Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

Natija: 101 ta
Keyin eslatmaga qoshishga bosa ashipka nimadan uuuu
Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo‘ldi va bo‘lmoqda. Ba’zilar bu terminni noto‘g‘ri tushunishi yoki noto‘g‘ri joyda ishlatilishini siz ham sezgan bo‘lsangiz kerak. Balki siz bu tushunchani bilarsiz, shunday bo‘lsa ham maqolani erinmay o‘qib chiqing balki, qandaydir yengilik olarsiz. Maqolada, Wi-Fi tushunchasini asosini yaxshilab tushuntirib yozaman, chuqurroq keyingi maqolalarda berib boraman.
Bu tushuncha internet tushunchasi bilan sinonim bo‘la olmaydi. Bu bir texnologiya, ya’ni simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib, internet, tarmoq qurish uchun vosita hisoblanadi.
WiFi(vayfay deb o‘qiladi) dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o‘rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo‘lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib,IEE802.11standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to‘g‘ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo‘lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo‘lishi kerak, bu tashuvchichastotadeb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo‘lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o‘rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.
Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo‘ladi. Bular o‘rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo‘ladi, ya’ni bu chastotada boshqa qurilamalr ham ishlaydi(bluetooth), demak bir biriga biroz halaqit berishi mumkin.
Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchunTP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL… . Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo‘ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo‘ladi, yoki bo‘lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo‘ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo‘lmaydi, ya’ni Wi-Fi router orqali jo‘natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.
Umumiy oladigan bo‘lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.
Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo‘lgandan so‘ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba’zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o‘yinlar ham o‘ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.
IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:
IEE802.11a;
IEE802.11b;
IEE802.11g;
IEE802.11n.
Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha tezlik katta bo‘lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma.
Ko‘p kafe, restoran, katta binolar, do‘konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini ko‘rishingiz mumkin.
Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud deganidir, ya’ni qabul qilguvchi router mavjud, qabul qilgich bo‘lsa bas. Shuni ham hisobga olish lozimki, Wi-Fi routerga ulanish parollangan bo‘lishi ham mumkin, bu degani sizning qabul qiluvchi qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulanaolmaydi(agar parolni bilmasangiz).
Maqolada, Wi-Fi haqida umumiy tushuncha berishga harakat qildim, keyingi maqolalarda bu texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o‘tishga harakat qilaman.
Siz biror bir dasturni yoki o'yinni topa olmayapsizmi? Demak bu mavzu siz uchun! Siz bu mavzuda yozib qoldirsangiz biz topishingizga yordam beramiz

Eslatma: Yozayotgan dasturingiz android bo'lishi kerak!
Siz biror bir dasturni yoki o'yinni topa olmayapsizmi? Demak bu mavzu siz uchun! Siz bu mavzuda yozib qoldirsangiz biz topishingizga yordam beramiz

Eslatma: Yozayotgan dasturingiz java bo'lishi kerak!
Nomi: Mastava
Kerakli masaliqlar:
mol go'shti - 300 gr
kartoshka - 1-2 dona
sabzi - 1-2 dona
piyoz - 1-2 dona
pomidor - 1-2 dona
kungaboqar yog'i - 100-150 gr
bulg'or qalampir - 1-2 dona
guruch - 100 gr
tuz - ta'bga ko'ra
ko'kat - ta'bga ko'ra
ziravor - ta'bga ko'ra
Go’sht va barcha sabzavotlarni mayda kubik shaklida to’g’raladi va qizib turgan yog’da aval go’shtni solib qovuriladi. Shu o’rinda go’sht haqida qisqacha to’xtalib o’tsak, kimdir “mastava faqat qo’y yog’ va qo’y go’shtidan tayyorlanishi kerak” deb e’tiroz bildirishi tabiy. Ishoning go’sht bu asosiysi emas to’g’ri kim uchundir qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan ko’proq yoqar, to’g’ri qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan yumshoqroq bo’lishi mumkin. Lekin biri bo’lmasa yoki yoqmasa ikkinchisidan foydalansa ham bo’laveradi.
Qozondagi go’shtni 3-4 daqiqa qovurib, ortidan piyoz va mastavaga rang berish uchun pomidor solib qovurishni davom ettiriladi, agar pomidor bo’lmasa o’rniga yarim osh qoshiq tomat pastasi qo’shib qovurish mumkin.
So’ngra navbat bilan sabzi, qartoshka, bulg’ori qalampiri va sarimsoq solib qovuriladi, ortidan tuz va murch qo’shib suv quyiladi.
Endi mastavaning eng muhim va nozik tomoniga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak bu albatta guruch xisoblanadi. Chunki ko’p xollarda mastavaga guruchni muddatidan oldin solib qo’yilgani yoki keragidan ortiq turib qolgani bois guruchlar bo’kib, ezilib ketgan bo’ladi. Bu esa mastavaning ta’miga va sifatiga ta’sir qilishi aniq. Shuning uchun gurunchni oxirgi bosqichda, taomni dasturxonga tortiq qilishdan tahminan 10-15 daqiqa oldin solinadi va shundagina mastavadagi guruchlar dona-dona bo’lib turadi.




Eslatma: buyurtmaga ham taom yozing shaxsiy xabarga qo'ldan kelgancha yozib qoldiramiz albatta bepul.
"Mavzu eslatmalarga qo'shildi"
mavzularni eslatmaga olib qo'yishingiz mumkin :-)
bayotshoh, endi navbat dizaynga, eslatma uchun raxmat :-)
uzmasters.ru Onlayn 258 (0/258)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru