Mavzu: Firibgarlardan aziyat chekyapsizmi?
1. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 10| 24 Jan 2017, 09:45
Xullas, ushbu mavzuda firibgarlarga (hoh u wm savdosi hoh boshqa savdo turi) yo'liqmaslik uchun maslahatlar berib boramiz. Zora kimgadir yordam bersa, do'ppimizni osmonga uloqtiramiz. Quyida maslahatlarim bilan bo'lishaman:
1) Internetda real odamlar bilan savdo qilmang (avtomatik to'lov tizimlari bundan mustasno);
2) Forumda savdo qilmoqchi bo'lsangiz, sotuvchining yoki sotib oluvchining aktivligiga e'tibor bering, firibgarlar odatda boshqa boshqa profillar orqali o'lja izlashadi, lekin hammasida ham postlar soni 500 dan oshmaydi. Ko'proq aktiv foydalanuvchilar bilan savdolashing, ular ancha muncha kishiga tanilib ulgurgan;
3) Sotuvchi yoki sotib oluvchini Firibgarlikka tekshirishservisi orqali tekshirib oling;
Bu maslahat emas, lekin yodingizdan chiqmasin. Sizning savdoingizni forum administratorlari bo'yniga olmaydi, aldanib qolsangiz, qani adolat? qani administratorlar? menga pulni kim qaytaradi? va shunga o'xshagan savollar bilan administratorlarni boshini og'ritmang. Forumni savdo uchun ochmaganmiz.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Raxmat aytdi (2): mrbond, Prince_Abdul,
2. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 10| 24 Jan 2017, 09:47
Bitta narsani yaxshilab esiladan chiqarmela, eng katta ayb doim insonni o'zida bo'ladi. Shunday ekan, siz savdo qilayotgan insoningiz domiga tushib qolishdan avval, boshqa biror-bir userlardan so'rab ko'ring, chunki, ishonchli savdogarlar ko'plar bilan savdo qilib, oldi-berdini amalga oshirgan bo'ladi. Firibgarlar esa, teskarisi.
** Undan tashqari, sizga taqdim etayotgan raqamiga qo'ng'iroq qiling, iloji bo'lsa telefonda u bilan qilgan suhbatingizni yozib oling va so'ngra u bilan oldi-berdini amalga oshiring.
*** Firibgarlar doim shoshadi, siz esa savdolashayotgan vaqtingiz shoshmang !
**** Firibgarlardan aldanishni istamasangiz, Admin va moderatorlar orqali savdo qilishingiz mumkin.
3. BahhTeeUz (4797) [off] | TXT | 10| 24 Jan 2017, 11:22
Mavzu uchun raxmat, iltimos, offtop qilmasdan shu tarzda davom etsak :-)
bu post uchun ham uzur!
Ijobiy (1): QaLQoN,
4. Nodirali (1720) [off] | TXT | 10| 24 Jan 2017, 11:34
Xa bu menga asqotadi deb öylayman. Mavzu uchun rahmat! :)
5. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 10| 24 Jan 2017, 11:35
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga palata axborot xizmati xabar berdi.
Foto: “Anons.uz”
Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ma’lumki, so‘nggi yillarda firibgarlikni o‘ziga kasb qilib, o‘zgalarni aldash yoki ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan muayyan mulkka egalik qilish huquqini qo‘lga kiritayotgan shaxslar ustidan tegishli organlarga murojaatlar ko‘paygan.
— Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanishi, jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, fuqarolarning shaxsiy mulkini egallash bilan bog‘liq ayrim toifadagi jinoyatlarning o‘sib borishi kuzatilmoqda, — deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Davron Aripov. — Jazoning sodir qilingan jinoyatga mutanosibligini ta’minlash, bunday qilmishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida kodeksning 168-moddasiga tegishli tartibda o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Xususan, firibgarlikning barcha turlari va holatlarida qo‘llanilib kelgan jazo muddatlari, jarimalar miqdori uzaytirilmoqda. Agar ushbu holat juda ko‘p miqdorda yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa eng kam oylik ish haqining 400—600 baravari miqdoridagi jarimadan 8—10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha belgilash taklif etilmoqda (amalda 5—10 yilgacha). Bunday o‘zgarishlar mazkur moddaning barcha shakllariga tegishli.
Qonun loyihasi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, jinoyachilikka qarshi kurash choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan
6. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 10| 24 Jan 2017, 11:36
Aktiv deb posti ko'plarga aytaversak togri kemaydi. Saytda 100-200 posti bor lekin ko'p insonlarga foydasi tekkanlar ham bor.
Men o'zi foydalanuvchilarga tushunmayman. 1-2 yaxshi so'zlarga uchib unga ishonib ketaveradi. Bo'lmasa Adminlar, Moderlar, foydalanuvchilar qayta-qayta ogohlantirishyaptiku firibgarlarga aldanib qolmang deb. Agar o'zingizni o'zingiz eplay olmasangiz Administratsiya nima qila oladi? Ban berishi mumkin lekin to'liq himoyalar olmaydi. Firibgarlar kerak bo'lsa 100 profil ochib 100 marta raqam almashtiradi agar qoniga singib ketgan bo'lsa. Firibgarlardan o'zimizni faqat himoyalay olamiz. Ular onasini, opasini, singlisini ham bemalol sotvoradi. Bularga insof ham kirmaydi. Naql bor yomonga balo yo'q degan. Ularga balo yo'q qaytanga firibgarlikdan lazzat olishadi. Bunaqalar haliyam ko'p forumda. Shuning uchun ehtiyot bo'linglar.
7. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 10| 24 Jan 2017, 11:37
Savdo qilmoqchi bo'lgan odamdan shubxalansangiz "Moderlar orqali savdolashaylik?!" deb ko'ring firibgar bo'lsa yo moderlarga ishonmayman deydi yo yo' bo'p ketadi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 757
Mavzuga oid xabarlar soni: 45 ta
So'ngi faollik vaqti: 29 Nov 2017, 22:23
Mavzuni ko'rishgan: 15 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 304 (0/304)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru