Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

Natija: 11 ta
Islomxo'ja #adiiy filmi. bu gollivudning filmiga tenglashtirilgan. Afg'nistonda koplab olqishlarga sabab bo'lgan birinchi tarixiy film haqida gaplashamiz. (noto'g'ri yozgan bo'lsam uzur)
Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubisharqida, Surxon-Sherobod vodiysidajoylashgan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh.

Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Kumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 7 shaharcha (Angor, Doʻstlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yigʻini bor (2004). Markazi — Termiz shahri.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (78%), shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi (2004). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 93,3 kishi. Shahar aholisi 364,8 ming kishi, qishloq aholisi 1509,9 ming kishi (2004).Viloyatda temir yo'l transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temir yo' 1915 yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925 yilda 248 km li Termiz—Dushanba temir yo'lni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971 yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temir yo'ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton temir yo' koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yo'llari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar katnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi temir yoʻllarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim.

Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda.

Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan.

Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Mening Yurdim Bilan Faxrlanaman !
9 soatdan so'ng qo'shdi...
SURXONDARYO TABIATI !

Surxondaryo viloyati relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shimoliy, gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan.

Yana bir koʻzga koʻringan joylaridan biri Angor tumanidagi Qoraqir qishlogʻidir. Qishloq oʻz polvonlari hamda sabzavotchilik, mevachilik hamda chorvachilikda eng ilgʻor xisoblanadi. Qishloq hamda mahallaning gullab-yashnashiga ulkan xissa qoʻshgan mahalla oqsoqoli Chorshanbiyev Begʻam bobo tumanining koʻzga koʻringan jonkuyarlaridan biridir.
Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botik, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan. Togʻlar shim. sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300–500 m boʻlgan Surxon Sherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Janubiy qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq koʻp. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanvarniki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq temperatura ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi.

Viloyat togʻlar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yogʻin kam. Viloyatning jan. tekisliklarida yiliga 130– 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445–625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning janubi-sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, togʻ va tog oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubidagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—58 yillarda Uchqizil, 1959— 62 yillarda Janubiy Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, AmuZang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproklar, togʻ yon bagʻrida turli xil boʻz tuprokdar. Oʻsimliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Janubidagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yon bagʻirlarida bir yillik efemerlar (lolaqizgʻaldoq, nixatak); 1200–2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yon bagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arhar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻq ilon, jayra, qushlardan ular (togʻ kurkasi), qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp.
Surxondaryo viloyati hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan.
6377dan so'ng qo'shdi...
SURXONDARYO XO´JALIGI !

Yaqin oʻtmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi. yetakchi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi.

Viloyatning tabiiy geografik oʻrni qulay, mehnat resurslari ham yetarli.
Sanoat ishlab chiqarish. (yengil va oziq ovqat sanoati), qishloq xoʻjaligi. (paxta va bugʻdoy yetishtirish, qoramolchilik va qoʻychilik), transport (ayniqsa, temir yo'l va avtomobil transporti) salmoqli oʻrin tutadi.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: "Jarqoʻrgʻonneft" boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yogʻekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash zavodlari, Shoʻrchi un kombinati, Jarqoʻrgʻon yigiruvtoʻquv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Shargʻun koʻmir, Xoʻjaikon tuz konlari korxonalari va boshqa Surxondaryo viloyatida 40 ga yaqin qoʻshma, 4000 dan ziyod kichik va xususiy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʼmoli mollari ishlab chikariladigan "Namaf" va "Afroʻz", "Surxonteks" va boshqa qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston — Termiz "Farmed" qoʻshma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz "Poʻlat" qoʻshma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etilmoqda.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, limonchilik. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa)
Rejissor Rustam Sa’diyev “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Baron” nomli film suratga oldi. Alisher Navoiy nomli kinosaroyida 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan filmning yopiq premyerasi gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

“Baron”ning aktyorlar jamoasiga nazar solib, har qanday rejissorning havasi kelishi aniq. O‘zbekistonliklardan Javohir Zokirov, Ulug‘bek Qodirov, Jamila G‘ofurova, Dilorom Egamberdiyeva, Ra’no Shodiyeva, Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Yoqub Ahmedov, rossiyaliklardan Andrey Smolyakov (Rossiya xalq artisti), Viktor Verjbitskiy (Rossiya xalq artisti va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist), Farhod Mahmudov (Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist) kabi o‘z ishining ustalari va hatto Gollivuddan aktyorlar bor (asli suriyalik Hasan Mas’ud). Ridli Skottning “Muqaddas zamin” filmida sulton Salohiddin Ayubiy obrazini jonlantirgan Hasan Mas’ud, Rustam Sa’diyevning kinoloyihasida tojikistonlik o‘zbek narkobaroni Mardonboyning jiddiy hamkori — Istanbuldagi yaxtada yashaydigan Sulaymoniyga aylandi.

Film ibtidosida ko‘zlarimizni quvontiradigan aktrisa Jamila G‘ofurova latofatli va ayni vaqtda juda yovuz ayol obrazini a’lo darajada ko‘rsatib bergan, deyish mumkin. Umuman, (qariyb) mallasoch Ro‘zigulni u shu vaqtgacha ijro etgan salbiy qahramonlari orasida o‘ziga xos cho‘qqi, deyish ham mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning gazetalarida bir necha hafta davomida berib boriladigan kriminal yangiliklardagi to‘g‘ri yo‘ldan adashgan o‘nlab ayollarning barcha qilmishlarini Jamila G‘ofurovaning bir qahramoni bir filmda, bir o‘zi, to uni otib o‘ldirmagunlaricha, amalga oshirishga ulguradi — giyohvand moddalar sotadi, o‘zini ham sotadi, odam savdosi bilan shug‘ullanadi, o‘z opasi (aktrisa Ra’no Shodiyeva)ni o‘ldirishga urinadi va hokazo.

Rustam Sa’diyevning avvalgi filmi — “Sotqin”da Andijondagi bezorilar va terrorchilarning boshlig‘i sifatida gavdalangan Javohir Zokirov bu safar aynan shunday qonunbuzarlarga qarshi kurashuvchi, Ichki ishlar vazirligining-da yuqori martabali mulozimlari: “Salomatlik tilayman!”, — deb kutib oladigan maxsus xizmat xodimi sifatida qarshingizda namoyon bo‘ladi. U — superagent. Bir qarasang, Surxondaryoda kirakashlik qiladi, boshqa safar esa “svechalari”ning yaroqsizligi sabab “eski ‘Jiguli’si” yo‘l o‘rtasida to‘xtab qoladi. Film intihosi yaqinlashavergani sari, Rustam Sa’diyev sizga shunday bir sahnani tuhfa etadiki, undagi Javohir Zokirovni ko‘rib, Amerika blokbasterlaridagi Yerni qutqarish masalasi hal bo‘ladigan siyqasi chiqqan lahzalar yodingizga tushsa-da, beixtiyor qarsak chalasiz.
Biroq, eng asosiy superagent Javohir Zokirov emas. Yo‘q, Javohir Zokirov bor-yo‘g‘i uning boshlig‘i. Superagentning kimligini orada birrov ko‘ringan Dilnoza Kubayevaning qahramoni “fosh etishga” urinadi, o‘sha kadrlarni ko‘rganingizdayoq, yuragingiz bir jiz etadi: “Bu yerda bir gap bor!”, — deb. Film ma’no-mazmuni boshidan ma’lum — narkotiklar yomon, ularni sotish undan-da yomon, yo‘qolsin og‘ufurushlar! “Kelgindi film”laridan bir kalla yuqori sakrashga erishgan rejissor Rustam Sa’diyev, butun film davomida go‘yo ikkinchi planda yurgandek ko‘ringan bir qahramonni so‘nggi lahzalarda mash’aladek olib chiqib, tomoshabinni hayron qoldirish yo‘lini topa olgan.

“Baron” — yuksak badiiy asar emas (bundan bir necha yil avval “Oskar”ni qo‘lga kiritgan “‘Argo’ operatsiyasi”da ham yuksaklik yo‘q, masalan), kerak bo‘lmagan o‘rinlarda javobsiz qolgan savollarni tug‘diradi (ukasini O‘zbekiston qamog‘idan ozod qilish uchun har narsaga tayyor narkobaron, birdan jahon miqyosida narkobiznesmenga aylangisi kelib qoladi); mualliflik filmlariga mo‘ljallangan xalqaro kinofestivallarda g‘oliblik uchun kurashmaydi, albatta; lekin oldiga qo‘yilgan ikki asosiy vazifadan kamida birini (biri haqida yuqorida aytdik — narkotiklar yomon!) yaxshi uddalagan: O‘zbekiston eng yaxshi mamlakat — uning Milliy xavfsizlik xizmati Rossiya Federal xavfsizlik xizmatini-da ogohlantirmasdan, o‘zicha harakatlar qiladi, uning qamoqxonalaridagi ma’murlarni Tojikistondagi kabi sotib olib bo‘lmaydi, bunga hatto Qozog‘istondagi eng zo‘r “qonundagi o‘g‘rilar” ham aralasha olmaydi. Va bu hali hammasi emas.
“Daryo” ekshn-sahnalari bilan ommaviy kinoga qiziquvchi tomoshabinlarni, kassa yig‘imlari bilan esa “O‘zbekkino”ni xursand qila oladigan bu filmni hech bo‘lmasa bir marta tomosha qilishni tavsiya etadi.

Manba: Daryo.uz
9583dan so'ng qo'shdi...
Film fotosurati:
Ta'rif ham shart emas deb o'ylayman! :-) ßarchamiz bilamiz va kamida 4-5 marta ko'rgandurmiz :-D
Titanik, 1977-yil Amerika ning James Cameron tomonidan ishlangan filmi. Filmda RMS Titanic kemasining birinchi suzishidayoq cho'kishi badiiy tasvirlangan. Bosh rollarni Leonardo Di Capriova Kate Winslet ijro etishgan.
Rasm
uzmasters.ru Onlayn 224 (0/224)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru