Mavzu: Briganddan ingliz tili darslari (0 dan boshlab)
1. Brigand (M) (505) [off] | TXT | 52| 3 Oct 2018, 13:04
Muallifdan: Assalomu alaykum aziz forumdoshlar! Köp sonli talab va takliflarni (jumladan Tayotabek, fokuschi, Arey...) inobatga olgan holda ushbu mavzuni ochishga hamda doimiy tarzda yuritishga qaror qildim. Öylaymanki mavzu yopilmaydi. Sababi darslarni doimiy tarzda olib borishga, töxtatmaslikga oldindan vada beraman. :)
Sözboshi: Bu #1 bölgani uchun gapni biroz olib qochsam. :D Hozirgi kunda eng rivojlangan tillardan biri bu shubxasiz ingliz tilidir. Bu tilni örganish uchun köp insonlar pul sarflab turli tögaraklarga borishmoqda. Albatta bu usulni umuman yomonlamoqchi emasman. Hozir mushuklar ham tekinga oftobga chiqmay qöyishgan. Umuman olganda özim ham pullik tögarakga qatnashaman. Ammo siz uydan chiqmagan holda, tekinga (trafik uchun ketadigan mbni hisobga olmasak albatta.) 0 dan ingliz tilini örgansangiz qalay böladi? Menimcha qalay emas oltin böladi. Qanday deysizmi? Shunchaki uzmasters.ruga keyin shu mavzuga kirib darslarni kuzatib borasiz.
Darslar aytilganidek 0 dan boshlanadi. Har kuni bölmasa ham tez-tez maqolalar qöshib turaman va maqola qöshishda dangasalik qilmay mavzuni iloji boricha batafsil va tushunarli qilib yoritishga qölimdan kelganicha harakat qilaman! Mavzuni ochishdan oldin saytlarni kuzatdim. Ularda deyarli pichoqqa ilinadigan narsa yöq. Deyarli hammasi kitobdan yoki bir-biridan köchirgan. Men esa maqolalarni öz qölim bilan yozaman va kitob qilsa arzigudek malumotlar darslar kiritishga harakat qilaman. Albatta darslarni yozganimdan söng boshqalar uni copy qilib saytlariga joylashlarini sezyapman. Ammo bu men uchun aslo yomon ish emas. Aksincha ösha saytga kirganlar ham ingliz tilini men yozgan maqolalar orqali örganishadi. Bu esa men uchun juda katta yutuqdir! :) Endi gapni köp chözmay. Keling birgalikda ingliz tilini örganamiz. Bu juda oson va qulay.
Sizdan talab etiladi: Dangasalik qilmaslik, darslarni muntazam kuzatib borish, darslarni yaxshi tushunish (chunki bir darsni yaxshi tushunmasangiz keyingi darsni ham tushunmasligingiz tabiiy.) iloji bölsa darslarni bir emas 2-3 marta öqishlik va eng muhimi berilgan topshiriqlarni bajarishlik.
Qöllanma: darslar davomida qisqartmalardan foydalanishim tabiiy albatta. Bularni yaxshilab eslab qoling: 1)
e.g
- bu qisqartma Misol uchun (masalan) degani. Har bir darsni misollar yordamida tushuntirib borishga harakat qilaman. 2)
New words
yani Yangi sözlar degani. Ingliz tilini örganish uchun söz boyligiga ega bölishingiz shart. Men har bir mavzu boshida maxsimal 10 ta söz yozib borishga harakat qilaman. Ularni doimiy tarzda yodlab boring. Chunki u sözlardan dars davomida foydalanamiz. 3) Sözlar yonida [...] larni körasiz. Bu sözlarning öqilishi. Ingliz tilida sözlar boshqacha yozilada va boshqacha öqiladi. Siz söz körinishida yozilgandek qilib yozing. [söz] körinishida yozilgandek ayting yani gapiring. Agar [sö:z] körinishida bölsa, ö harfini uzunroq öö tarzida öqiysiz. Ikki nuqta faqat ö dan oldin kelmaydi. : ni körsangiz undan oldingi harfni uzunroq öqing. 4) Yög'on yoki rangli shriftlarda yozilgan joylarga esa yaxshilab etibor berishingiz söraladi.

1-dars
Ochig'i 1-darsni qanday boshlash haqida köp öylandim. Shaxsiy daftarlarimni ham titkilashimga tög'ri keldi. Va oxiri aniq bir yönalishni topdim! Demak Brigandning ingliz tili darslari boshlandi!
New words
Pupil [pyupl] - öquvchi
Pen [pen] - ruchka
School [sku:l] - maktab
Play [pley] - öynamoq
Buy [bay] - sotib olmoq

Gaplar. har bir tilda muloqot uchun gaplardan foydalaniladi. Biz esa har bir darsda gaplar orqali misollar keltiramiz. Agar gap tuzishni bilmasak qanday misol keltiramiz? Shuning uchun ilk darsimizda gaplar qanday tuzilishi, strukturalari haqida gaplashamiz. Ingliz tilida gaplar S V O strukturasi orqali tuziladi. Hech narsani tushunmaganingiz aniq. Dastavval struktura özi nima? Bu misolni yechish formulasiga öxshagan narsa. Uni bilsangiz bemalol gap tuza olasiz. Tepada körganingizdek ingliz tilida birinchi doim Subject yani ega keladi. Undan keyin esa Verb yani fel qöyilishi majburiy. Gap tuzishda egadan söng doimo felni qöying. Aks holda gap notög'ri böladi. Ega va felning orasiga boshqa bölaklarni aralashtirmang. Undan keyin esa Object yani boshqa bölaklar keladi. Köproq töldiruvchiga tög'ri keladi. Bu dars ochig'i tushunarsiz va qisqa bölib qoldi. Sababi #1 da dars yozmoqchi emasdim. Ammo soddaroq qilib boshlang'ich könikmani berdim deb öylayman. Keyingi darsda gap tuzish haqida batafsil gaplashamiz. Hamda olmoshlar haqida ham töliq töxtalib ötamiz. Hozircha esa vaqtinchalik xayr. Darslarni kuzatib boring!
Ijobiy (6): Asadbek24, fokuschi, Kungaboqar, GentleMAN, Prince_Abdul, MADERN,
Raxmat aytdi (7): Asadbek24, fokuschi, Tayotabek, GentleMAN, MADERN, MasterOS, Dasturist,
2. Mirabbos (109) [off] | TXT | 47| 3 Oct 2018, 15:37
Brigand, Thank you,very much!
Ijobiy (1): fokuschi,
Raxmat aytdi (1): Brigand,
3. Besthakker(1782) [off] | TXT | 45| 3 Oct 2018, 16:17
Do'st savol bersakham bo'ladimi yani biz sizga o'zbekcha savol bersak siz bizga inglizchasini aytasizmi
4. Shuhrat10 (67) [off] | TXT | 45| 3 Oct 2018, 16:24
Great idea, Shall I help you ?
Raxmat aytdi (1): Brigand,
5. Besthakker(1782) [off] | TXT | 45| 3 Oct 2018, 16:28
Shuhrat10, Nima degani
6. Shuhrat10 (67) [off] | TXT | 44| 3 Oct 2018, 16:35
Besthakker, Ajoyib g'oya, Men sizga yordam bersam maylimi?
Raxmat aytdi (1): Besthakker,
7. MasterOS(1334) [off] | TXT | 44| 3 Oct 2018, 17:13
Good job.Thank you very much.
Raxmat aytdi (1): Brigand,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2883
Mavzuga oid xabarlar soni: 46 ta
So'ngi faollik vaqti: 25 Jan 2019, 10:12
Mavzuni ko'rishgan: 77 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 33 (1/32)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru