Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

Natija: 250 ta
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon yaqindagina yangi “Bibixonim” qo'shig'i va unga ishlangan tarixiy videoklipni xalqimiz hukmiga havola qilgan edi.
Muxlislar tomonidan ijobiy fikrlar bilan qarshi olingan ushbu ijod mahsuli qisqa fursatda tomoshabinlar qalbini zabt etdi. Klip xalqimizga shu qadar manzur kelgan ekanki, omma tomonidan klipning davomini suratga olish taklifi bildirilmoqda.
Sardor Rahimxonning ma'lum qilishicha, uning o'zi ham klipni birinchi bor tomosha qilganida rejissyorga shu ertakning davomini ko'rishni istashini aytib o'tgan. Hozirda xonanda shu mavzu borasida bosh qotirmoqda.
Klipni davomini suratga olish kerakmi yoki? U ushbu savol bilan muxlislariga ham ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qildi. Bu bilan u xalqimiz fikrini ham yaqindan o'rganib, bir qarorga kelish niyatida. Siz nima deysiz? Klipning davomi tasvirga tushirilishini istarmidingiz?
Agar ushbu video asardan hali ham bahra olmagan bo'lsangiz hoziroq tomosha qiling va o'z fikringizni yozib qoldiring.
Tarnado, boshqa film davomi fantastik nomli O'zb kanallarida qo'yib berdi
Master--KuRDeK, shunday lekin uni davomi ham borku
O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
"2017-2021 yillar uchun
Gidroenergetikani
rivojlantirish dasturi
to'g'risida"gi qarorni
imzoladi. Bu haqda
prezident matbuot xizmatida
xabar berildi.
Unga ko'ra, 2017-2021
yillarda Gidroenergetikani
rivojlantirish bo'yicha chora-
tadbirlar dasturi
tasdiqlangan.
“O'zbekistonda 2017-2021
yillarda, 42ta yangi GES (gidro
elektro stansiyalar) qurish va
32ta amal qilayotgan GESlarni
zamonaviylashtirish
rejalashtirilgan”, —
deyilgan qarorda.
Qarorda respublikadagi
gidroenergetika sohasining
rivojidagi ustuvor
yo'nalishlar belgilab berildi,
xususan:
- ekologik sof qayta
tiklanuvchi energiya
manbalarini keng qo'llash
hisobiga elektroenergiya
sohasida yangi ishlab
chiqarish quvvatlarini izchil
yaratish va mavjudlarini
modernizatsiya qilish;
- yirik, o'rta, kichik va mikro-
gidroelektr stansiyalarini
loyihalashtirish va qurish
sohasida zamonaviy hamda
har tomonlama asosli ilmiy-
texnik qarorlarni joriy qilish
hamda shu asosda
respublikadagi energetika
balansi tuzilmasidagi
gidroenergetik quvvatlar
ulushini oshirish;
- respublika suv salohiyatini
asrab-avaylashni
rag'batlantirishni ta`minlash,
gidrotexnik inshootlarni
qurish davomida mavjud
flora va faunani saqlab
qolish, shuningdek suv
resurslarini samarali
boshqarish;
- transchegaraviy suv
oqimlari va xalqaro ko'llarni
muhofaza qilish hamda
ulardan foydalanish bo'yicha
majburiyatlar va
ratifikatsiyalangan xalqaro
kelishuvlarga rioya qilish.
Prezident qarori Respublika
energetika balansida qayta
tiklanadigan energiya
manbalari miqdorini
bosqichma-bosqich oshirib
borish va shu asosda
ekologik toza generatsiya
manbalari yaratish, mavjud
bo'lgan gidroelektro
stansiyalarni texnik va
texnologik qayta jihozlash,
xalqaro tajribani hisobga olib
suv manbalaridan samarali
foydalanish, energetika
manbalarining o'zaro
muvofiqligi darajasini
oshirish va shuning
hisobidan aholi va
korxonalarning elektr
energiyasiga bo'lgan talabini
to'liq qondirish maqsadida
qabul qilingan.
Manbaa:kun.uz
Fransiya prezidentligi uchun saylovlardagi kutilmagan va syurprizlarga to'la bo'lgan saylov kampaniyasi hech qanday syurprizsiz yakunlandi – “Olg'a” harakati yetakchisi, mamlakat sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron yangi davlat rahbariga aylandi.
Fransiya IIVning so'nggi ma`lumotlariga ko'ra, 34 millionta byulleten (95 foiz) o'rganib chiqildi. Makron uchun saylovchilarning 65,48 foizi ovoz bergan bo'lsa, uning raqibasi – “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Penga – 34,52 foiz.
Beshinchi respublikada prezidentlik saylovlari 11-marta o'tkazildi. Davlat rahbari to'g'ridan-to'g'ri yashirin ovoz berish yo'li bilan besh yilga saylanadi, saylovlarda 18 yoshdan katta bo'lgan fuqarolar – taxminan 47 million saylovchi ishtirok etishi mumkin. O'z lavozimidan ketayotgan Fransua Ollandga qadar davlat rahbari sifatida Sharl de Goll, Jorj Pompidu, Valeri Jiskar d'Esten, Fransua Mitteran, Jak Shirak va Nikolya Sarkozi ishlagan.
Makronning o'zi kim?
Makron Fransiyaning yangi tarixidagi eng yosh prezidenti bo'ldi – u 39 yoshda. U Fransiyadagi eng nufuzli o'quv muassasalaridan biri - Sciences-Po Parij siyosiy tadqiqotlar Institutini tamomlagan, shundan so'ng ENA Milliy ma`muriyatchilik maktabida tahsil olgan. Makron falsafa magistri sanaladi, shuningdek, nemis idealisti, dialektika asoschisi Georg Gegel haqida falsafa bo'yicha ilmiy ish yozgan.
Makron 2008 yilda Rothschild & Cie bankiga ishga kelib, ikki yildan so'ng unda boshqaruvchi sherik lavozimiga qadar ko'tarilgan. U bankda ishlagan vaqti uch million yevrodan ortiq mablag' ishlab topdi, so'ngra siyosiy faoliyatini boshladi. 2012 yilda u prezident Fransua Olland huzuridagi bosh kotib o'rinbosari etib tayinlandi. Ikki yil o'tib bu lavozimdan ketdi hamda 36 yoshida Fransiya iqtisodiyot, sanoat va raqamli texnologiyalar vaziri bo'ldi.
Makron davlat rahbari lavozimiga o'z nomzodini qo'yishi haqida 2016 yilning noyabrida ma`lum qildi. Avvalroq, o'sha yilning aprelida u En Marche! ("Olg'a") harakatiga asos soldi. Makron bir yil davomida undan hech kim kutmagan ishni qila oldi – jamoatchilik so'rovlarida kutilmaganda yetakchi pozitsiyaga chiqib oldi.
Kampaniya
Saylovlarning birinchi turi 23 aprel kuni bo'lib o'tdi, uning natijalariga ko'ra, prezidentlik kursisi uchun kurashni 24,01 foiz ovoz to'plagan Makron va o'ng “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen (21,3 foiz ovoz) davom ettirdi.
Fransiyada 2017 yilgi saylovoldi kampaniyasi eng janjalli va kutilmagan voqealarga boy bo'ldi. Beshinchi respublika tarixida ilk bor mamlakatning amaldagi yetakchisi Fransua Olland ikkinchi muddatga saylanishdan bosh tortdi, u boshqaruvi davridagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli qayta saylana olmasligini yaxshi tushundi.
Shuningdek, ilk bor ikkinchi turga muqobil nomzodlar chiqa oldi, o'nglar va sotsialistlar esa bu safar mag'lub bo'lishdi: hukmron Sotsialistik partiya raisi, sobiq ta`lim vaziri Benua Amon partiyadoshlari tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi hamda ular Makronga o'z ovozlarini berishdi.
Yil avvalida prezidentlik poygasi favoritlaridan biri, deb hisoblangan “Respublikachilar” nomzodi, mamlakat sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon esa mojarolar seriyasi qurboniga aylandi va faqatgina uchinchi o'rinni egalladi - 20,01 foiz.
Yaxshi chiqipti :)
davomini kutamiz :gg:
AQShlik shifokorlar yurak-qon tomir xastaliklari va qandli diabetdan aziyat chekuvchi kishilarning muntazam to‘yib uxlamasligi insultdan vafot etish ehtimolini sezilarli darajada oshirishini ma’lum qildi. Tegishli tadqiqot Journal of the American Heart Association jurnalida chop etildi. U haqda qisqacha Amerika yurak assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Mutaxassislar yurak-qon tomirlari va qandli diabetdan aziyat chekuvchi kishilarga sutkasiga olti soatdan kam uxlamaslikni tavsiya qiladi. Aks holda insult oqibatida vafot etish ehtimoli ikki marta oshadi.
Tadqiqot mualliflari tasodifan tanlangan 1 344 nafar katta yoshli odamlarni (o‘rtacha yoshi 49, 42 foizi erkaklar) 16,6 yil davomida kuzatish natijasida yuqoridagi xulosaga keldi. Uyqu uchun sutkasiga olti soatdan ko‘p vaqt sarflamaydigan bemorlar sog‘lom kishilarga qaraganda 1,5 marta ko‘proq insultdan vafot etishi mumkinligi aniqlandi.
Tadqiqot mualliflari amerikaliklar uyqudan ko‘ra hordiq chiqarish, ko‘ngil ochar mashg‘ulotlar va ishga ko‘proq e’tibor qaratishini ta’kidlaydi. Ekspertlarning fikricha, bu yurak-qon tomir tizimi xastaliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
.
Manba: Daryo.uz
uzmasters.ru Onlayn 219 (0/219)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru