Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Telefondagi siz bilmagan imkoniyatlari
Har bir telefonda uning egasiga noma’lum bo‘lgan bir qancha imkoniyat mavjud. “Kluber” klubi favqulodda holatlar yuzaga kelganda foydalanish mumkin bo‘lgan shunday noma’lum imkoniyatlardan ayrimlarini e’lon qildi.
Xususan, aloqa doirasidan tashqarida favqulodda holat sodir bo‘lganda "112"
raqamini terish mumkin. Shunda telefon
mintaqada mavjud bo‘lgan favqulodda holat
raqamlarini qidira boshlaydi. Mazkur raqam
dunyoning barcha mamlakatlaridaamal qiladi.
Uni qurilma blokirovka holatida bo‘lganida ham
terish mumkin.
Bundan tashqari, telefon
avtomobil kalitlari transport vositasi ichida,
zaxira kalitlar esa uyda qolib ketganida ham
asqotadi. Shunday vaziyat yuzaga kelsa,
telefondan uydagi biror kishining uyali
aloqasiga qo‘ng‘iroq qilib, mobil qurilmangiz va
avtomobil eshigi oralig‘ida 30 santimetrlik
masofani saqlashingiz lozim. Uydagi kishi
zaxira kalitni mobil qurilmasiga yaqinlashtirib,
undagi mashinani ochishga mo‘ljallangan
tugmani bosadi va natijada, avtomobil ochiladi.
Bunda uydan avtomobilgacha bo‘lgan
masofaning ahamiyati yo‘q.
Telefon qurilmasining seriya raqamini bilish uchun
*#06# kombinatsiyasini terish lozim. Shunda
ekranda 15 xonali raqam paydo bo‘ladi.
Mazkur kod har bir telefon uchun alohida
berilib, boshqa hech qaysi mobil qurilmada
takrorlanmaydi. Ushbu raqamni kerakli joyga
yozib qo‘yish foydadan holi emas. Negaki,
masalan, telefoningiz o‘g‘irlanganda, operator
bilan bog‘lanib, kodni bersangiz, u
telefoningizni blokirovka qilib qo‘yadi. Bunda
Sim-Karta almashtirilsa ham, qurilmadan
foydalanishning imkoni bo‘lmaydi.
Telefoningizni qaytara olmasangiz ham, undan
hech kim foydalanmayotganiga ishonchingiz
komil bo‘ladi. Balki qaytarishingiz ham
mumkin...
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 20 Feb 2019, 19:51
Muallif: @As_Master (11)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 5 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
uzmasters.ru Onlayn 215 (0/215)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru