Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

Natija: 250 ta
unda boshladik *ROFL*
Tepadagi JohnCms 6.00 dvijogini hamma o'rnatdimi?

endi Music script uchun Media Markaz o'rnatamiz ...

http://navolar.biz/download.zip


buni saytingiz koreniga Arxivdan zaminet qilib chiqaramiz ...

Sayt.uz/download/install.php
Manziliga kiramiz !!!
Media Markazni o'rnatdik!!!
Davomi bor :happy:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazidan ma’lum qilishlaricha, bolalar, ta’lim va davolash muassasalari, transport, odamlar to‘planadigan joylar, jumladan, bozorlar, ovqatlanish va savdo korxonalari, temir yo‘l va avtobekatlar, aeroportlar, davlat chegaralarimizda sanitariya-nazorat punktlari kunu tun ishlab turibdi. Sanitariya shifokorlari mamlakatimizga kelayotgan fuqarolar sog‘lig‘ini, keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va boshqa tovarlarning epidemiologik xavfsizligini sinchiklab tekshirmoqda. Sanitariya shifokorlari boshlang‘ich sog‘liqni saqlash bo‘g‘inlari, qishloq vrachlik punktlari xodimlari bilan bevosita hamkorlikda ish olib bormoqda. Yoz mavsumida sog‘lomlashtirish oromgohlarida profilaktika choralariga rioya qilish ustidan nazorat kuchaytirilgani ham ayni ana shunday chora-tadbirlardandir. Shu o‘rinda mamlakatimizda istiqlol yillari xayrli an’anaga aylangan hasharlarning ahamiyati nechog‘li ulkan ekanini ta’kidlash joiz. Bunday ommaviy tadbirlar chog‘ida xonadonlar orastaligi, mahalla obodligi, ko‘cha va sayilgohlarning sarishtaligini ta’minlashga, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda tozalik ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu, bir tomondan, milliy qadriyat va an’analarimizni ulg‘ayib kelayotgan avlod ong-shuuriga yanada chuqurroq singdirish, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari va Vatanga sadoqat, xalqimizning azaliy an’analariga ehtirom ruhida tarbiyalashga ko‘maklashsa, ikkinchi tomondan, kishilarimizda pokiza va sog‘lom turmush madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shaharlarimiz uy-joy-kommunal xo‘jaligi minglab zamonaviy va qulay chiqit qutilari bilan ta’minlangan. Bu hozirgi kunda nainki sog‘lom va ozoda turmush tarziga, ayni chog‘da hech kimdan kam bo‘lmagan hayotga intilishlarimiz yuksak samaralar berayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Albatta, tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan bunday keng ko‘lamli chora-tadbirlar o‘z samaralarini bermoqda. Ammo, bu aslo beparvolikka berilish kerak degani emas. Bugungi pishiqchilik mavsumida har birimizning sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishimiz yuqumli kasalliklardan ishonchli himoyalanishning oddiy va ishonchli kafolati ekanini unutmasligimiz darkor. Zero, tibbiyot amaliyotiga ko‘ra, har qanday infeksiyaga qarshi kurashning asosi – bu epidemiyaga qarshi eng zamonaviy uslublardan foydalangan holda, ularning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga, oddiy sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish, odamlarga, ayniqsa, farzandlarimizga buning mohiyatini keng targ‘ib etish va tushuntirishdan iborat. Shu bois bozorlarimizda, umumiy ovqatlanish muassasalarida go‘sht, sut, meva-cheva va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sotayotganlar ham, ularni xarid va iste’mol qilayotganlar ham, avvalo, mahsulotning tozaligi va ozodaligiga alohida e’tibor qaratishi, mahsulotlarni saqlash hamda sotish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishlari zarur. Ayni paytda, yozgi ta’tilga chiqqan farzandlarimizning to‘g‘ri kelgan joylardagi suv havzalarida cho‘milishining oldini olishimiz ham ularni yuqumli kasalliklardan himoya qilishning eng ishonchli yo‘llaridandir. Shukrki, bugun mamlakatimiz shahar-qishloqlarida xalqaro standartlar talablari asosida bunyod etilgan, toza-ozoda suzish havzalari va basseynlar ko‘p. O‘g‘il-qizlarimizni bunday zamonaviy sport inshootlariga jalb etishimiz ularning sog‘lom hayot tarziga intilishini kuchaytirib, turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Inson – tabiatning buyuk mo‘jizasi. Inson o‘z sog‘lig‘ini asragan taqdirdagina tabiatni, hayot davomiyligini asragan bo‘ladi. Shunday ekan, har bir inson o‘zi haqida o‘ylashi, sog‘lig‘i haqida qayg‘urishi, o‘zini o‘zi qadrlashi farz va qarzdir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, Alloh taolo bergan sog‘lig‘imizni asraylik. Chunki sog‘lom odamgina chinakam baxtli bo‘ladi, chunki faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.
Jyeki Chan kino sanoatidagi 56 yillik faoliyatidan so'ng Akademiya tomonidan sharafli mukofotni qo'lga kiritdi. 12 noyabrda jahonga mashhur aktyor va rejissyor Jyeki Chan kino san`atiga qo'shgan hissasi uchun faxriy "Oskar" bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik. Endi esa afsonviy aktyor 2 karra Guinness World Records sovrindori bo'ldi. Guinness World Records'ning Facebook'dagi sahifasida aktyorni bunday rekord natijalar bilan qutlashdi. U 1972 yildan buyon katta ekranlarda 100 martadan ortiq kaskadyor-aktyor sifatida namoyon bo'lgan, shuningdek o'z karerasi davomida ko'plab jarohatlar (burun sinishidan to bosh suyagining sinishigacha) olgan Jyeki Chan "Eng ko'p tryuklarni o'zi bajaruvchi aktyor" nomiga ega bo'lgan.Shuningdek Jyeki "Bir kartinada eng ko'p vazifani bajargan inson" sifatida ham rekord natijani qayd etgan - "Xitoycha burj" filmida u ssenariynavis, rejissyor, aktyor, prodyuser, ijrochi direktor, operator, art-direktor, ishlab chiqarish guruhi rahbari, ovqatlanish muvofiqlashtiruvchisi, kaskadyor, tryuklar sahnalashtiruvchisi, mer, bastakor, rekvizit va vokalchi vazifalarini o'zi uddalagan. Jyeki Changa topshirilgan mukofot uning mehnatsevarligi va iste`dodini yana bir bor tasdiqlaydi.
Manbaa: Kun.uz
1-taom:
Nomi: Jo‘xori sho‘rva
Kerakli masaliqlar:
piyoz - 1 dona
un - 2 choy qoshiq
sariyog' - 2 choy qoshiq
tuz - 1 ta'bga ko'ra
murch - 1 ta'bga ko'ra
sut - 1 litr
jo'xori - 500 gr
Tayyorlash :Bu nihoyatta mazzali va to‘yimli sho‘rvani jo‘xori yoki uning korservasidan tayyorlasa bo‘ladi. Boshqa masalliqlardan piyoz, un va sut kerak. Sho‘rvani ta'mini yanada boyitish uchun tarkibiga murch va sariyog‘ qo‘shiladi. Bu sho‘rvani tayyorlash uchun sizga blender yoki oshxona kombayni kerak bo‘ladi. Piyozni o‘rta olovda o‘simlik yog‘ida yengil qovurib olinadi. Piyoz qizarib ketmasligi kerak. Qovurilgan piyozga un qo‘shib... bir daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi. Ustidan jo‘xori qo‘shib kavlab turib, biroz qovurib olamiz. Sutni 1/3 qismini qo‘shib yaxshilab aralashtirib olinadi. Qolgan sutni ham qo‘shib 20 daqiqa davomida past olovda tez tez kavlab turib qaynatiladi. Qo‘shimcha: agar jo‘xori konservalangan bo‘lsa yuqoridagi 20 daqiqa o‘rniga 10 daqiqada tayyor bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rvani blenderdan o‘tkazib olamiz. Blenderdan o‘tkazilgan sho‘rvani mayda teshikli elakdan o‘tkazamiz. Tayyor sho‘rvani olovga qo‘yamiz, qaynab chiqqach sariyog‘, tuz va murchlarni qo‘shib aralashtiramiz va olovni o‘chiramiz
Nomi : Ukraincha Borsh
Kerakli masaliqlar:
kartoshka - 400 gr
sabzi - 200 gr
piyoz - 150 gr
kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
bulg'or qalampir - 100 gr
sarimsoqpiyoz - ta'bga ko'ra
lavlagi - 400 gr
tuz - ta'bga ko'ra
ukrop - 10 gr
dafna bargi - 2 dona
sirka - 1 osh qoshiq
tomat pastasi - 60 gr
kashnich (kinza) - 10 gr
oq karam - 400 gr
qizil qalampir - ta'bga ko'ra
mol qovurg‘asi - 800 gr
Tayyorlanishi: Qovurg‘alar yuvilib, ustidan 4 list suv quyiladi. Suvi qaynab chiqqach, ustidan ko‘pigi olinadi. Taxminan 1,5 soat davomida qaynatiladi.
Qizil lavlagi ingichka qilib somoncha shaklida to‘g‘raladi. Tovaga solinib, ustidan ko‘mguncha qovurg‘a qaynatilgan sho‘rva quyiladi va sirka qo‘shiladi. So‘ngra 10 daqiqa davomida qovuriladi.
Tovada o‘simlik yog‘i qizdiriladi. Shu yog‘da sabzi, piyoz qizg‘ish tusga kirgunga qadar qovuriladi.
Kastryulyada qaynayotgan sho‘rvaga sabzi va lavlagili qovurib olingan aralashma hamda kubik shaklida kesilgan kartoshka, qizil lavlagi solinib, qaynatiladi. Dafna bargi qo‘shilib, kastryulya qopqog‘i yopiladi. Shu yo‘sinda 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Karam ingichka to‘g‘ralib, borshga qo‘shiladi.
5 daqiqadan so‘ng somoncha shaklida kesilgan tomat pastasi qo‘shilib, qaynash holatiga olib boriladi va olovdan chetga olinadi.
Sarimsoq va ko‘katlar mayda to‘g‘raladi. Barchasi kastryulyaga solinadi, chili qalampiri va tuz sepilibib, kechasiga tindirishga olib qo‘yiladi. Ertasi kuni issiq holda smetana va sarimsoq bilan dasturxonga tortiladi.
«O'zbektelekom» AK tomonidan provayderlar uchun internet- xizmatlari tariflari pasaytirildi. Endilikda, 1 Mbit/s tezlikdagi tashqi internet kanali uchun provayderlar 276,27 AQSh dollari to'lashadi. Bu haqida kompaniya rasmiy veb saytida ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga ko'ra, tariflar joriy yilda 5 marotaba kamaytirildi. Agarda iyun oyida 1 Mbit/s tezlik uchun internet narhi 306,04 dollarga tushirilgan bo'lsa, yil oxirida uning bahosi 276,27 dollarni tashkil qildi. Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, o'tgan yil davomida ham internet tariflari narhi 5 marta arzonlashtirilgan.
Provayderlarning o'zlari ham yil davomida jismoniy shaxslar uchun internet xizmatlari narhini kamaytirib, mijozlarga qo'shimcha trafiklar taqdim qilishdi. Shuningdek limitsiz tarif rejalarini amalga joriy etib, tarif setkalariga yana boshqa o'zgarishlarni kiritishdi.
Xususan, «Uzonline» provayderi shu yilning 1 yanvaridan boshlab tarif rejalarini o'zgartirib, internet tezligini oshirdi. Masalan, sentyabr oyidan ma'lum bir tarif rejasini xarid qilgan abonent uchun TAS-IX. tarmog'ida tezligi oshirildi.
Shuningdek, boshqa bir qator provayderlar xizmatlar uchun avvalgi narxlarni saqlab qolgan holda, mijozlariga katta trafiklar qo'shib berishdi.
Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning ma’lum qilishicha, 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ovoz berishda ishtirok etdi.
Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil etadi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, ro‘yxatga olingan saylovchilarning kamida 33 foizi saylovda qatnashsa, Prezident saylovi o‘tgan, deb hisoblanadi.
Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra,
*.Sarvar Otamuratov 421 ming 55 nafar yoki 2,35 foiz,
*.Shavkat Mirziyoyev 15 million 906 ming 724 nafar yoki 88,61 foiz,
*.Hotamjon Ketmonov 669 ming 187 nafar yoki 3,73 foiz,
*.Narimon Umarov 619 ming 972 nafar yoki 3,46 foiz
ovoz to‘plagan.
MSK raisining alohida qayd etishicha, saylov jarayoni davomida qonunchilik talablari va normalarining buzilganligi haqida axborotlar kelib tushmagan.
uzmasters.ru Onlayn 227 (0/227)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru