinza) - 10 gr
oq karam - 400 gr
qizil qalampir - ta'bga ko'ra
mol qovurg‘asi - 800 gr
Tayyorlanishi: Qovurg‘alar yuvilib, ustidan 4 list suv quyiladi. Suvi qaynab chiqqach, ustidan ko‘pigi olinadi. Taxminan 1,5 soat davomida qaynatiladi.
Qizil lavlagi ingichka qilib somoncha shaklida to‘g‘raladi. Tovaga solinib, ustidan ko‘mguncha qovurg‘a qaynatilgan sho‘rva quyiladi va sirka qo‘shiladi. So‘ngra 10 daqiqa davomida qovuriladi.
Tovada o‘simlik yog‘i qizdiriladi. Shu yog‘da sabzi, piyoz qizg‘ish tusga kirgunga qadar qovuriladi.
Kastryulyada qaynayotgan sho‘rvaga sabzi va lavlagili qovurib olingan aralashma hamda kubik shaklida kesilgan kartoshka, qizil lavlagi solinib, qaynatiladi. Dafna bargi qo‘shilib, kastryulya qopqog‘i yopiladi. Shu yo‘sinda 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Karam ingichka to‘g‘ralib, borshga qo‘shiladi.
5 daqiqadan so‘ng somoncha shaklida kesilgan tomat pastasi qo‘shilib, qaynash holatiga olib boriladi va olovdan chetga olinadi.
Sarimsoq va ko‘katlar mayda to‘g‘raladi. Barchasi kastryulyaga solinadi, chili qalampiri va tuz sepilibib, kechasiga tindirishga olib qo‘yiladi. Ertasi kuni issiq holda smetana va sarimsoq bilan dasturxonga tortiladi.
Akbarali, tel nomerz yozing! Telegram bolsa mana98945048415
uzmasters.ru Onlayn 107 (0/107)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru